Panjiev Axror Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti



Yüklə 25,18 Kb.
tarix29.04.2022
ölçüsü25,18 Kb.
#56704
Maqola 2


Panjiev Axror

Mirzo Ulug'bek nomidagi

O'zbekiston Milliy universiteti

1 bosqich magistri.

Tel. +998 91 466 45 44

Tarix va tarbiya fanini o’qitishning o’ziga xos usullari

Tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda o’qitiladigan tarix kursining tutgan o’rni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bo’lim va bo’limdagi mavzular, hatto har bir darsda o’tiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyingina tarix o’qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to’g’ri belgilab ola bilishiga bog’liqdir. Bu ham, o’z navbatida, o’qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog’liqdir.

O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sismavzusida to’tgan o’rnini aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’tkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib bo’lmaydi.

Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga qo’yilgan g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin o’tilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta'lim-tarbiya vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta'lim va tarbiya vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak.

Ilmiy dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o’quvchilar asta-sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars o’quvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar hosil qiladi.

O’quvchilar tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi.

O’qituvchi butun tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim mavzularning ta'lim-tarbiya vazifalari bilan bog’lab rejalashtirmog’i kerak. Mavzular bo’yicha rejalashtirish mavzularni o’qitishning metodik sismavzusini ishlab chiqishga yordam beradi. Mavzular bo’yicha rejalashtirganda har bir mavzuning butun tarix kursida tutgan o’rni va roli aniqlab olinadi.

Har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalari o’z-o’zidan emas, balki o’qituvchining ongli va rejali ishi asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi mumkin. Uqituvchi darsga tayyorlanayotganda o’quv programmasining hajmi va mazmunini hisobga olib material tanlaydi, programma va darslik asosida dars planini to’zadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda hujjat va boshqa ko’rsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi.

Ammo, bu ishlar o’qituvchi darsning asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta'lim-tarbiya vazifalarini, darsda nimaga erishish, o’quvchilarda qanday tasavvur va tushuncha xosil qilish kerakligini aniq va to’g’ri hal qilgan taqdirdagina o’qituvchi ko’zlangan maqsadga erishishi mumkin. Darsning bosh g’oyasi va uning tarbiyaviy vazifalari to’g’ri va aniq belgilanmay o’tkazil-gan dars programmada ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab o’tishdan iborat bo’lib qoladi.

Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish, darsda qo’llaniladigan butun didaktik usullar va metodik vosita-larning hammasi darsning bosh g’oyasiga, uning ta'lim va tarbiya vazifalarini hal etish maqsadiga bo’ysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh g’oyasi va uning ta'lim-tarbiya vazifalarini aniqlash o’qituvchining darsga tayyorlanishida eng muxim bosqichni tashkil qiladi.

Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas'u-liyatli bo’lishi bilan birga, ishning eng qiyin tomoni hamdir.

Tarix darslarining bosh g’oyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz o’qituvchilar uchun qiyin ko’chadi. Ular ko’pincha darsning ta'limiy vazifalari bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday o’kituvchilardan ko’pincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, - degan savolga,- o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko’zda tutdim,— degan mazmundagi umumiy javob olinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1 — 9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.

2020 — 2023-yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining “Boshlang‘ich ta’lim”, “Tarix” (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Pedagogika va psixologiya”, “Dinshunoslik” va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)”, “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

2020-yil 1-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo’lib o’tdi. Unda deputatlar “Umumta’lim maktablarida vatanparvar avlodni tarbiyalash, yangi joriy etilgan “Tarbiya” fani o’qitilishini tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida”gi masalani muhokama qildilar. Xalq vakillarining ushbu masala yuzasidan savollariga O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov javob berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, maktablarda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar yangicha asosda tashkil etilib, “Milliy g’oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg’usi” kabi fanlar asosida yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. 2020-2021 o’quv yilidan 1-9-sinflarda o’qitish yo’lga qo’yildi. 10-11-sinflarda esa mazkur fan 2021-2022 o’quv yilidan boshlab joriy etiladi.

Deputatlar “Tarbiya” fanini o’qitish bo’yicha olib borilayotgan tashkiliy ishlar bilan qiziqdilar.

Ma’lumotga ko’ra, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, o’quv yili davomida esa 34 soat o’qitiladi. Shuningdek, o’qituvchilar uchun “Tarbiya” fani bo’yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy yondashuvlar o’rin olgan uslubiy qo’llanma ishlab chiqildi. “Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyasi” nomli qo’llanma nashrga tayyorlandi. “Tarbiya” fani bo’yicha o’quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini yaratish maqsadida internet tarmog’ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va vazifalari bayon etilgan o’qituvchiga uslubiy yordam ko’rsatuvchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu platformada o’qituvchilar uchun “Tarbiya” fanining maqsad-vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-rejalar, fanni o’qitishga doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qo’shimcha manbalar joylashtirilmoqda. Shuningdek, platformada o’quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.“Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo’ljallangan darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid 21 ta videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kiritildi.

Mazkur darsliklarda yoshlarni fikrlashga o’rgatadigan, ularni milliy qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga qay darajada e’tibor qaratilgan? Xalq vakillari “Hukumat soati”da ushbu savolni ham o’rtaga tashladi.

Vazir javobiga ko’ra, “Tarbiya” fanining o’quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag’rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko’nikmalarni shakllantirishga alohida urg’u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug’ allomalarning hayot va yo’llari, asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni o’qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan “Loyiha asosida o’qitish”, “Qiziqishlar asosida ta’lim berish”, «Art-fest», “Namuna ko’rsatish”, “Misollar orqali o’qitish”, “Vaziyatlarni tahlil qilish” kabi ta’lim berishning ilg’or texnologiya va uslublari qo’llanilgan.

Xulosa qilib aytganda tarix va tarbiya fanini integratsiya qilish va ta’limga innovatsion texnalogiyalarni kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

bundan tashqari tarbiya fanini haftasiga 1 soatdan o’qitish munosib samara bermaydi deb hisoblayman, Shu taklifimni keng ommaga yoyish va jamoatchilik fikrini o’rganishga harakat qilmoqdaman. Chunki tarbiya fani juda chuqur o’ylangan mavzularga boyligini hisobga olib bu fanning o’qitish usullari qiyinligini hisobga olish kerakligini yana bir marta takror eslatmoqchiman.





1 O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi qaroridan. 422. 06.07.2020

Yüklə 25,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin