O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 272 -
UDC: 378 Zuxra AKBAROVA, Farg’ona Davlat Universiteti professori Gulira’no NOSIROVA Farg’ona Davlat Universiteti magistranti E-mail: ravshonbek.saurov@gmail.com UrDU dotsenti, PhD, Q. Olloyorov taqrizi asosida BOLALARDA NUTQNING RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalar nutqining rivojlanishi uchun zarur bo’lgan omillar va usullar haqida so’z boradi. Shunindek, bola
nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning, uning atrofidagi ota-onasi hamda tarbiyachi-pedagoglarning ahamiyati yoritib
beriladi.
Kalit so’zlar : nutq, badiiy adabiyot, grammatika, taqlid, idrok.
РАЗВИТИЕ РЕЧИ У ДЕТЕЙ И ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА НЕГО Аннотация
В данной статье рассматриваются факторы и методы, необходимые для развития речи детей. Кроме того,
подчеркивается значение художественной литературы, окружающих его родителей и педагогов в развитии речи детей.
Ключевые слова : речь, художественная литература, грамматика, подражание, восприятие.
SPEECH DEVELOPMENT IN CHILDREN AND FACTORS AFFECTING IT Abstract
This article discusses the factors and methods necessary for the development of children's speech. In addition, the importance of
fiction, parents and teachers around him in the development of children's speech is highlighted.
Key words : speech, fiction, grammar, imitation, perception.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda
bolalar badiiy adabiyotining o‘rni juda muhim. Badiiy
adabiyotning bolalar aqliy va estetik rivojlanishdagi urni
xakida kuplab olimlarning tadkikotlaridan kurish mumkin.
Kichik yoshdagi bolalarning ona tilining go‘zalligi bilan
tanishtirish,
ularda
nutq
madaniyatini
rivojlantirish
muhimligini K.D.Ushinskiy, Y.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina,
L.S.Vigotskiy, C.A.Rubinshteyn, F.A.Soxin, A.V.Zaporojes,
A.M.Shax, L.I.Aydarov kabi psixologlar va tilshunoslar
o‘zlarining tadqiqotlarida asoslab berganlar.[1,2,3,4,5,8,9,10]
Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini, tabiat hodisalarini,
inson tuyg‘ularini va munosabat olamini rivojlantiradi, uning
his-tuyg‘ularini umumlashtiradi, o‘zbek tilining betakror
namunalarini tanishtiradi umuman olganda, ona tilining shakli
va ritmini nozik his bilan sezish qobilyatini rivojlantiradi.
Badiiy adabiyot bolalarga ta’limning barcha bosqichlarida
hamroh bo‘ladi.
Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi katta
odamlar tilining ta’siri ostida rivojlanib boradi. Bola nutqni
egallagan holda tug‘ilmaydi. Bolaning atrofidagi katta
odamlar (onasi, otasi, akasi, opasi kabi) qaysi tilda
gaplashsalar, bola ham shu tilni o‘rganadi. Nutqni egallashdek
juda ham qiyin jarayonni bola qisqa muddat davomida
uddasidan chiqa oladi.
Yangi tug‘ilgan bolalarda nutq bo‘lmasa-da, ularda
qandaydir ovoz chiqarish, ya’ni yig‘lash xususiyati bo‘lib, bu-
xususiyat tashqi yoki ichki muhitdan keladigan signallarga
(ochlik, tashnalik, sovuq yoki issiq kabi) bog‘liq bo‘ladi. Agar
bolaning tegi ho‘l, qorni och bo‘lsa, u yig‘lay boshlaydi,
Ortiqcha qattiq tovushlar ham bolani cho‘chitib, qo‘rqitib
yuboradi.
Bola 2—3 haftalik bo‘lgach, unda tovushlarga
nisbatan juda elementar tarzda bo‘lsa ham reaksiya yuzaga
kela boshlaydi. Masalan, chaqaloq bola atrofida baland ovoz
bilan g‘ovur-g‘uvur qilib gaplashilsa, u barcha harakatlarini
to‘xtatib, gapga quloq sola boshlaydi. Undan keyingi davrda
esa, ya’ni bola 2—3 oylik bo‘lgach, tovush bilan tovush
chiqarayotgan manba o‘rtasida assotsiatsiya maydonga keladi.
Bunda bola tovush eshitilayotgan tomonga qarab boshini
buradigan bo‘ladi.
Biz tomonimizdan o‘tkazilgan tekshirishlarning
ko‘rsatishicha, bolalarning so‘zlarni tushunishlari har bir
so‘zni ifodalab beruvchi tovushlarning aniq idrok qila
olishlariga emas, balki tovushlarning intonatsiyalarini payqab
ola bilishlariga asoslanadi. Masalan, kichik yoshdagi bolaga
«chapagiga ho-ho chapagiga» deb, chapak chalishga
o‘rgatiladi. Ana shu so‘z aytilishi bilan bola chapak
chalaveradi. Bordi-yu, ana shu so‘zni boshqa so‘z bilan
almashtirib qo‘ysak bola payqamaydi.
Bolalar so‘zlarni ifodalovchi tovushlarni sekin-astalik
bilan farqlaydilar. Bolalar biladigan so‘zlarning miqdori turli
bolalarda turlicha bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish
lozimki, O‘zbekistondagi juda ko‘p oilalarda katta odamlar
ikki tilda (rus va o‘zbek) gaplashadilar. Bu ikki tillik muhit,
albatta, bolaning tili chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola
har ikkala tilni ham barobar egallay boshlaydi va qaysi tilda
gapirishni bilmaydi. Ana shuning uchun bola yoshlik chog‘ida
o‘z ona tilini egallashi kerak. Ikkinchi til ona tili
o‘zlashtirilganidan so‘ng egallay boshlansa yaxshi bo‘ladi.
Bolalarning nutqni egallashlari ikki davrga ajratiladi.
Birinchi davr bir yoshdan bir yarim yoshgacha davom etadi.
Bu davrda bolalar yigirmata-o‘ttiztacha so‘zlarni biladilar.
Masalan, «oyi», «aya», «dada», «ada», «buvi», «bobo» kabi.
Ana shu so‘zlar bilan bir qatorda bolalar o‘z ehtiyojlari bilan
bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni ham biladilar. Chunonchi, «ma»,
«ol», «ber» kabi so‘zlar. Bola odatda ayrim so‘zlarni uzuq-
yuluq, imo-ishora bilan bir amallab aytib beradi. Bunday
nutqni «situativ nutq» (vaziyat nutqi) deb ataladi. Chunki