O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 273 -
bunday chala-chulpa nutqning ma’nosini bolaga eng yaqin
odamgina, ya’ni uning onasi yoki dadasigina tushuntirib bera
oladi.
Bola nutkining taraqqiyotidagi bu davrning xarakterli
belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so‘zlar
miqdori juda kam bo‘ladi. Chunki uning aktiv lug‘ati juda
sekinlik bilan boyib boradi. Biroq bola nutqining o‘sishi
o‘ziga xos yo‘l, ya’ni tevarak-atrofidagi kishilar nutqini
tushunish qobiliyatining o‘sishi yo‘lidan boradi. Bola o‘ziga
qarata aytshggan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi,
ya’ni uning passiv lurati boyib boradi, lekin o‘zi gapira
olmaydi, boshqalarning so‘zlarini ko‘proq eshitadi va nutq
materiallarini singdirib borib shu
materiallardan keyinchalik
o‘z nutqida foydalanadi. Modomiki, shunday ekan, pedagog
— tarbiyachining vazifasi bolalar idrok qiladigan nutq
materiallarining mumkin qadar boy, rang-barang va turli
bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilishdir.
Nutqning o‘sishidagi ikkinchi davr odatda bola bir
yarim yoshga to‘lgandan keyin boshlanadi.
Bu davr asosan
aktiv lug‘atning tez o‘sishi bilan xarakterlanadi. Bola
aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi.
Bolaning katta odamlar nutqiga taqlid qilishi yangi
so‘zlarni bilib olishida juda muhim rol o‘ynaydi. Shuni aytish
kerakki, bola dastlabki so‘zlarni dom taqlid qilib o‘rganadi.
Lekin endigi taqlid xarakteri keskin o‘zgaradi. Ilgari bola ko‘p
jihatdan ko‘r-ko‘rona, ya’ni ongsiz ravishda taqlid qilar edi.
Endi bolaning taqlidi aktivroq hamda mustahkamroq bo‘la
boradi. Ilgari bola yangi so‘zni anchagina qiyinlik bilan
o‘zlashtirgan bo‘lsa, endi o‘z lug‘atini osonlik bilan boyitib
boradi.
Ikki yoshga to‘lish oldidan bolaning nutqi ma’noli
bo‘lib boradi. Ilgari bolaning so‘zlari asosan uning
ehtiyojlarini ifodalagan bo‘lsa, endi nutqning nom berish
funksiyasi tobora kuchayib boradi. Narsalarning o‘z nomi
borligiga bola tajribada ko‘rib ishonadi.
Bolaning o‘ta sinchkovligi «Bu nima? Nomi nima?
Nima uchun?» degan savollarida yaqqol ko‘rinadi. Bundan
tashqari bolaning miyasida narsa bilan uning nomi, ya’ni so‘z
o‘rtasida yangi assotsiatsiyalar paydo bo‘ladi. Birinchi va
ikkinchi signallar sistemalarining o‘zaro bog‘lanishlari tobora
mustahkamlanib boradi.
Maktabgacha
tarbiya
yoshida
bola
nutqining
grammatik tomoni ancha o‘zgaradi.
Dastlabki paytlarda
narsalarning nomini bildiradigan otlar ko‘proq ishlatiladi. Bola
ikki yoshga to‘lish oldidan ish-harakatning nomini bildiruvchi
fe’llarni ham to‘g‘ri ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lib, uch
yoshga qadam qo‘yganida esa, bola fazoviy munosabatlarni
bildiradigan ba’zi bir ravishlarni, masalan, «orqada»,
«yuqorida», «pastda» degan so‘zlarni bilib ishlatadigan
ko‘proq savol beradigan bo‘ladi. Shunday qilib kattalarning
ma’qullashi, maqtashi, koyishi va ta’qiqlashiga to‘g‘ri
munosabatda bo‘la boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshiga yetgach, so‘z boyligining
ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan
to‘g‘ri ishlata boshlaydi.
Agar ikki yashar bolaning so‘z zahirasi taxminan 250
tadan 400 tagacha bo‘lsa uch yashar bolaning so‘z zahirasi
1000 tadan 1200 tagacha va yetti yashar bolaning so‘z zahirasi
3000 tadan 4000 tagacha bo‘ladi.
Demak, maktabgacha ta’lim yoshidagi davrda
bolaning so‘z zahirasi juda tez ortadi.
Bu yoshda bolaning
nutqi faqat miqdor jihatidangina ortib bormay, balki sifat
jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalar ancha so‘z zahirasiga ega
bo‘lishlariga qaramay, ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi)
yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri
talaffuz etadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar esa
bunday tovushlarning ko‘pini aniq va o‘z o‘rnida talaffuz eta
oladilar. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar o‘z ona tillarining grammatik
tuzilishini ham amaliy
tarzda o‘zlashtira boshlaydilar. So‘z zahiralari miqdor
jihatidan
maktabgacha
ta’lim
yoshidagi
bolalarning
hammasida bir xil bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar so‘z zahirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib
o‘sayotgan oilaning madaniy saviyasiga bog‘liqdir. Bir xil
oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda
shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa, bola nutqining
o‘sishi bilan mutlaqo shug‘ullanilmaydi.
Ana shuning
natijasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar so‘z zahirasi
o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi.
Maktabgacha ta’lim yoshida bolalar nutqni (faqat
og‘zaki, nutqi) juda tez egallaydilar. Shuning uchun ular o‘z
ona tillarining grammatik tuzilishini xam faqat og‘zaki tarzda
o‘zlashtiradilar. Biroq shuni aytib o‘tish kerakki, maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarning o‘z ona tillari gramma-bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxirigacha borib, bola
tevarak-atrofdagilarning
nutqini
tobora
mukammalroq
tushunadigan bo‘ladi. Katta yoshli kishilarning aytib bergan
hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni jon-dili
bilan tinglaydilar. Bola o‘ziga berilgan savollarni tushunib,
ularga javob beradi. Bolaning o‘zi ham kattalarga tobora taqlid
qiladilar. Tilning ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari o‘ziga xos
xususiyatga egadir.
Boshqacha qilib aytganda, maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarning grammatik koidalarni o‘zlashtirishlari
maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan batamom farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni
o‘qib, tushunib yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l,
sifat,
olmosh,
suffiks,
kelishik
kabi
grammatik
kategoriyalarning
borligini ham, nima ekanligini ham
bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda ko‘p
qo‘llaniladigan eng sodda qoidalarini kattalarning nutqlari
orqali, mazmunli o‘yinlarda taqlidiy yo‘llar bilan amaliy
ravishda o‘zlashtira boradilar.
Ma’lumki, nutqning o‘sishi jarayonida bolalar so‘z
turkumlaridan otlarni tez o‘zlashtiradilar. Bunga asosiy sabab
shuki, bolalar narsalarning nomlarini (otlarni) o‘z nutqlarida
ko‘proq ishlatadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar
so‘z zapaslarining asosiy ko‘pchiligi otlardan iborat ekanligi
ajablanarli emas. O‘rta va katta yoshdagi maktabgacha ta’lim
bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarida
va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Katta
guruh bolalari so‘zlarni turli talaffuz eta oladilar.
Shuning
uchun ular o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar gaplarni
grammatik jihatdan xato so‘zlaganlarida, «bunaqa deb
bo‘lmaydi» deb ularning nutqlarini to‘g‘irlaydigan bo‘ladilar.
Tarbiyachi-pedagog bolalar nutqini rivojlantirish bilan
shug‘ullanar ekan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ba’zi
rollarda o‘z nutq apparatlarini to‘la idora eta olmasliklarini
unutmaslik kerak. Bundan tashqari maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir- biridan
farq qilish qobiliyati hali to‘la takomillashmagan bo‘ladi.
Shuning uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi ba’zi bolalar
ayrim ch,sh tovushlarini buzib talaffuz etadilar. Odatda
bunday bolalarni tili chuchuk bolalar deb ham yuritiladi. Tili
chuchuklik nuqson emas. Buni asta-sekin tuzatish mumkin.
Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri
bola bilan to‘la va to‘g‘ri talaffuz etib,
ravon til bilan
gaplashishdir.
Tarbiyachi buni ota-onalarga ham tushuntirishi kerak.
Chunki, odatda, ayrim ota-onalar o‘z bolalarinn ortiq darajada
erkalab, ular bilan bolalarcha, ya’ni bolaga o‘xshab tilini
chuchuklantirib gaplashadilar. Til chuchuk bolalarni «tili
shirin» deb uning talaffuziga moslashishiga harakat qiladilar.
Bunday qilish aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatodir. Chunki
bolalar
talaffuzidagi
nuqson
maktabga
borgunlaricha
to‘g‘irlanmasa, bu narsa bolalar nutkining umumiy o‘sishiga
ta’sir qilmasdan qolmaydi. Tili chuchuk bolalar nutqidagi bu