Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə36/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Mushuk so’rg’ichlisi - Opisthorchis felineus tuzilish jihatdan nashtarsimon so’rg’ichlisiga o’xshash. O’lchami 8-10 mm, gavda eni 1,2-2 mm. Lekin jinsiy organlarining joylashishi bilan farq qiladi, ya’ni bir juft urug’donlari va bir dona tuxumdoni gavdaning orqa uchiga yaqin joylashgan. Sariqdonlar gavdaning ikki cheti bo’ylab shoxlangan. Jinsiy teshiklari qorin so’rg’ichining old tomonida tashqariga ochiladi. Tuxumlari ancha mayda sarg’ish rangli, ovalsimon, uzunligi 0,026-0,030 mm, yuqori qutbda qopqoqchasi joylashgan. Hayot sikli, nashtarsimon so’rg’ichlinikiga o’xshash 3 ta xo’jayinda o’tadi. Asosiy xo’jayinlari mushuk, it, tulki, bo’ri, sher, cho’chqa kabilar hamda odam. Asosiy xo’jayinlarining jigari, o’t yo’llari, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. Birinchi oraliq xo’jayini chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskasi – bitiniya (Bithynia leachi), ikkinchi oraliq xo’jayini zog’ora baliq (sazan), tovon baliq
(karas), okcha (leщ) va boshqalar. Mushuk so’rg’ichlisining tuxumlari o’t suyuqligi bilan ichakka tushadi. Ichakdan axlat bilan tashqi muhitga chiqariladi. Har xil yo’llar bilan suvga tushgan tuxumlarni mollyuska yutganda, uning tanasida kiprikli mirasidiy chiqib, ichak devorini teshib gavda bo’shlig’iga o’tadi va bir oy davomida sporosistaga aylanib, mollyuskaning jigariga joylashib, ichida rediyalarni hosil qiladi. Rediya ichida esa dumli serkariylar yetiladi. Serkariyalar o’zlari faol harakatlanib mollyuska tanasidan suvga chiqadi va ikkinchi oraliq xo’jayinlari terisiga, jabralariga yopishib, terini teshib - muskullar va biriktiruvchi to’qimalar orasiga joylashib, dumini tashlab, po’stga o’ralib, 5-6 hafta davomida invazion metaserkariy lichinkasiga aylanadi. Metaserkariy bilan zararlangan baliqni iste’mol qilgan asosiy xo’jayinlari parazitni o’ziga yuqtiradi. Metaserkariy oshqozon va ingichka ichak birlashgan joyida po’stdan chiqib, o’t yo’llari orqali jigarga o’tadi hamda 4-4,5 oydan keyin voyaga yetadi.
Mushuk (sibir) so’rg’ichlisining paydo qilgan kasalligi opistorxoz deyilib, u tabiiy manbali kasalliklar safiga kiradi. U asosan daryo va ko’llar ko’p bo’lgan hududlarda yirtqich hayvonlar va odamlar orasida ko’p uchraydigan kasalliklardan hisoblanadi. Odam mushuk so’rg’ichlisini yaxshi pishirilmagan yoki dudlanmagan baliq go’shtini iste’mol qilganda o’ziga yuqtiradi. Asosiy xo’jayin jigarida voyaga yetgan parazitlar 5 yildan 20 yilgacha yashashi aniqlangan.
Opistorxozning profilaktikasi eng avvalo baliq go’shtini yaxshi pishirib iste’mol qilish yoki muzlatish yo’li bilan invazion lichinkani halok qilish kerak. Yirtqich hayvonlar (it, mushuk)ga hom baliqni bermaslik, suv havzasini parazit tuxumlari bilan ifloslantirmaslik, aholi o’rtasida sanitariya-gigiyena qoidalarini targ’ibot qilish bilan kasallikni oldini olish mumkin.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin