Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
kurs ishi

Qadimiy  Xorazm  yozuvi.  Qadimgi  Xorazm  yozuvi  oromiy  yozuvi  asosida 

shakllangan.  Bu  eng  qadimgi  yozuv  Oybo`yirqal`ada  xum  sirtiga  yozilgan  yozuv 

bo`lgan. Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra bu yozuv miloddan avvalgi V-IV asrlarga 

oid.  Miloddan  avvalgi  IV-III  asrlarga  oid  yana  bir  Xorazm  yozuvi  Qo`yqirilgan 

qal`adan  topiladi.  Bu  yozuv  spool  idish  sirtiga  tushirilgan.  Manba  yagona 

“aspabarak” – “Otliq, chavandoz” so`zidan iborat bo`lgan.

1

  

        Baqtriya  yozuvi  –  bu  yozuv  O`zbekistonning  janubida  (Surxon  vohasi)  va 



Chegaradosh  Tojikiston,  Shimoliy  Afg`oniston  yerlarida  joylashgan  tarixiy-

madaniy viloyat aholisining yozuvidir. Baqtriya yozuvi ikki xil oromiy va qadimgi 

yunon  alifbosiga  asoslanib  rivojlangan. 

X.Yunker,  E.Xersfeld  va  R.Kyuriel 

asarlarida  baqtriya  yozuvi  yunon  kursiv  yozuvlaridan  kelib  chiqqan  deb  e`tirof 

qilingan  edi.Baqtriya  yozuvi  paleografiyasiga  R.Kyuriel,  A.Marik,  X.Xumbax, 

R.Gyobl, 

I.Gershevich 

va 

V.A.Livshislarning 



asarlarida 

maxsus 


bo`limlar ajratilgan.  Baqtriya  yozuvining ikki turi  –  monumental va kursiv turlari 

ajratib  ko`rsatiladi.  Monumental  yozuvlarga  belgilarning  o`zaro  ulanmasligi, 

harflarning burchakli (qirrali) va dumaloq shaklda yozilishi xos bo`lib, bu so`zlarni 

o`qishda yengillik tug`diradi. Kursiv yozuv so`zdagi harflar biri ikkinchisiga ulanib 

yozilish uslubidir. Bunda  o`qish ancha  mushkullik tug`diradi. Monumental yozuv 

kushonlar davri yodgorliklari uchun xosdir. Bu yozuv namunalarini Surx-ko`tal va 

Dilbarjindan  topilgan  matnlarda  ko`rish  mumkin.  Va  nihoyat,  Eftaliylar  davriga 

kelib, kursiv yozuv uslubi tamoman g`alaba qiladi. Ba`zi muhrlarda ham kursiv, ham 

qirrali yozuv shakli qo`llanilgan. Rivojlangan baqtriya kursiv yozuvi Eski Termiz - 

Qoratepa  budda  monastir  devorlarida,  kushon-sosoniy  va  eftaliy  tangalarida, 

Uruzgandagi devor yozuvlarida  va  Tochi vodiysidan topilgan  bitiklarda  uchraydi.

 

Tangalardagi yozuvlarga asoslanib, Kanishka davrida yunon alifbosi baqtriya tiliga 



moslashtirilgan. 

 

  



1-2 

A.Sagdullayev. “Qadimgi O`zbekiston ilk yozma manbalarda”Toshkent. “O`qituvchi” 1996-yil. 13-bet

 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin