O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


ULUG‘BEK HAMDAM ROMANLARIDA BOSH QAHRAMON TASVIRI



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
12-88-PB (1)

ULUG‘BEK HAMDAM ROMANLARIDA BOSH QAHRAMON TASVIRI 
Annotatsiya 
Ulug‘bek Hamdam romanlarida o‘zbek adabiyotida an’anaviylik bilan yangi badiiy-estetik tafakkurni qorishiq holatda tasvirlash 
mumkinligi ko‘rishimiz mumkin. Yozuvchi ifodalagan obrazlarning barchasida bugungi kun kishisining qalb kechinmalari
ruhiyati nozik qirralarda ifoda etilgan. Yozuvchining “Muvozanat”, “Sabo va Samandar”, “Isyon va itoat”, “Ota” romanlarida 
ijodkorning uslubi, xarakter yaratish mahorati, bosh qahramonlar tasviri, obrazlarning o‘zgacha talqinda berilishi bilan diqqatga 
sazovordir. Ijodkor yaratgan qahramonlarning barchasi tiriklikning mohiyati, ruh halovatini, har ikki dunyo mantig‘ini anglashga, 
uni mushohada qilishga intilishlari bilan ajralib turadi. Xususan, ijodkor bosh obrazlar ismlariga ham alohida e’tibor qaratadi, 
hatto ularning ismlari ham ramziylikka yo‘g‘rilgan bo‘lib, ijodkorning badiiy g‘oyasini ifodalashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: 
Kompozitsiya, ramz, badiiy estetik ideal, roman, talqin, uslub, mantiqiy izchillik, voqelik, xarakter, obraz. 
Kirish
. Ulug‘bek Hamdam romanlari talqinida inson 
shaxsi, uning qalb olamini yangicha kashf etish, ramziy tasvir 
vositalaridan mohirona foydalanish ustuvordir. Bu jarayon 
ifodasida, asosan, ramzlar, majoziy tafakkur, so‘z 
ma’nolarining tovlanishlari alohida ma’no kasb etadi. Buni, 
ayniqsa, ijodkorning “Muvozanat”, “Sabo va Samandar”, 
“Isyon va itoat”, “Ota” romanlari misolida ko‘rishimiz 
mumkin. 
Xususan, 
Professor 
Dilmurod 
Quronov 
yozuvchining “Sabo va Samandar” romaniga munosabat 
bildirib o‘tadi: “Lirik-romatik yondashuv bilan ramziy-
majoziylikning uyg‘unlashuvi kuzatiladi. Bu haqida adibning 
o‘zi “Muvozanat” va “Isyon va itoat”, romanlarining
obrazlari haqida gapirar ekan, ularni do‘stlari mahalladoshlari, 
qarindoshlari orasidan tanlaganini ta’kidlaydi [1]. Shundan 
ma’lum bo‘ladiki, “Sabo va Samandar”, “Muvozanat”, “Isyon 
va itoat” dagi obrazlar yozuvchiga begona emas. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin