Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə31/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Teleman usuli. No’xat kattaligidagi tezak 5-7 ml kuchli xlorid kislotasi va shu miqdordagi efirga aralashtirilib, farfor hovonchaga solib yaxshilab eziladi (xlorid kislota oqsil qoldiqlarini eritadi, efir esa neytral erkin yog’ kislotalarni parchalaydi). Metaldan yasalgan to’r xlorid kislota ta’siridan bo’ziladi, shuning uchun hosil bo’lgan emulsiya qildan yasalgan to’rda suzilib, probirkaga quyiladi va sentrifugada aylantiriladi. Probirkadagi aralashmaning suyuq qismini to’kib, qolgan cho’kmaga suv qo’shiladi va yana sentrifugada aylantiriladi. Xlorid kislota qoldiqlarini yuqotish uchun yana yuviladi, chunki uning bug’lari mikroskop linzasiga yomon ta’sir etadi. Suv to’kib tashlangandan so’ng cho’kma buyum oynaga tomiziladi, so’ngra qoplag’ich oyna qo’yilib, mikroskopda tekshiriladi.
Eslatma: Gelmintoovoskopik tekshirishlarda ovqat qoldiqlari, zamburug’ va o’simlik sporalari, kraxmal donachalari va shu kabi tezakda uchraydigan elementlardan parazit chuvalchanglarning tuxumlarini aniq farq qilishini bilish zarur. Tezakda uchraydigan gelmint tuxumlari shakli va qobiq tuzilishi hamda tuxumning ichki tuzilishi jihatidan boshqa tanachalardan farq qiladi. Odatda gelmint tuxumlari ikki konturli, yorug’likni keskin qaytaradigan silliq qobiqqa ega. Ayrim tuxumlarda esa turli chuqurchalar, to’q sariq yoki qo’ng’ir rangli qalin po’st, shu’lasimon chiziqlar bo’ladi.
Tuxumning ichki tuzilishi bir xil gomogen shaklsiz sharchalarga bo’lingan yoki lichinka bilan to’lgan bo’lishi mumkin. Turli xil gelmint tuxumlarining o’ziga xos xarakterli belgilari bo’lib, bir-biridan sezilarli farq qiladi. Gelmint tuxumlari mikroskopning kichik ko’rsatkichi (obyektivi) bilan topiladi, lekin tuxumning tuzilishini mukammal o’rganish uchun mikroskopning katta ko’rsatkichidan foydalanish kerak.
Yuqorida keltirilgan uslublardan foydalanib, turli uy hayvonlari tezagidan topilgan tuxumlar, jadvallarda va o’quv qo’llanmalarida berilgan gelmint tuxumlari rasmlari bilan solishtiriladi va aniqlangan tuxumlarni rasmlari chizib quyiladi.
Shuningdek o’quv qo’llanmalarida berilgan uy hayvonlaridan qoramol, ot, chuchqa, qo’y, it kabilarning gelmintlari tuxumlarini ham rasmini chizib qo’yish lozim bo’ladi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin