DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK GISSA MUHITI Rangli qator o‘z tarkibida peptonli suv hamda uglevod / laktoza, glyukoza, maltoza, saxaroza / va indikator saqlaydi. Ular kislotali muhitda qizil rangga bo‘yaladi.Har bir probirka muhit bilan shishali suzgichga ega. Agar shunday muhitga shu uglevodlarni parchalaydigan va natijada gazsiz kislo – talarbo‘ladigan mikroblar ekilsa, bunda muhit qizil bo‘ladi. Agar shu uglevodlarni parchalamaydigan mikroblar ekilsa, muhitni rangi o‘zgarmaydi.
OZUQA MUHITLAR Oddiy ozuqa muhitlar:
1.GPSh - go‘sht suvi – 1 % pepton 0,5 % NaCI
2.GPA a) yarim suyuq / GPSh 0,2 – 0.% % agar – agar /
b) yarim suyuq / GPSh 2 – 3 % / agar – agar /
MURAKKAB OZUQA MUHITLAR 1.Qandli sterillangan GPSh glyukazali – qandli sho‘rva
MPSh - 1 % glyukozali - qandli agar.
2.Zardobli muhitlar.
GPSh - 10 - 20 % zardob-zardobli sho‘rva
GPA - 10 - 10 % zardob - zardobli agar.
3. Qonli muhitlar
GPA - 10 – 20 % qon qonli agar / Pnevmokokklar, streptokokklar, meningokokklar uchun / 4. Assitik / agar - odam oqsili /
GPSh 30 % assitik - assit sho‘rva
GPA 30 % assitik agar gonokokklar uchun.
ELEKTIV MUHIT 1. O‘tli sho‘rva - tif bakteriyalari uchun.
2.Peptonli suv – vabo vibrioni uchun.
3. Ivigan ot zardobi / Leffler muhiti – difteriya tayoqchasi uchun /.
DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK MUHITLAR 1.Endo muhiti.
2.Levina muhiti.
3.Ploskireva muhiti.
4.Gissa muhiti, ichaktayoqchalarini qo‘zg‘atuvchilarini ajratish uchun ishlati- ladi / qorin tifi, dizenteriya /.
Mikroorganizlarning o‘sishi va ko‘payishi Mikroorganizlarga tatbiqan aytganda “ o‘sish” termini ayrim individ o‘lchamlaring kattalashuvini bildirsa, “ko‘payish” termini populyatsiyadagi individlar sonining ortishini bildiradi. Mikrob hujayrasi o‘sganida uning hajmi sirtidan ko‘ra ancha tez kattalashib boradi, shu munosabat bilan oziq moddalarning hujayra sitoplazmasida taqsimlanishi kamroq samara beradigan bo‘lib qoladi va hujayra bo‘linadi. Uning bo‘linishi oldidan DNK molekulalari 2 baravar ko‘payadi. Bir xil sharoitlarda o‘stirilayotgan turli mikroblarning ko‘payish tezligi har xil.
Bakteriyalar oziqmuhitiga tushirilganida ularning o‘sishi va ko‘payishining ma’lum fazalari tafovut qilinadi:
birinchi faza – latent ( lag-faza ) bo‘lib, bakteriyalarning yangi yashash sharoitlariga moslashuviga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bakteriyalar oziq muhi – tiga adaptatsiyalanadi, ularning o‘sishi kuzatilmaydi;
ikkinchi faza - logarifmik o‘sish fazasi, bunda bakteriyalar zo‘r berib o‘sa- di, kattalashadi va ma’lum o‘lchamga yetganidan keyin ikkita qiz hujayraga bo‘lina boshlaydi. Shu davrda bo‘linish doimiy tezlik bilan boradi. Har turdagi bakteriyalar uchun o‘rtacha generatsiya ( yoki ikki hissa ko‘payish ) vaqti har xil. Bu vaqtda bakteriyalar muhitidan oziq moddalarni olib turadi, shuning natijasida muhitda almashinuv mahsulotlari to‘plana boshlaydi;
uchinchi faza – statsionar o‘sish fazasi bo‘lib, bunda kulturalardagi organizmlar soni doim bir xil bo‘lib qolaveradi. Bu davrda oziq muhitida-gi oziq moddalar miqdori ancha kamayadi, to‘planib boradigan almashinuv mahsulotlari esa ko‘payib qoladi.Mikroorganizlarning yashash sharoitlari tobora kamroq qulay bo‘lib boradi. Statsionar fazaning muddati turli bakteriyalarda turlichadir; to‘rtinchi faza – o‘lish fazasi bo‘lib, bunda bakteriya hujayralari tobora kam bo‘lib boradi, ular o‘la boshlaydi. Shu fazaning oxirida o‘layotgan bakte- riyalar soni yashashga qodir hujayralar sonidan ustun bo‘la boshlaydi. Kulturadagi mikroblar bir necha hafta yoki oydan keyin tamomila halok bo‘lib ketishi mumkinki, bu mikrobning turiga, muhit reaksiyasi va boshqa omillarga bog‘liqdir.