Anopheleschivinlari odamlarda bezgak kasalligini qo’zg’atuvchilarini tarqatuvchi asosiy xo’jayin hisoblanadi.
Iskaptoparlar - Phlebotomus. Iskaptoparlar kemiruvchi hayvonlarning inlarida, turli-tuman qushlarning uyalarida, yirik sutemizuvchilar yashaydigan g’orlarda, molxonalarda hamda odamlarning uylarida, yerto’lalarda yashaydi. Iskaptoparlar asosan issiq iqlimli zonalarda uchraydi. O’rta Osiyo va ushbu zona bilan chegaradosh bo’lgan (Kavkaz orti respublikalari, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Moldaviya, Qozog’iston) hududlarda 30 dan ortiq turi uchraydi.
Iskaptoparlar qon so’ruvchi ikki qanotlilar orasida eng maydasi bo’lib, gavdasining o’lchami 1,2 mm dan 3 mm gacha. Aksariyat turlarining rangi sariq, ayrimlari qo’ng’ir yoki kulrang tusda. Tanasi uzun va qattiq tuklar bilan qoplangan. Boshi qorin tomonga egilgan. Boshda 16 bo’g’imli bir juft mo’ylovlari va xartumchasi aniq ko’rinib turadi. Bir juft yirik qora fasetka ko’zi bor. Xartumchasini yon tomonida qillar va tuklar ham o’sgan. Qanotlarida bo’ylama tomirlar rivojlangan. Ikkinchi juft qanotlari rudimentlashib vizillagichga aylangan. Ko’kragining ust tomoni qavariq, bo’rtib turadi. Oyoqlari uzun va ingichka. Qorin bo’limi ko’krakdan aniq ajralib turadi. U 8 ta segmentdan iborat. Umuman iskaptoparlarning boshi, ko’kragi va qorni hamda ulardagi barcha ortiqlar (mo’ylovlar, og’iz organlari, oyoqlar, qanotlari va barcha segmentlar) yuzasi xitinli tukchalar bilan tiqis qoplangan bo’ladi. Erkak iskaptopar urg’ochisidan, qorin bo’limining uchida murakkab kopulyativ organga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. Ushbu organ muhim sistematik belgi bo’lib xizmat qiladi.
Iskaptoparlarning faqat urg’ochilari qon so’radi. Erkaklari o’simlik shiralari bilan oziqlanadi. Urg’ochilari erkaklari bilan qo’shilgandan keyin qon so’rib, organik chirindiga boy bo’lgan qorong’i joylarga tuxumlarini qo’yadi. Rivojlanishi to’liq metamorfoz bilan boradi. Urg’ochisi har safar 50-70 tadan, 15-20 kunlik hayoti davomida 2-3 marta (150-200 ta) tuxum qo’yadi. Tuxumlari uzunchoq, ovalsimon, qo’ng’ir tusli. Muhit harorati 240-300 bo’lganda 35-45 kunda barcha bosqichlarini (lichinka, g’umbak) o’tab voyaga yetadi. Lekin muhit harorati 00 da 4-5 kunda, - 100 bo’lsa yarim soatda lichinka va g’umbaklar halok bo’ladi. Lichinkalari organik chirindi bilan oziqlansa, g’umbaklari oziqlanmaydi.
Iskaptoparlar ham chivinlar singari gonotrof hasharotlar (ya’ni, urg’ochilari tuxum qo’yish oldidan faqat bir marta qon so’radi), lekin ayrim
turlari tuxumning yetilishi uchun bir necha marta qon so’rishadi. Shunga binoan ularning ko’plarida kasallik qo’zg’atuvchilarni transovarial yuqtirish xususiyati mavjud. Iskaptoparlar kunduzi kemiruvchi hayvonlar (qumsichqonlar, kalamush, yumronqoziqlar)ning inlarida, uylarning pollari ostida, xo’jalik chiqindilari tagida, devorlarning yoriqlarida dam oladi. Qosh qorayishi bilan (quyosh botgandan keyin), uchib chiqib, kechasi bilan faol hayot kechirib, xo’jayinlariga hujum qilib qon so’radi. Tabiatda tuxumlarini qo’yish joylari qumsichqon va yumronqoziqlarning inlari, qushlarning uyalari, chiyabo’ri va tulkining inlari, g’orlar va devorlarning yoriqlari hamda daraxtlarning kovaklari kabilardir. Urg’ochi iskaptoparlar yashash joyidan
ba’zan 1,5 km uzoqlikdagi, aholi yashaydigan joylarga uchib boradi.
Iskaptoparlarning keng tarqalgan turlaridan Phlebotomus papatasii, P. sergentii,Sergentomiyaarpaklensiskabilar odam va hayvonlar orasida visseral va teri leyshmaniozi qo’zg’atuvchilarini tarqatishda asosiy rol o’ynaydi.
Iskaptoparlarga qarshi profilaktik choralardan biri odamlar yashaydigan binolarning ichi insektisidlar bilan ishlanadi. Qumsichqonlar, yumronqoziqlar hamda daydi itlar qirib tashalanadi.