“Baqtriya yozuvi va tili” ning tarix, tilshunoslik va sharqshunoslik fanlariga
kiritilishi bevosita mashhur olmon olimi V.Xenning nomi bilan bog`liq. 1957-yilda
Shimoliy Afg`onistonning Bag`lon hududidagi Surxko`tol deb nomlangan Kushon
podsholari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi fanda baqtriya yozuvining
o`rganilish tarixini boshlab bergan edi. V.Xenning tomonidan “Katta Surxk`tol
yozuvi” ning to`liq o`qilishi “Baqtriya yozuvi” atamasining fanga kiritilishiga va
unga qadar bu kabi xat namunalariga nisbatan “toxar”, “kushon” va “kushon-
baqtriya” xatlari kabi nomlarning qo`llanishiga batamom chek qo`ydi.
Eng qadimgi baqtriya yozuvlari qayd etilgan yodgorliklardagi inshoot va madaniy
qatlamlar va ularning sanalari.
1. Mirzaqultepa. Miloddan avvalgi I milodiy I asrlar.
2. Fayoztepa. Milodiy I asr.
3. Kampirtepa.Milodiy II asrning birinchi yarmi.
4. Qoratepa. Milodiy II-IV asrlar.
5. Ayritom. Milodiy II-III asrlar.
6. Zartepa. Milodiy III-IV asrlar.
7. Dalvarzintepa. Kushon davri.
8. Xotinrabot. Kushon davri.
9. Hayitobodtepa. Milodiy IV-V asrlar.
Baqtriya hududidan baqtar yozuvidagi birinchi topilma 50-yillarning boshiga
to`g`ri keladi. Bu davr Amudaryoning o`ng sohilida olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar bilan bog`liq.
Birinchilar qatoriga Dushanbedan 1951-yilda topilgan.
Основы иранского языкознания. Древнеиранские языки. М., Наука, 1979, с. 16.
38
Surxon vohasi (qadimda Shimoliy-g`arbiy Baqtriya) ning Kushon davriga oid
yodgorliklarida kashf etilgan yozuvlar “Katta Surxko`tol yozuvi” singari alohida
ilmiy ahamiyatga molik. Bular Ayritom va Kampirtepa yozuvlaridir.
1979-yilda arxeolog olim B.A.Turg`unov tomonidan Ayritomdagi buddaviylik
ibodotxonasi bilan bog`liq inshootlarini o`rganish davomida yana bir muhim
kashfiyot sodir bo`ldi. Buddavilik ibodatxonasining bir qismida oq toshga
o`rnatilgan haykallar majmui kashf etilib, oq tosh (asos) yuza qismida mahobatli
baqtriya yozuvi borligi aniqlandi.
1
Sak yozuvi – olimlarning fikriga ko`ra sak yozuvida yozilgan eng qadimgi
manba – bu Olmaota atrofida Issiq qo`rg`onida topilgan kumush idishdagi yozuvdir.
U miloddan avvalgi V asrga borib taqaladi. Bu yozuvlar fanda “noma`lum xatlar”
deb nomlanadi. Sak tilida yoritilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy
Turkistonning Xo`tan vahosidan topilgan. Ular VII – X asrlarga oiddir. Bu
yozuvlarni o`rganishga G.B. Beyli, M.J. Drezden, L.G. Gersenberg, I.M.
Oranskiylar katta hissa qo`shganlar.
2
Dostları ilə paylaş: