davri
qachondan
boshlangan?
Ozon yoki trioksigen uchta kislorod atomidan tashkil topgan yuqori reaktiv
gazdir. Siz Yer yuzasiga yaqin joyda ozonni topishingiz mumkin, ammo ularning
aksariyati Yer stratosferasida to’plangan. Yer sathida ozon odamlar uchun zaharli
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
80
molekula bo’lib, nafas olayotganda o’pkaga zarar etkazishi mumkin. Shunga
qaramay, u yerdan 31 milya balandlikda muhim va himoyachi hisoblanadi.[1]
Ozon aslida insonlarni strosferadagi ultra binafsha nurlardan (UV) nurlardan
himoya qiladi. Ozon miqdori 3 million tonnadir. U havoning milliondan uch qismini
tashkil qiladi va quyoshdan keluvchi UV nurlarining 90%ini o’ziga yutadi. Agarda,
ozon qatlami bo’lmasa, insonlarda teriosti kasalliklari, saraton, nurlanish,
immunitetning pasayishiga va kunlar isishiga va boshqa kasalliklarning
ko’payishiga olib keladi. Shuni aytish kerakki, ozon bizni o’rab turgan va osmonga
ko’k rang berib turadigan gazdir.
ADABIYOTLAR
TAHLILI
VA
METODOLOGIYASI
Olimlarning fikriga qaraganda, 1970-yildan boshlab ozon qatlamining
yemirilishi sodir bo’la boshlagan. Bu hodisaga eng katta sabab shuki, o’sha davrda
tez uchadigan samalyot, raketalardan chiqadigan tutun ozon gazi bilan birikibO²
moddasini hosil qilishi va ozon gazining yo’qolishiga olib keladi.
1985 yilda bu tahdid jamoatchilikka ma’lum bo’ldi. Olim Jozef C. Farman va
uning hamkasblari Antarktida ustidagi atmosfera ozonining 40 foizga qisqarganini
aniqladilar. Inson tomonidan yaratilgan ba’zi moddalar stratosferaga yetib bordi va
ozon qatlamini yemirilish nuqtasiga qadar buzdi va odatda ozon teshigi deb
ataladigan juda nozik bir qismni yaratdi. Teshik janubiy qutbda mintaqaning oʻziga
xos meteorologik va kimyoviy sharoitlari tufayli hosil boʻlgan.[2]
2020-yilga kelib Antarktidagi ozon teshigi kattalashdi.Bu 40 yil avval ozon
qatlami monitoringi boshlanganidan beri eng uzoq davom etgan va eng katta va eng
chuqur teshiklardan biri edi. Uni kuchli, barqaror va sovuq qutb girdobi va
stratosferadagi juda sovuq haroratlar (taxminan 10 km va 50 km balandlikdagi
atmosfera qatlami) boshqargan. Xuddi shu meteorologik omillar 2020 yilda
Arktikadagi ozon teshigining rekord darajaga yetishiga ham hissa qo’shgan.[3]
Bu 2019-yildagi Antarktikadagi g’ayrioddiy kichik va qisqa muddatli ozon
teshigidan farq qilardi. Shuni aytish mumkinki, bu yemirilishdan so’ng
Antarktidadagi havo harorati isishi kuzatilgan, ko’plab hayvonlar nobud bo’lgan va
atrof-muhitga ham ko’plab zarari kuzatilgan. Bugungi kunda bu yemirilishning
asosiy sababini insonlar tashkil qilmoqda. Ya’na bu sabablarga quyidagini kirita
olamiz.
1.
Qishloq xo’jaligida boqiladigan chorva mollarining ko’payishi ham bunga
sabab bo’ladi. O’zbekiston chorva mollarini ko’paytirish, ularning tur va zotlarini
oshirish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi. Chorva mollarining tezagidan
|