Палеолит даври Arxeologiya asoslari faniga kirish


Hindistonning neolit davri (mil. av. 6 ming yillik oxiri-2 ming yillikning ikkinchi yarmi) xususiyatlari



Yüklə 346,15 Kb.
səhifə11/45
tarix16.12.2023
ölçüsü346,15 Kb.
#180795
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Палеолит даври-fayllar.org

Hindistonning neolit davri (mil. av. 6 ming yillik oxiri-2 ming yillikning ikkinchi yarmi) xususiyatlari. Hindistonning neolit davrini o‘rganishda uning tabiiy-geografik sharoitlari muhim ahamiyatga ega. Mazkur hudud asosini geografik jihatdan Hind va Gang vohalari tashkil etib, unga qo‘shni respublikalar, xususan, Pokistonning tutash hududlar ham kiradi. Bu o‘lkada tabiiy sharoitlardan kelib chiqib neolit davrida xo‘jalikning turli shakllari tarqaladi.
Xo‘jalikning ilg‘or shakllari-dehqonchilik va chorvachilik dastlab o‘lkaning shimoli-g‘arbiy qismida tarkib topadi. Neolit davri ilk dehqon jamoasi izlari Hind vohasi va shimoli-g‘arbiy Belujuston hududlarida mil. av. 6 ming yillikning oxirlarida mahalliy ovchi va termachilik jamoasi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, o‘simliklarni madaniylashtirib o‘troqlashishgan. Pokistondagi Mexrgarxa hududida amalga oshirilgan qazishmalar chog‘ida dehqon-chorvador jamosiga tegishli makonlar o‘rganilgan. Bu erda tosh qurollariga ishlov berishning mezolit davri usullari saqlanib qoladi. Sapol buyumlar uchramaydi. Lekin, arpa va bug‘doy madaniylashtirilib, hayvonlar xonakilashtirilgan. Aholi xom g‘ishtdan yasalgan uylarda yashagan. Hind vohasidagi neolit davri Gumle yodgorligining ilk bosqichida o‘zlashtirma dehqonchilik ustunlik qilsa, uning oxirida qo‘lda qo‘pol ishlangan sapol idishlar paydo bo‘ladi.
O‘lkaning shimolida dastlab o‘zlatiruvchi xo‘jalik hukmronlik qilib, keyingi bosqichda o‘troqlashish jarayoni kechadi. Hindistonning markaziy, janubiy va g‘arbiy o‘lkalarida neolit davri ancha kech qaror topadi (mil.av. 3-2 ming yilliklar). Bu davrda dehqonchilik ilgari shakllangan hududlarda shaharlar paydo bo‘lsa, ushbu o‘lkalarning ahalisi xo‘jalik sohasi va moddiy orqada bo‘lgan.
Xorazm, O‘zboy, Orol bo‘yi, quyi Zarafshon hududlarida xo‘jalikning ovchilik va baliqchilik turlariga asoslangan Kaltaminor madaniyati keng tarqalgan bo‘lgan. Ayniqsa, Amudaryoning quyi oqimi va Xorazm viloyatlaridan bu madaniyatga oid ko‘plab manzilgohlar topib o‘rganilgan. Ulardan YOnboshqal’a IV makoni arxeologik jihadan yaxshi o‘rganilib, unda ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Asosiy topilmalar pastgi madaniy qatlamda uchraydi. Bu erdan 290 m. kv. hajmli (24 x 17) turar joyning o‘rni ochib o‘rganilgan. Jamoaning sayla shaklidagi ushbu makonining asosini yog‘oslar tashkil etib, erdagi sukursa izlari saklanib kolgan. Ustunlar orasiga ko‘ndalang yog‘oslar tashlanib, ustidan xamish bilan yopilgan. Uning atrofida kuyib kulga aylangan yog‘os va kamish koldiklari mavjud. CHayla O‘rtasida katta markaziy o‘choq, uning atrofida esa yuzga yakin kichik o‘choqlarning o‘rni mavjud. Bu uy-joy neolit davri urug‘ jamoasi istiqomat qilgan. Markaziy o‘sokning tag qismi 50 santimetrgasa kuygan. Atrofida xo‘jalik buyumlari usramaydi. Demak, unda doimiy olov yonib turgan va umumjamoaning diniy e’tikodlari usun xizmat kilgan. Boshka o‘soklar atrofida esa sapol parsalari va hayvon suyaklari mavjud.
Zarafshonning quyi oqimi hududlarida neolit davriga oid ko‘plab makonlar topib o‘rganilgan. Bular ichida Darvozaqir, Kichik tuzkon, Daraisho‘r makonlari ajralib turadi.
Darvozaqir I makoni. Bu makonning yuqori qismi buzilib ketgan, pastki qismidan 3 ta madaniy qatlam ochib o‘rganilgan. Bu erdan 81 m. kv. (7 x 11,6) hajmgi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi uy o‘rni saqlanib qolgan bo‘lib, uning har joy - har joyida chuqurchalar uchraydi. Bu chuqurchalar yog‘och ustunlarning o‘rni bo‘lib ustunlar ustiga yog‘och tashlanib qamish bilan yopilgan bo‘lgan. CHaylada o‘choq izlari topilmagan, lekin madaniy qatlamda kul qoldiqlari uchraydi.
Mehnat qurollari: tosh bolta, qirg‘ich, teshgich, o‘roq-randa, parma, sopol buyumlarning bo‘laklari mavjud.
Darvozaqir II makoni. Mehnat qurollari: tosh qirg‘ichlar, pichoqlar, parraklar, o‘choq-randalar, nukleuslar, parma, teshgich, o‘roq qadamalari, yorg‘ichoq, qayroqtosh, tosh bolta. Qurollar: nayza uchlari, paykonlar, o‘q uchlari. Bulardan tashqari tosh munchoqlar va taqinchoqlar ham mavjud. Suyakdan yasalgan qurollar uchramaydi.
Sopol buyumlar: rangli va rangsiz, og‘zi keng, tag tomoni esa pastga qarab dumaloq. Kichik Tuzkon. Topilmalar: qirg‘ich, teshgich, o‘roq qadamalari, nukleuslar, parrakchalar. Sopol buyumlari qo‘lda rangli va rangsiz qilib yasalgan. Quyi Zarafshonda yashagan aholi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar.

Yüklə 346,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin