Kxaroshtxi yozuvi.
Kxaroshxi yozma til bo`lib, oromiy alifbosi asosida shakllangan. U III asrda
Shimoliy Hindistonda va O`rta Osiyoning janubida (Baqtriya, So`g`diyona)
tarqalgan. Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoning deyarli barcha zamonaviy
alifbolari kelib chiqqan davrlarda mavjud bo`lgan. Braxmi yozuvidan farqli o`laroq,
kxaroshtxi yozuvi XIX asrda Jyeyms Prinsep tomonidan topib o`rganilgan. Yozuv
juda tarqoq bo`lib o`ngdan chapga tomon yoziladi hamda belgilarning shakli
taxminan eramizgacha bo`lgan X asr Oromiy yozuvi shakliga o`xshash. Ma`lumot
o`rnida shuni aytmoqchimizki, Sankt-Peterburgda chop etilgan “Древный
Бактрия” yozilishicha, 1972 yil Dalvarzintepani o`rganish chog`ida u yerdan 36
dona quyma oltinning miqdoriy belgilari kxaroshtxi yozuvida bitilgan.
50
|