P. K. Anoxinning g'oyalariga muvofiq, harakat natijalarini qabul qiluvchilarning tarkibiy asosi miyaning turli qismlarining interkalatsiyalangan neyronlari bo'lib, ular piramidal traktning kollaterallari bo'ylab domin


Hissiyotlarning aqliy faoliyatni tizimli tashkil etishning tarkibiy qismlari sifatida axborot roli



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/3
tarix23.09.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#64009
1   2   3
PSIXIK FAOLIYAT MEXANIZMLARI

Hissiyotlarning aqliy faoliyatni tizimli tashkil etishning tarkibiy qismlari sifatida axborot roli
Aqliy faoliyatni axborot baholash birinchi navbatda miyaning limbik shakllanishi funktsiyasi bilan bog'liq sub'ektiv hissiy tuyg'ular bilan bog'liq . P. K. Anoxinning so'zlariga ko'ra, his-tuyg'ular tirik mavjudotlarning ehtiyojlarini va ularning qoniqishini va organizmga turli xil tashqi omillarning ta'sirini baholaydigan, ularni foydali va zararli narsalarga ajratadigan o'ziga xos rulmanlar rolini o'ynaydi . Tuyg'ular shu bilan voqelikni hissiy idrok etishni belgilaydi.

Psixikaning fiziologik mexanizmlari 

Psixikaning reflektor tabiati, xususiyati to’g’risida mulohaza yuritilganda rus


olimi I. M.Sechenov va uning shogirdlari tomonidan to’plangan materiallar
tasavvur etiladi. I.M.Sechenovning "Bosh miya reflekslari" nomli asarida qat'iy
ravishda fikr bildirishicha, "ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish
usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir". Psixik hodisa sifatida ongning harakati
tanasiz ruhning xususiyatiga emas, balki tadqiqotchining mulohazisiga qaraganda,
ro’y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o’xshash xislatga
ega bo’lgan jarayondir. Shundan kelib chiqqan holda fikr yanada rivojlantirilsa,
psixik (ruhiy) hodisa insonning shaxsiy g’oyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va
idrok jarayonlarini o’zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina iborat
emas. Balki u refleks singari tashqi qo’zg’atuvchilarning
ta'sirini va unga javoban bildiriladigan harakat reaktsiyasini ham o’zida mujassamlashtiradi
Ma'lumki, I.M. Sechenovgacha bo’lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda
insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g’oyalar tarzida in'ikos (aks)
ettiriluvchi hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatida tan olinar edi. Lekin
bu psixologik voqelik Sechenov tomonidan organizmning muhit bilan o’zaro ta'sir
harakatining alohida shaklidan iborat ekanligi, psixologik yaxlit jarayonning ayrim
holatlari, uning lahzalari tariqasi tushuntirildi. Psixologiyada tan olib kelinayotgan
psixik jarayonlar ongning ichida tug’iladi va uning ichida yakunlanadi, degan
g’oya I. M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz da'vo ekanligi ta'kidlanadi.
I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa bus butun (yaxlit) reflektor harakat
tufayli yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo’lishi bilan birga ham vujudga
kelmagan, lekin ta'sir o’tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil
funktsiyasini ham bajaradi, ya'ni ilgarilab ketuvchi bashorat vazifasini ijro etadi.
Bunday dadil ilmiy mushohadalar psixik jarayonlar umuman qanday rol o’ynashi
mumkinligi, ularning o’rni to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun moddiy
negizni vujudga keltiradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv
(regulyativ) funktsiyasini ijro etib, o’zgaruvchan hart-haroitlarga harakatni
moslashtiradi, shuningdek, mazkur daqiqada yuqori samaraga erishishni ta'milaydi.
Psixik jarayon miyaning bo’lmalari (tarkibiy qismlari) funktsiyasi tariqasida
tashqi olam (borliq) to’g’risidagi axborotning qabul qilinishi, saqlanishi, qayta
ishlanishini o’zida mujassamlashtiruvchi javob faoliyatining idora qiluvchisi
hisoblanadi. Shuning uchun odamlarning bilimlari borliq to’g’risidagi tasavvurlari,
shaxsning shaxsiy tajribalarining yig’indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga
kiradi. Shunday qilib, psixik hodisalar deganda miyaning tashqi (qurshab turgan
olam) va ichki (fiziologik tizimdagi organizmning holati) ta'sirlarga javobini
tushunmoq kerak. Boshqacha so’z bilan aytganda, psixik hodisalar: birinchidan, bu
faoliyatning favqulodda ta'sir etayotgan (sezgilar, idrok), ikkinchidan, o’tmish
