P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

SO‘Z BOShI 
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan mustaqil demokratik davlat, erkin 
fuqorolik jamiyati qurish yo‘lidagi ulkan ishlar, inson mohiyatini yangidan kashf 
qilishga, uni o‘zligini anglashga, imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy 
intellektual, aqliy-amaliy rivojlanish uchun yangidan-yangi keng imkoniyatlar va 
shart-sharoitlar yaratib berdi. 
1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. Bu qonun 
asosida, oldingilardan farqli ravishda, xalq ta’limining yangi qoidalari e’lon 
qilinib, hayotga tadbiq etila boshladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, shakl 
va usullari bu sohada erishilgan ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqildi. Bunda 
ta’limning jahon standarti darajasida bo‘lishi nazarda tutiladi. Mustaqillik 
yillaridagi muhim voqealardan biri, ya’ni 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida, 
kadrlar tayyorlashning milliy dasturini qabul qilinishi bo‘ldi. Bu asosida ta’lim 
tizimi bosqichma-bosqich isloh qilina boshladi. 


 10 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Hayotimizni xal qiluvchi 
muhim masalalari qatorida, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi 
zamon talabiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga dahldor qonun loyixalari 
ham bor”, - degan edilar. Bu muhim xujjatlar asosida ta’lim tizimida katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu jarayonda davlat ta’lim standartlari ishlab 
chiqildi. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi.O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi uzluksiz ta’limni bir turi sifatida yangi ta’lim yo‘nalishlarini, ya’ni 
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari barpo qilindi. Oliy ta’lim ham ikki bosqichli, 
ya’ni bakalavriat va magistraturadan iborat qayta tuzildi. Bu o‘zgarishlar 
ta’limning ham nazariy, ham amaliy muammolarini ilmiy asosda qayta ishlab 
chiqishni bu sohada jahon ilg‘or tajribalarini hisobga olib, mikrobiologiya va 
biotexnologiyaga doir zamonaviy ilmiy ishlar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar 
yaratishni taqazo qildi. 
Mustaqil O‘zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash 
milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki 
qadamlardir. 
Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Yangi 
demokratik jamiyat qurayotgan hozirgi kunlarda har bir fan jadal rivojlanmoqda. 
Har bir material tanlash ta’limning mazmunini yangilash murakkab muammo.
O‘quv jarayoni jahon talablariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlari 
asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida tashkil etilmoqda.
Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh 
qilingan har bir fan erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. 
Ma’lumki, mikrobiologiya ayniqsa, biologiyaning yosh tarmog‘i 
hisoblanadi. Bu soha bo‘yicha respublikamizda juda ko‘p ilmiy ishlar qilingan. 
Lekin, talabalar uchun mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari fani bo‘yicha 
lotin alifbosida adabiyotlar yetishmaydi. 
Darslik o‘quv jarayonining asosidir. Har bir fanning mazmuni, maqsadi va 
vazifasi darslikda yoritiladi. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy 
asosi, g‘oyalari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Nazariy bilimlar ishlab 
chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi shart. Darslikda mavzu sodda, ravon 
tilda yozlishi hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin