O’zor hamkorlik to’g’risida SHARTNOMA №_______ 2023 yil «__» _______ Samarqand shahri
Mazkur shartnoma bir tarafdan O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (keyingi o’rinlarda «Universitet» deb nomlanadi) rektori prof. R.I.Xalmuradov va ikkinchi tarafdan “Ishga marhamat” monomarkazi ( Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 11-avgust 2020 yil, PQ-4804 sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-aprel 2021 yildagi 183-son qaroriga asosan tashkil etilgan «Ishga marhamat» monomarkazi) (keyingi o’rinlarda “Korxona”) direktori D.S.Pardayev bilan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar.
1.Shartnoma predmeti 1.1. Universitet 2022-2023 o’quv yillari davomida Matematika fakulteti Matematika bakalavriat ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Po’latov Umirzoq uchun ishlab chiqarish amaliyotini talab va takliflardan kelib chiqqan holda o’tkazilishini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
2.Shartnoma muddati 2.1. Mazkur shartnoma 1 yil muddatga tuziladi. Agar taraflardan biri kelgusida mazkur shartnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirmasa, shartnoma o’z kuchini saqlab qoladi.
3. Taraflarning huquq va majburiyatlari 3.1. Korxona;
- “Ishga marhamat” monomarkazida amaliyotini o’tash uchun yuborilgan talabalarni shartnomaga binoan qabul qiladi.
- Amaliyot Korxona hamda oliy o’quv yurtlarining rahbariyati bilan hamkorlikda kelishilgan jadval asosida, korxonada o’tkaziladi.
- Talabalar amaliyotini o’tash muddatlari Universitet va Korxona o’rtasida kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Talabalar amaliyoti boshlangandan so’ng universitetdan tayinlangan raxbar o’qituvchilarga amaliyotni o’tash uchun etib kelgan talabalar haqidagi ma’lumotlar so’rovga binoan korxonaning tegishli quyi tizimi raxbarlari tomonidan taqdim etiladi.
- Korxona rahbariyati talabalarning oliy o’quv yurtlarida olgan nazariy bilimlarini amaliyotga to’g’ri tadbiq etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratib beradi, Korxona boshqaruvchilari tomonidan ularga tajribali xodimlardan murabbiylar tayinlanadi.
- Murabbiy amaliyot o’tayotgan talabaning amaliyot o’tash jarayonini qat’iy nazorat qilib boradi, talaba tomonidan amaliyot daftari yuritilishini universitetdan biriktirilgan malakali mutaxassis o’qituvchi bilan hamkorlikda tashkil etadi.
- Amaliyot tugaganidan so’ng, uning natijasi bo’yicha har bir talabaning daftariga talabaning amaliyot o’tash davomida erishgan yutuq va kamchiliklari ko’rsatilishini ta’minlaydi.
- Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti tugagach, talabaning shaxsiy xislati, ishchanlik qobiliyati va kamchiliklari, tanlagan kasbiga munosabati haqida korxona boshqaruvchilari tomonidan tavsiyanomalar tuzib, imzolanadi.
3.2. Universitet;
- Amaliyotni o’tash uchun korxonaga yuborilgan talabalarning ro’yxati hamda amaliyot rahbari haqidagi ma’lumotlarni Korxonaga amaliyot boshlanishidan bir oy oldin kechiktirmasdan yuborish majburiyatini oladi;
3.3. Korxonada amaliyotni o’tash Universitetdan malakali mutaxasis o’qituvchilaridan birini amaliyot rahbari etib tayinlaydi.
3.4. Talabalar amaliyoti bilan bog’liq vujudga kelgan boshqa muommolarni o’z vaqtida va samarali echishga amaliy yordam ko’rsatadi.
4. Boshqa shartlar 4.1. Universitet;
- Korxonada nazariyani amaliyot bilan bog’lab olib borishga amaliy yordam bergan holda, qonunchilikdagi yangiliklar bilan amaliyot o’tayotgan talabalarni muntazam ravishda xabardor qilib boriladi.
- Talabalar amaliyoti yakunlari yuzasidan belgilangan rejaga binoan maxsus komissiya tuzish va imtihonlarni qabul qilishni ular ishtirokida tashkil etadi.
4.2. Universitet Korxona bilan hamkorlikda;
- Korxona xodimlari bilan 1 kurs talabasi ishtirokida amaliy uchrashuvlar o’tkazilishi hamda talabalar korxona faoliyatida tashkil etiladigan o’quv mashg’ulotlariga jalb etilishi mumkin.
Universitet va Korxona talabalar amaliyoti bilan bog’liq yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muommalarni birgalikda hal qilishni o’z zimmalariga oladilar.
Maxsus qoidalar: Mazkur shartnoma moliyaviy jihatlarni qamrab olmaydi.
Taraflarning yuridik manzillari va rekvizitlari:
“Ishga marhamat” monomarkazi
«Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti»
Samarqand shahri Kimyogarlar qo’rg’oni Narpay ko’chasi 7-b uy
tel: (+99866) 225-08-40
Samarqand shahar Universitet xiyoboni 15 uy, tel: 239-11-40, faks: 239-11-40
Direktor
Rektor
_______________D.S.Pardayev
______________ R.I.Xalmuradov
«___» ________ 2023 yil
«___» ________ 2023 yil
Matematika fakulteti dekani ----------------- E. Mo’minov