tajribada (xotira) aks etgan qo’zg’atuvchiga javob tarzida ro’yobga chiqadigan,
mazkur ta'sirni umumlashtiradigan, uchinchidan, pirovard natijalarni (tafakkur,
xayol) oldindan payqashga yordam beradigan, to’rtinchidan, monoton ta'sirotlar
oqibatida faoliyatni (his-tuyg’u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan,
beshinchidan, umuman faollashtirib yuboradigan, o’zgacha ta'sirotlar natijasida uni
tormozlaydigan, oltinchidan, shaxs xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va
hokazolar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy regulyatorlari (idora qiluvchilari) dir.
Shuni ta'kidlab o’tish joizki, I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning
psixik jihatdan boshqarilishi ta'limotini xaspo’shlab berdi. Bu ilg’or g’oya, muhim
ta'limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan eksperimental
tasdiqlandi va xususiy holatlarda keng ko’lamda yaqqollashtirildi. I.P.Pavlov ham
odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya bilan
boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga taalluqli
qarashlari yig’indisi birinchi va ikkinchi signallar tizimi to’g’risidagi ta'limot
tariqasida fan olamida arzigulik mavqe egalladi.
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va hodisalarning ko’rinishi, eshitilishi, hid
tarqatishi, tovlanishi, yengil yoki og’irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar
hayvonlar uchun hartsiz qo’zg’atuvchi signal bo’lib xizmat qiladi, keyinchalik ular
hartli refleksga aylanishi mumkin. Hayvonlar o’z xatti-harakatlarida I.P.Pavlov
ta'biri bilan aytganda, birinchi signal sistemasining signallari ("birinchi signallar")
ga rioya etadilar. Binobarin, ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi
bosqichida amalga oshadi va unga uzluksiz ravishda amal qiladi.
Inson faoliyati va xulq-atvori uchun ham birinchi signal sistemasining
signallari (yaqqol, tasavvurlar, timsollar, obrazlar) ularni boshqarishi, yo’naltirishi,
harakatlantirishi faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, (yo’l,
ko’cha) qoidalari, avtomobil, elektrovoz signallari, xavf-xatar belgilari shaxs
uchun muhim rol o’ynaydi. Shuni unitmaslik kerakki, insonning xulq-atvorini
signal qo’zg’atuvchilar mexanik ravishda boshqarmaydi, balki mazkur
qo’zg’atuvchilarning miyaga o’rnashib qolgan timsollari, ya'ni signallari boshqarib
turadi. Muayyan timsolga ega bo’lgan timsollar narsa va hodisalar to’g’risida
signal jo’natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib turadi.
Odamlarda hayvonlardan farqli o’laroq, birinchi signallar sistemasi bilan bir
qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar
sistemasining signallari odamlar tomonidan talaffuz etilgan, qabul qilingan,
eshitilgan, o’qilgan tushunchalar va so’zlardan ("ikkinchi signallari"dan) tashkil
topadi. Odatda birinchi signallar sistemasining signallari timsoliy signallar, o’z
navbatida so’zlar bilan almashtiriladi, uzatiladi. So’z birinchi signallar sistemasi
signallari q’rnini bosishi, umumlashtirishi va ular vujudga keltiradigan jamiki
xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Signalning kuzatuvchilari bilan
ularning miyada so’zlarning mazmuni, mohiyati, ma'nosi tarzida
mujassamlashuvini o’zaro tafovutlash maqsadga muvofiq. Mabodo so’zning
ma'nosi shaxsga tanish bo’lsa, u holda uning xulq-atvorini boshqara oladi, tabiiy
yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini ta'minlashga yordam ko’rsatadi. Agarda
so’zning ma'nosi notanish bo’lsa, u odamga faqat birinchi signallar sistemasining
signallari tarzida ta'sir o’tkazadi yoinki shaxs uchun mutlaqo qiymatsiz,
ahamiyatsiz narsaga aylanib qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan
holda psixika ob'ektiv borliqning sub'ektiv obrazining voqelik tarzida miyada aks
etishi deb basholash mumkin.
Psixikani aks ettirish imkoniyatini to’gri, oqilona talqin qilish uchun bilish
nazariyasi, bilish manbalari, shakllari, uslublari, haqiqatni o’lchash mezonlari,
vositalari, yo’llari kabilarga ilmiy yondashish lozim. Psixikani o’rganishda ob'ekt
bilan sub'ektning hamkorlikdagi xatti-harakatini hisobga olish shaxsning borliq
to’g’risidagi bilimlarining chinligi (haqiqatligi), in'ikosning o’xshashligi
muammolar yechimini topishga puxta negiz hozirlaydi.
