Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə33/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

ISHNI BAJARISH:





    1. Tavsiya etilgan jadvallardan foydalanib, jigar qurtining umumiy tashqi va ichki tuzilishini o’rganib, rasmini chizish. Shuningdek uning hayot siklidagi bosqichlarini - tuxum, mirasidiy, sporosista, rediya, serkariya hamda adoleskariyani tuzilish xususiyatlarini o’rganish. Parazitni hayot siklini sxematik rasmini chizish.

    2. MBI-1 mikroskopining kichik va katta (40x) obyektivlaridan foydalanib, jigar qurtining ichki tuzilishi, tuxum va barcha lichinkalarini ko’rish va xarakterli xususiyatlariga e’tibor berish.

    3. Darsning oxirida fassiolyozni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yozib qo’yish.


Rasm 14. Jigar qurtining rivojlanish sikli:


1-qoramol jigaridagi o’t yo’lida voyaga yetgan (marita) parazit;
2-tuxum; 3-mirasidiy lichinkasi; 4 – lichinkaning suv shillig’i tanasida partenogenetik ko’payishi (A-sporosista, V,D-rediyalar, Ye-serkariy);
5-suvga chiqqan serkariy; 6 sistaga aylangan adoleskariy.

Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Jigar qurtining gavda shakli, uzunligi va enini aniqlang?

    1. gavdasi yassi doira shaklda, uzunligi 1-2 sm, eni 0,5 sm;

V) gavdasi ipsimon, 2-4 sm uzunlikda, gavda eni 0,2 sm;
S) gavda shakli bargsimon, 2,5-4 sm, eni 10-12 mm;
D) gavdasi ovalsimon, 5-8 sm, eni 1,5-2 sm.

  1. Jigar qurtida nechta so’rg’ich bo’ladi va ular qanday vazifalarni bajaradi?

    1. so’rg’ichi 2 ta – og’iz va qorin so’rg’ichi; og’iz so’rg’ichi o’rtasida og’iz teshigi joylashgan; qorin so’rg’ichi – xo’jayin to’qimasiga mahkam o’rnashib olishga yordam beradi;

V) so’rg’ichlari ko’p; ular faqat yopishishga yordam beradi;
S) so’rg’ichi 1 ta; faqat qorin so’rg’ichidan iborat;
D) so’rg’ichi 1 ta; u faqat og’iz so’rg’ichidan iborat. Ushbu og’iz xartumcha uchida joylashgan.

  1. Jigar qurtining hayot siklida qanday lichinkalik bosqichlari shakllanadi?

    1. onkosfera, sistiserk, pleroserkoid, finna;

V) onkosfera, mirasidiy, metaserkariy, adoleskariy;
S) mirasidiy, serkariy, rediya, sporosista;
D) mirasidiy, sporosista, rediya, serkariy, adoleskariy.

  1. Jigar qurtining hayot siklida partenogenez ko’payishning pedagenez usuli mavjud. U hayot siklining qaysi bosqichlarida ko’zatiladi.

    1. mirasidiy, sporosista, rediya;

V) serkariy, adoleskariy;
S) mirasidiy, serkariy;
D) rediya, serkariya.

  1. Jigar qurtining qaysi lichinkalari erkin hayot kechirishga moslashgan va qaysi lichinkalari parazitlik bilan oziqlanadi?

    1. mirasidiy, adoleskariy (erkin), sporosista, rediya (parazit);

V) mirasidiy, serkariy (erkin), sporosista, rediya (parazit);
S) mirasidiy, rediya (erkin), sporosista, serkariy (parazit);
D) serkariy, adoleskariy (erkin), mirasidiy, sporosista (parazit).

  1. Jigar qurti asosiy xo’jayin tanasida qancha vaqt yashaydi va nima bilan oziqlanadi?

    1. bir yil; qon va jigar to’qimasi;

V) ikki yil; faqat qon;
S) 3-5 yil; qon va jigar to’qimasi;
D) 10 yil; faqat jigar to’qimasi.

  1. Asosiy xo’jayinda parazitlik qiluvchi jigar qurti bir sutkada qanchagacha tuxum qo’yadi?

    1. 5000 tagacha;

V) 20-30 mingtagacha;
S) 100 mingtagacha;
D) 150-200 mingtagacha.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin