Amaliyot darsini oxirida bezgak parazitining hayot siklini sxematik chizish, ularning turlarini rivojlanishdagi xususiyatlarni jadvallardan ko’rib aniqlash va yozib qo’yish.
Mikroskopda tayyor mikropreparatlarni ko’rib zararlangan eritrositlar ichida yosh shizontlarni, voyaga yetgan shizontlarni va ularning hosil qilgan merozoitlarini izlab topish. Shuningdek gametositlar (gamontlar)ni ham topib aniqlashga harakat qilish. Zararlangan eritrosit ichida to’plangan melanin pigmentini ham aniqlash.