Psixologiya fani psixikani o’rganishning tadqiqot metodlariga, yaqqol
vazifalariga, izlanishning rang-barang mavzulariga ega bo’lib, vaziyat va hart-
haroitdan kelib chiqqan holda ularga murojaat qiladi. Psixologiya fani ta'sir
ko’rsatuvchi (o’tkazuvchi) ob'ektlari hisoblanmish sub'ektning ichki psixik (ruhiy)
holatiga, shuningdek, tashqi taassurotlar natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar
jarayon sifatida qay yo’sinda kechishishni tekshiradi. Psixologiya aks ettiriluvchi
narsa va hodisalarning in'ikos jarayoniga aylanish mexanizlarini, sub'ektning o’z
faoliyatini rejalashtirishni, nazorat qilishni, boshqarishni tadqiqot etadi. Psixika
faollik xususiyatiga ega bo’lib, u mayllarda, maqbul yechimni qidirishda, xatti-
harakat variantlari ehtimolligini xayoldan o’tkazishda, undashda, turtkilarda o’z
ifodasini topadi. Xuddi shu bois psixik aks ettirish (in'ikos) sust narsa emas, balki u
harakat, xatti-harakat, ta'sir, o’zaro ta'sir kabilarni tanlash, qiyoslash, izlash,
ajratish bilan bevosita aloqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi sanaladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida faoliyat, jarayon va xulq-atvorninng faol
boshqarilishi teskari aloqa apparatining ishlashini taqozo etadi (P.K.Anoxin,
A.N.Bernshteyn va boshqalar). Teskari aloqa tushunchasi kibernetika, fiziologiya,
psixologiya fanlarida keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda. Teskari aloqa
psixologiya bilan fiziologiya fanlarida har bir javob harakati hal qilinayotgan
vazifa (muammo) miyada baholanilishi tushuniladi. P.K.Anoxin nuqtai nazaricha,
organizmda muayyan sikl bilan ish bajaruvchi yaxlit sistema mavjud. Mazkur
sistemada markazdan javob harakatiga buyruq berilishining birorta ham lahzasi
teskari yo’nalishda (periferiyadan markazga qarab) harakatning natijasi haqida
zudlik bilan axborot (teskari aloqa) yuborilmaguncha tugallanmaydi. Teskari aloqa
apparati (sistemasi) yordami bilan organizm o’z harakatining natijasini obraz
(timsol) bilan taqqoslab ko’radi.
A.N.Bernshteyn talqinicha, natijaga nisbatan obraz oldinroq paydo bo’ladi,
voqelikning o’ziga xos modeli tarzida uning yuz berishi to’g’risida oldindan
(ilgarilab ketib) axborot, xabar, ma'lumot beradi ("bashorat eshtimolligi"
nazariyasi). P.K.Anoxin va A.N.Bernshteyn nazariyalariga asoslangan holda
psixikaning mavjudligi harakatning izchil dasturini (programmasini) tuzish,
oldiniga ichki rejada ish bajarish, xulq-atvordagi eshtimol ko’rinishlarini tanlash,
bosqichlarini amalga oshirish tufayli harakat qilish imkoni tug’iladi.
Tabiatshunos olimlarning mulohazalaricha, biologik evolyutsiya jarayonida
shaxs psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati tarzida paydo bo’ladi,
sifat jihatidan o’zgarib boradi. Ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabat, jamoaviy,
oilaviy turmush (hayot) qonunlari, qonuniyatlari ta'siri ostida odamlar shaxsga
aylana boshlaydi (ijtimoiylashuv natijasida), ularning har birida mikromuhitning,
kamol topgan tarixiy haroitning izlari o’z aksini qoldiradi. Umumiylik (etnik) bilan
xususiylik (shaxslilik) o’rtasida o’zaro uyg’unlik hukm sursa-da, lekin alohida
olingan insonning xulq-atvori, xatti-harakatlari shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda psixologiya faniga
ta'rif berish mumkin. Psixologiya - voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga
keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar, vaziyatlar,
xislatlar, fazilatlar, mexanizmlar to’g’risidagi fandir. Insonninng shaxsiy
xususiyatga ega bo’lgan xulq-atvori va faoliyati voqelikning miyadagi obrazlar
yordami bilan boshqarilib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Yunusov A. Yu. Odam fiziologiyasi. Toshkent. «O’qituvchi». 1964 y. 511 bet.

  2. Maxmudov E., Aminov B., Qurbonov Sh. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi. Toshkent. «O’qituvchi». 1984 y. 181 bet.

  3. Azimov I, Sobitov Sh. Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent. «O’qituvchi». 1985 y. 168 bet.

  4. Klemeshev L. S., Ergashev M. S. Yoshga oid fiziologiya va gigiena. T. O’qituvchi. 1991 y.

  5. Sodiqov Q. S. o’quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. T. O’qituvchi. 1992 y.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin