Jebel madaniyati. Turkmaniston Respublikasining janubiy-g‘arbida SHarqiy Kaspiy bo‘yi va Balxanbo‘yi hududlarida mezolit davri o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shaklidagi madaniyatning davomida chorvachilikga asoslangan madaniyati Jebel madaniyati rivojlanadi. Bu madaniyat nisbatan yaxshi o‘rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu erdagi mezolit davriga oid Jebel, Damdamchashma 1,2, Qaylu, Defichig‘anoq va boshqa shu turdagi yodgorliklarning neolit davriga oid yuqori madaniy qatlamlaridan. Bu madaniyat Mil. av. VI-IV ming yilliklar bilan sanalib g‘orlarda hayot bronza davriga qadar saqlanib qoladi. Tosh qurollariga ishlov berish texnikasi yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Tekis tomonlarga ega prima nukleuslari va mikrolitlar xos. SHuningdek, yorg‘uchoqlar ham topib o‘rganilgan. Qo‘y va echkiga tegishli suyak topilmalarining aksariyati xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli. Demak, ular shubhasiz xo‘jalikning chorvachilik shakli bilan kun kechirishgan. YOdgorliklardan yassi tagli sopol buyumlarlarning bo‘laklari topilgan. Bu madaniyat vakillari joytunliklar bilan bir davrda yashaganlar va ularning chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollarida o‘xshashliklar mavjud. Joytun va Jebel ko‘rinishdan bitta madaniyatning ikki tarmog‘i bo‘lib, Joytunda xo‘jalikning asosini dehqonchilik, Jebelda esa chorvachilik rivojlangan. Bu erdan chuchuk suvda yashovchi baliqlar suyaklarining topilishi jebelliklarning baliqchilik bilan ham shug‘ullanganliklaridan dalolat beradi. CHunki Qoraqumning janubi-g‘arbiy etaklarida sersuv ko‘llarga boy bo‘lgan.
Misr hududida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish mil. avv.IV ming yillik O‘rtalarida qaror topadi. Bu davrga oid dastlabki madaniyat Nil vohasining quyi oqimida Fayum ko‘li yoqasida shu nomdva shakllangan. Fayum madaniyatiga asos solgan aholi dehqonchilikda arpa va bug‘doy, chorvachilikda kichik va yirik tuyoqli mol va cho‘chqa boqishgan. Uylari g‘alla saqlanadigan o‘ralar aniqlangan.
Bu davrda yuqori oqimida chorvador-dehqon qabilalari yashagan. Ularga oid Tasiy madaniyati saqlangan. Bu madaniyatning asosan qabrlari o‘rganilgan. Ular arpa, bug‘doy ekish bilan birgalikda chorva mollaridan mayda tuyoqli mollar boqishgan. Sirti qora va kul rangdagi qo‘lda ishlangan sopal idishlarining ayrimlari o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Tasiyliklar sodda sug‘orma dehqonchilik xo‘jalik shakli shakllana boshlagan. Ularda chorvachilik, ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakli mavjud bo‘lsada, go‘sht mahsulotlarining manbai asosan ovchilik va baliqchilik bo‘lgan.
Tasiy madaniyati merosi sifatida Badariy (mil. avv. V ming yillik oxiri IV ming yilliklar) madaniyati nisbatan yuqori taraqqiy bosqichiga ega bo‘lgan. Bu madaniyat aholisi yirik tuyoli hayvonlarni ham boqishgan. Kichik tuyoqli hayvonlar ham boqishgan. Erlar uchi kremindan yasalgan motigada chopilgan. Dalalar Nil daryosidan ariqlar orqali keladigan suvlar bilan sug‘orilgan. Ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu davrda misdan foydalanila boshlagan. Mis rudasi Sinay yarim orolidan keltirilgan. Misdan bo‘yoq yasalgan.
Misrda jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichi Amrat (mil. avv.IV ming yillikning oxirgi choragi) majmuasida namoyon bo‘ladi. Bu davrda qishloqlar paydo bo‘ladi. Ularning ayrimlari mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan. Misdan yasalgan mahsulotlar turi ko‘payadi. Misdan asosan zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Sopal idishlar qo‘lda yasalib, o‘yma va rang tasvir naqshlari bilan bezatiladi. Ularda shuningdek, ramziy belgilar ham uchraydi. Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmi, ikkinchi sulolalargacha davr). Gerzey davri hisoblanib sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik yuqori taraqqiyot bosqichiga etadi. Ovchilikning ahamiyati keskin pasayadi. Misdan bolta, pichoq, xanjar, kamon uchi va idishlar yasashgan. Kumushdan ham qurollar, xususan xanjar yasalgan. SHuningdek, mateorit temiridan ishlangan munchoq ham topilgan.
Xitoyning neolit davri xususiyatlari. YAnshao va Lunshanlar Xitoyning muhim neolit davri muhim madaniyatlaridan sanaladi. Bu madaniyatlar dehqonchilik shakllanishi uchun qulay bo‘lgan janubiy o‘lkalarda qaror topgan. SHimoliy o‘lkalarida esa uzoq davr mobaynida o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari saqlanib qoladi.
YAnshao madaniyati Xuanxe daryosining o‘rta oqimi hududlarida neolit davrida tarqalgan madaniyat. Uylari to‘rtburchak yoki aylana shakllardagi tashkil topgan bo‘lib, biroz erga qazib tushilgan. Ushbu madaniyat xo‘jaligining asosini o‘troq dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Asosan no‘xat ekib, cho‘chqa boqish xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Mehnat qurollari uchirib va silliqlangan toshlardan ishlangan. Sapol idishlari qo‘la yasalib, sarg‘ish angob ustiga qora va qizil bo‘yoqlarda naqshlar berilgan. Ilk bosqichdagi naqshlari zoomorf tasvirlar keyinchalik geometrik va egri chiziqli tasvirlar bilan almashadi. Murdalar uzun chuqurlarga ingumatsiya qilish bilan bog‘liq. Davri 5 ming yillikning oxirlaridan 4 ming yillikning boshlariga qadar (4115+110 – 3280+100)
Lunshan madaniyati (mil. av. 3 ming yillikning ikkinchi yarmi- 2 ming yillikning boshlari) Xuanxe daryosining quyi oqimi hududlarida so‘nggi neolit davrida tarqalgan madaniyat. Bu madaniyatga oid sapol idishlari charxda yasalgan. Toshlardan silliqlab mehnat qurollari va suyaklardan kamon o‘qlarining uchlarini yasash an’anasi keng tarqaladi. Bu madaniyatning keyingi bosqichi Xitoyda sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni kechadi.