Eneolit davri arxeologiyasi
Eneolit davriga umumiy tavsifi.
Old Osiyoning eneolit davri madaniyatlari xususiyatlar
O‘rta Osiyoning eneolit davri xususiyatlari
Eneolit davri manzilgoxlari va ularning davrlari.
Eneolit ( mil. av.IV-III ming yilliklarning boshlari.) - bu dastlabki metal (enus - grekcha «mis», litus - lotincha «tosh») davri bo‘lib, mis tosh davri deb, ham ataladi. Bu davrning katta yutug‘i kishilarning dastlabki metal bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan xam foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo‘lsada, misdan kuchli va og‘ir qurollar yasab bo‘lmas edi. SHuning uchun mis korishmasidan yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy xayotida yuqori mavqega ega bulmadi, tosh qurollar o‘z axamiyatini saqlab qoldi. Bu davrda kishilarning xo‘jalik va ijtimoiy xayotlarida yirik o‘zgarishlar sodir buldi. Qadimgi SHarq (Mesopotamiya va Old Osiyo)da shaxar-davlatlarning vujudga kelishi va sinflarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik xo‘jalik shakllariga o‘tish Old Osiyoning bir joylarida nisbatan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sodir bo‘ladi. Ammo mazkur hududlar keyingi davr taraqqiyoti asosiy markazlariga aylanmadi. Bu hududlarda hosildorlik yuqori va barqaror bo‘lmagan. Qadimgi dehqonlar Osiyo va Afrikaning serhosil va subtropik daryo vohalariga o‘tish bilan ularning ishlab chiqaruvchi kuchlarning tezlik bilan va jamiyatning sivilizatsiya ostonasida bo‘lgan keyingi taraqqiyot bosqichiga o‘sib o‘tishiga olib keldi. YOg‘angarchilik mig‘dori etarli bo‘lmagan yangi iqlim sharoiti kishilarning agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sug‘orma dehqonchilikga o‘tishlariga turtki bo‘ldi. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik nafafaqat barqaror hosil olish imkoniyatini yaratdi, balki, boshoqli ekinlarning hosildor navlarini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.[
Mil.av.VII ming yilliklarda Zagrosning dehqon –chorvador qabilalari yangi ekin maydonlari va chorva yaylovlarini izlab yangi hududlarni ishg‘ol qila boshladi. Bu birinchi navbatda Mesopotamiya pasttekisliklari bo‘lib, ilk qishloqlari paydo bo‘la boshladi. Qadimgi dehqonlarning ilk qishloqlaridan biri Aliqush yodgorligi hisoblanib, u Mesopotamiya pasttekisligining sharqida hozirgi Eron hududida joylashgan. YOdgorlik madaniy qatlami 7,5 metrni tashkil etib tadqiqotchi olimlar tomonidan ikki bosqichi: Bas Mordex (mil. av. 7500-6750 yillar) va Aliqo‘sh. Ilk bosqichidagi uy-joylar qo‘pol xom g‘ishtlardan barpo qilingan. Ularda xo‘jalikning asosini chorvachilik shakli tashkil etgan. Asosan echki va qisman qo‘y boqishgan. Ovchilik ahamiyatini yo‘qotmagan. SHuningdek, termachilik ham asosiy oziq-ovqat etkazib beruvchi tarmoq sifatida saqlanib qolgan.Aholi dehqonchilikka o‘ta boshlaganligini topib o‘rganilgan boshoqli o‘simliklar bir qatorli arpa va bug‘doylarning atigi uydan bir qismini tashkil etganligidan ko‘rish mumkin.Tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra mazkur bosqichga oid manzilgohlar Zagrosdan qish mavsumida yashagan chorvador-ovchi qabilalarga tegishli bo‘lib, ular dehqonchilik bilan tanish bo‘lishgan. Aynan magiya gid qabilalarning vohaga siljishi o‘troq dehqonchilik madaniyatining qaror topishiga sabab bo‘lgan.
Xassun madaniyati davri. Dastlab o‘rganilgan arxeologik yodgorlik neolit bilan yuritiladigan madaniyat. Bu madaniyatni yaratgan qadimgi aholi loydan qurilgan uylarda istsqomat qilishgan. Bu madaniyatning so‘nngi bosqichlariga kelib, tosh qurollar degradatsiya bo‘lib, misdan ishlangan buyumlar paydo bo‘lib, sopol idishlarga geometrik bezak va o‘yma naqshlar yoki ularning ikki turi ishlatilgan. Bu madaniyat egalari qish mavsumida dehqonchilik yuritish uchun etarli miqdorda yog‘ingarchilik bo‘ladigan kam saqlanadigan tog‘ etagi hududlarida tarqalishgan. Xassuliklar madaniyati asosan ikki joyda: Xassun yodgorligi saqlangan Mosul va YArimtepa I yodgorligi joylashgan Sinisor hududlarida to‘plangan. Xassun o‘troq dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan madaniyat.Dehqonchilikda yumshoq, qattiq bug‘doy va arpa ekishgan. Topib o‘rganilgan hayvon suyaklarining 5\4 qismini xonaki hayvonlarniki tashkil etib, ular qo‘y, echki, cho‘chqa va qvoramolga tegishli. Aholisi maydalangan xas- hashak qo‘shilgan bloklardan tug‘ri to‘rtburchak tarxidagi uylarda istiqomat qilishgan.SHuningdek, oval shaklidagi o‘rni Xassun I yodgorligida aniqlangan.
Sopol idishlarga maydalangan somon (Otoshitel) qo‘shib, qalin qilib ishlangan. Asta-sekin sopollarni pishirish takomillashgan. YArimtepa yodgorligidan ikki yarusli xumdon topib o‘rganilgan.Idishlarning naqshlari qora va qizil ranglarda bo‘yalgan. Xassun madaniyatiga oid idishlar kosa va ko‘zalardan tashkil topgan.
Misdan yasalgan buyumlar Xassun madaniyatining barcha bosqichlariga oid madaniy qatlamlarida uchraydi. serdolik, xalsedon va feruza toshlardan yasalgan turli munchoqlar topilgan. SHuningdek, toshdan yasalgan muhrlar ham mavjud. Loydan yasalgan terrokota-ayol haykalchalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |