O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
12-88-PB (1)

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 272 -
 
 
 
 
 
 
 
UDC: 378 
Zuxra AKBAROVA,
 
Farg’ona Davlat Universiteti professori 
Gulira’no NOSIROVA 
Farg’ona Davlat Universiteti magistranti 
E-mail: 
ravshonbek.saurov@gmail.com
 
 
UrDU dotsenti, PhD, Q. Olloyorov taqrizi asosida 
 
BOLALARDA NUTQNING RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada bolalar nutqining rivojlanishi uchun zarur bo’lgan omillar va usullar haqida so’z boradi. Shunindek, bola 
nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning, uning atrofidagi ota-onasi hamda tarbiyachi-pedagoglarning ahamiyati yoritib 
beriladi.
Kalit so’zlar
: nutq, badiiy adabiyot, grammatika, taqlid, idrok. 
 
РАЗВИТИЕ РЕЧИ У ДЕТЕЙ И ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА НЕГО 
Аннотация 
В данной статье рассматриваются факторы и методы, необходимые для развития речи детей. Кроме того, 
подчеркивается значение художественной литературы, окружающих его родителей и педагогов в развитии речи детей. 
Ключевые слова
: речь, художественная литература, грамматика, подражание, восприятие. 
 
SPEECH DEVELOPMENT IN CHILDREN AND FACTORS AFFECTING IT 
Abstract 
This article discusses the factors and methods necessary for the development of children's speech. In addition, the importance of 
fiction, parents and teachers around him in the development of children's speech is highlighted. 
Key words
: speech, fiction, grammar, imitation, perception. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda 
bolalar badiiy adabiyotining o‘rni juda muhim. Badiiy 
adabiyotning bolalar aqliy va estetik rivojlanishdagi urni 
xakida kuplab olimlarning tadkikotlaridan kurish mumkin. 
Kichik yoshdagi bolalarning ona tilining go‘zalligi bilan 
tanishtirish, 
ularda 
nutq 
madaniyatini 
rivojlantirish 
muhimligini K.D.Ushinskiy, Y.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, 
L.S.Vigotskiy, C.A.Rubinshteyn, F.A.Soxin, A.V.Zaporojes, 
A.M.Shax, L.I.Aydarov kabi psixologlar va tilshunoslar 
o‘zlarining tadqiqotlarida asoslab berganlar.[1,2,3,4,5,8,9,10] 
Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini, tabiat hodisalarini, 
inson tuyg‘ularini va munosabat olamini rivojlantiradi, uning 
his-tuyg‘ularini umumlashtiradi, o‘zbek tilining betakror 
namunalarini tanishtiradi umuman olganda, ona tilining shakli 
va ritmini nozik his bilan sezish qobilyatini rivojlantiradi. 
Badiiy adabiyot bolalarga ta’limning barcha bosqichlarida 
hamroh bo‘ladi. 
Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi katta 
odamlar tilining ta’siri ostida rivojlanib boradi. Bola nutqni 
egallagan holda tug‘ilmaydi. Bolaning atrofidagi katta 
odamlar (onasi, otasi, akasi, opasi kabi) qaysi tilda 
gaplashsalar, bola ham shu tilni o‘rganadi. Nutqni egallashdek 
juda ham qiyin jarayonni bola qisqa muddat davomida 
uddasidan chiqa oladi.
Yangi tug‘ilgan bolalarda nutq bo‘lmasa-da, ularda 
qandaydir ovoz chiqarish, ya’ni yig‘lash xususiyati bo‘lib, bu- 
xususiyat tashqi yoki ichki muhitdan keladigan signallarga 
(ochlik, tashnalik, sovuq yoki issiq kabi) bog‘liq bo‘ladi. Agar 
bolaning tegi ho‘l, qorni och bo‘lsa, u yig‘lay boshlaydi, 
Ortiqcha qattiq tovushlar ham bolani cho‘chitib, qo‘rqitib 
yuboradi.
Bola 2—3 haftalik bo‘lgach, unda tovushlarga 
nisbatan juda elementar tarzda bo‘lsa ham reaksiya yuzaga 
kela boshlaydi. Masalan, chaqaloq bola atrofida baland ovoz 
bilan g‘ovur-g‘uvur qilib gaplashilsa, u barcha harakatlarini 
to‘xtatib, gapga quloq sola boshlaydi. Undan keyingi davrda 
esa, ya’ni bola 2—3 oylik bo‘lgach, tovush bilan tovush 
chiqarayotgan manba o‘rtasida assotsiatsiya maydonga keladi. 
Bunda bola tovush eshitilayotgan tomonga qarab boshini 
buradigan bo‘ladi.
Biz tomonimizdan o‘tkazilgan tekshirishlarning 
ko‘rsatishicha, bolalarning so‘zlarni tushunishlari har bir 
so‘zni ifodalab beruvchi tovushlarning aniq idrok qila 
olishlariga emas, balki tovushlarning intonatsiyalarini payqab 
ola bilishlariga asoslanadi. Masalan, kichik yoshdagi bolaga 
«chapagiga ho-ho chapagiga» deb, chapak chalishga 
o‘rgatiladi. Ana shu so‘z aytilishi bilan bola chapak 
chalaveradi. Bordi-yu, ana shu so‘zni boshqa so‘z bilan 
almashtirib qo‘ysak bola payqamaydi.
Bolalar so‘zlarni ifodalovchi tovushlarni sekin-astalik 
bilan farqlaydilar. Bolalar biladigan so‘zlarning miqdori turli 
bolalarda turlicha bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish 
lozimki, O‘zbekistondagi juda ko‘p oilalarda katta odamlar 
ikki tilda (rus va o‘zbek) gaplashadilar. Bu ikki tillik muhit, 
albatta, bolaning tili chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola 
har ikkala tilni ham barobar egallay boshlaydi va qaysi tilda 
gapirishni bilmaydi. Ana shuning uchun bola yoshlik chog‘ida 
o‘z ona tilini egallashi kerak. Ikkinchi til ona tili 
o‘zlashtirilganidan so‘ng egallay boshlansa yaxshi bo‘ladi.
Bolalarning nutqni egallashlari ikki davrga ajratiladi. 
Birinchi davr bir yoshdan bir yarim yoshgacha davom etadi. 
Bu davrda bolalar yigirmata-o‘ttiztacha so‘zlarni biladilar. 
Masalan, «oyi», «aya», «dada», «ada», «buvi», «bobo» kabi. 
Ana shu so‘zlar bilan bir qatorda bolalar o‘z ehtiyojlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni ham biladilar. Chunonchi, «ma», 
«ol», «ber» kabi so‘zlar. Bola odatda ayrim so‘zlarni uzuq-
yuluq, imo-ishora bilan bir amallab aytib beradi. Bunday 
nutqni «situativ nutq» (vaziyat nutqi) deb ataladi. Chunki 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin