GPA NI TAYYORLASH / GO‘SHT PEPTONLI AGAR / 1. Tayyorlangan sho‘rvaga 2 – 3 % agar – agar qo‘shiladi va muhitni erib ket- guncha isitiladi. 2.Agarni tovuq tuxumi oqsili yordamida oqartiriladi va issiq avtoklavda filtrlanadi paxta qavti orqali suziladi.
3.Muhitni probirka yoki flakonga qo‘yiladi va 1200S avtoklavda 15-20 minut sterilizatsiya qilinadi.
4. Probirkalarda murakkab agar tayyorlanadi. Bunda probirkalar eritilgan agar bilan qiya holatda to‘liq qotguncha qo‘yiladi. Probirkalarda stolblik – li agar tayyorlashda probirkalar shtativda vertikal holatda joylashtiriladi.
MURAKKAB OZUQA MUHITLAR Murakkab ozuqa muhitlar 2 ga bo‘linadi. 1.Elektiv ozuqa muhitlar.
2. Differensial diagnostik ozuqa muhitlar.
Murakkab ozuqa muhitlar oddiy muhitda o‘sadigan mikroblarni yetish- tirish uchun ishlatiladi. Masalan: qonli agar Streptokokklar uchun qandli sho‘rva pnevmokokklar uchun zardobli agar.
ELEKTIV OZUQA MUHITLAR Elektiv ozuqa muhitlar asosan har xil bakteriyalarni aralashmasidan bitta bakteriya turini ajratib olish uchun ishlatiladi. Bu bakteriyalar turi, bu muhitda boshqa mikroblarga nisbatan tez o‘sadi, boshqa bakteriyalarni o‘sishi bu muhitda orqada qoladi. Masalan: ivitilgan zardob – difteriya tayoqchasi uchun, ishqorli pepton suvi, vabo vibrioni uchun, o‘tli sho‘rva – qorin tifi tayoqchasi uchun, elektiv muhit hisoblanadi.
DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK OZUQA MUHITLAR Bu ozuqa muhitlar bir bakteriyani turini boshqa 2 chi bakteriya turidan ularning bioximik xususiyatini farqlash uchun ishlatiladi. Masalan: Endo muhiti, Levin muhiti, baktoagar, Giss muhiti. Baktoagar ichak tif gruppa – larining ba’zi bakteriyalardan differensiya qilishda ishlatiladi. Bu muhitlar o‘z tarkibida laktoza, indikator, saqlaydi. Indikator kislotali muhitda rangini o‘zgartiradi. Agar ishqoriy muhitga laktozani parchalaydigan bakteriyalar ekilsa, masalan – ichak tayoqchasi, natijada laktozani parchalanishidan kislota hosil bo‘ladi va indikator kislotali muhitning rangini o‘zgartiradi. Shuning uchun ichak tayoqchasi koloniyalari kislotali muhitda Endo muhitidagi indikatorning rangiga o‘xshash rangga bo‘yaladi. Levina muhitida ular qizil rangga bo‘yaladi. Masalan: Qorin tifi yoki difteriya tayoqchasi ekilsa unda kislota hosil bo‘lmaydi, bunda muhit kuchsiz ishqorli bo‘ladi va indikator rangi o‘zgarmaydi. Shuning uchun laktozani parchalamaydigan bakteriyalar rangsiz bo‘ladi. Agar muhitni elektiv muhitga qo‘yish mumkin, chunki bu muhit ichak tayoqchalarini o‘sishini to‘xtatadigan o‘t kislotalarning tuzin saqlaydi va havo kokki mikrofloralarini o‘sishini to‘xtatadigan bo‘yoqqa ega / ko‘k dori /.