Parallel kompyuterlarning dasturiy taminoti Maxsus tillar kutubxonalari va interfeyslarining takomillashuvi Mos keluvchi strukturali filtrni tasvirlash


Parallel dasturlash tillarning kengayishi



Yüklə 1 Mb.
səhifə2/8
tarix27.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#103735
1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu Parallel kompyuterlarning arxitekturasi va dasturlash” fanidan

Parallel dasturlash tillarning kengayishi


Mahsuslashtirilgan parallel tillar va mavjud tillarni kengaytirish.

  • NORMA - hisoblash vazifalari mahsuslashtirilishining uslubsiz tili.

  • ABCL (An object-Based Concurrent Language) - ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash elementlari va xabarlar yuborish vositalarini birlashtiradigan parallel tili.

  • Adl - parallel dasturlash uchun mo'ljallangan, ma'lumotlarning bir gancha turlari va konstrukstiyalariga ega funktsional tili. Bu tarqalgan xotirali abstract mashinani dasturlashga qaratilgan.

  • Ada –Parallel dasturlarni yaratishga mo’ljallangan vositalarni o'z ichiga olgan universal dasturlash tili. AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy dasturlash tili. Ko’pgina turli platformalar uchun turli xil kompilyatorlar mavjud.

  • Concurrent Clean – ketma ket va parallel dasturlarni yaratish imkonini beruvchi oliy darajadagi ko'p maqsadi dasturlash tili. Ko'p platformalar uchun tadbiq qilish mumkin.

  • MC # - klaster va GRID-arxitekturalarga qaratilgan va parallel dasturlashda C # tilining barcha avzalliklarini ishlatishga imkon beradigan MC # dasturlashning asinhron parallel tilini yaratish bo’yicha yangi loyiha. Ushbu til local va tarqoq tartibda bajarilishi mumkin bo’lgan oson o’qiladigan va samarali dasturlash kodini yaratish imkonini beradi.

  • DVM- turli arxitekturali parallel kompyuterlar uchun C-DVM va FortranDVM tillarda ko'chma va samarali hisoblash ilovalarini yaratish uchun mo'ljallangan tizim.

  • Qisqartma DVM ikki tushunchalariga mos keladi: Tarqatish Virtual Xotira va tarqatish Virtual Machine. Birinchisi yagona manzil maydon mavjudligini aks ettiradi. Ikkinchisi virtual mashinalarini malumotlarni tasvirlash va real parallel mashinada hisoblashni ikki bosqichli sxemada foydalanishni aks ettiradi

  • DVM tizimi ham LIB-DVM, DVM otladchik, DVM dasturlarini ishini bashoratlovchi, DVM dasturlarini maxsuldorligini qo`llab quvvatlovchi kutubxonalar qatoriga kiradi.

  • Erlang – turli xilda taqsimlangan tizimlar uchun dasturlar yozish imkonini beruvchi dasturlash tili. Ushbu til parallel jarayonlarni ko`paytirish va asinxron xabarlar orqali aloqa qiluvchi vositalarni o`z ichiga oladi.

  • Modula-3 - universal dasturlash tili, Bu til ko'p oqimli dasturlar ishlab chiqish imkoniyatini o'z ichiga oladi.

  • NESL – parallel dasturlash tili bo`lib, bir xil tipdagi malumotlar ustida istalgan funksiyani parallel bajarish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari kompyuter unumdorligini analiz qiluvchi vositasini ham o`z ichiga oladi.

  • Occam - parallel dasturlash tili, ko`proq transputer tizimlari uchun parallel dasturlar yozishga qaratilgan.

  • Orca – taqsimlangan xotiraga ega kompyuterlar uchun parallel dasturlash tili. Dinamik jarayonlarni paydo qilish, va ularni protsessorda aks ettirish vositalarini, shuningdek, alohida obektlar o`rtasida aloqani o`rnatishni o`z ichiga oladi.

  • Parallaxis – Modula-2 tiliga asoslangan strukturali parallel dasturlash tili. Foydalanuvchiga dastur ishlashi lozim bo`lgan virtual mashina konfiguratsiyalarini sozlash imkoniyatini beradi.

  • Phantom – kata taqsimlangan interaktiv ilovalarni yaratishga mo`ljallangan dasturlash tili.

  • Sisal - funktsional dasturlash tili. Dasturchi yaratayotgan dasturining parallel xususiyatlari haqida qayg`urmasa ham bo`ladi, chunki kompilyator o`zi barcha bo`g`liq bo`lmagan qismlarni topadi hamda protsessorlarga taqsimlab beradi.

  • SR - parallel dasturlash tili. Tilning asosiy tuzilmalar: resurslar(CPU va ma'lumotlar) va operatsiyalar. Turli ko`rinishdagi sinxronlashtirishni, xabar uzatish, dinamik jarayon yaratish, bo`linuvchi o'zgaruvchilardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi.

  • ZPL - parallel dasturlash tili. Bu massivlar va massivlar seksiyasi ustida amallar bajarish imkoniyatini o`z ishiga oladi. Dasturchi parallelism haqida buyruq bermaydi, barcha parallel xususiyatlar kompilyator tomonidan aniqlanadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin