Turkiy-runik yozuvlar.
Qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yog`och va boshqaga o`yib
bitilgan qadimgi turkiy yozuvlar. V-VIII asr (ba`zi manbalarda VIII-X asr) larga
mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli O`rxun-
Yenisey nom bilan yuritiladi. Tashqi ko`rinishidan got (qadimgi german) yozuviga
o`xshash bo`lganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuvi
haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S. Remezov,keyinroq shved olimi
F. Stralenberg xamda nemis olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv-
ning turkiy xalqlarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P. Abel Remyuza
(1820), soʻngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. Turkiy-runik yozuvlar
38-40 harfdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |