YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo
116
metodining (Dekart XVIII asr) yaratilishi, analitik geometriyaning rivojlanishi algebrada faqat
sonlar sistemasiga bog‘liq bolgan masalardan tashqari, turli xil geometrik figuralarning
xossalarini o‘rgaanishiga ham imkon yaratdi.
Bunday imkoniyaatlar algebrada tenglamalarni asosiy tushuncha sifatida uchta muhim
yo‘nalish bo‘yicha o‘rnini mustahkamladi:
Tenglama – matnli masalarni yechishdagi muhim vosita ekanligi ,
Tenglama – algebraik obyektlarni o‘rganadigan maxsus formula sifatida,
Tenglama – tekislikdagi (fazodagi) nuqtalarning koordinatalari qiymatini aniqlovhi maxsus
formula sifatida.
Bu har bir yo‘nalishning o‘ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Demak. Tenglama umummatematik
tushuncha bo‘lib ko‘p yo‘nalishlidir. Bu yo‘nalishlarni birortasini ayniqsa maktab
matematikasida etiborda chiqarib bo‘lmaydi.
Agar
nuqtada
va
funksiyalarning qiymatlari
teng bo‘lsa, bunda
va
funksiyalar teng deyiladi. Bu yerda
va
lar funksiyalar har xil
ko‘rinishdagi idolalari bo‘lib kelgan. Matematikada tenglik tushunchasiga umumiyroq
yondashadilar : ikki
va
analitik
ishorasi bilan bog‘lansa,
tenglikni hosil qiladi
Tenglamalar va tengsizliklar tushunchalari yordamida borliqning o‘zaro bog‘lanish
qonuniyatlarini o‘rganish mumkin, bu esa o‘quvchilarda ma’lum darajada qiziqish o‘rgatadi.
Faqat bugina emas tenglama va tengsizliklarning har bir mavzusini o‘rganishda
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash chuqurlashtirish, takrorlash va
kengaytirish, natijda esa ularning matematik faoliyatlarini ijodiy rivojlantirish imkoni yuzaga
keladi.
Matematikaning turli bo‘limlariga oid masalalarini tenglama va tengsizlik yordamida yechish
arifmetika, algebra, geometriyaning yagona matematika fanining turli ko‘rinishlardagi
ifodalari ekanligini anglashga yordam beradi. Ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligiga predmetlararo
masalalarni tenglama va tengsizliklar yordamida yechish politexnik ta’limni amalga
oshirishga matematika o‘qitishni kundalik hayot bilan bog‘lashga, o‘qituvchilarni kasbga
to‘g‘ri yo‘naltirishga yordam beradi. SHu sababdan ham o‘rta maktabda tenglama va
tengsizliklarni o‘rganish muhim o‘rinni egallaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim xamda o‘rta maxsus kasb —xunar ta’limi matematika kursining katta
qismini tenglamalar va ularni yechish bilan bog‘liq o‘quv materiallari egallab. Davlat ta’lim
standarlari va o‘quv dasturlariga asosan matematika kursida tenglamalar va ularni yechish
bilan bog‘lik, o‘quv materialni o‘rganishni uchta bosqichga ajratish mumkin.