Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə44/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Kalta (pakana) zanjir - Hymenolepis nana. Odamning, ayniqsa yosh bolalarning (3-15 yoshda) ingichka ichagida parazitlik qiladi. Strobilasining uzunligi 2- 5 sm, eni 0,7-0,9 mm, to’rtta so’rg’ichga ega. Boshidagi xartumchasi bir qator doira shaklida joylashgan 24-30 ta ilmoqchali bo’ladi. Gavdasi 200-280 ta proglottidlardan iborat. Germafrodit proglottidlarida uchta sharsimon urug’don va bir juft tuxumdon bo’ladi. Bachadon shakllanmagan. Jinsiy teshik proglottid yonida tashqariga ochiladi. Tuxumlari ellipssimon, rangsiz va yaltiroq ikki qavat po’st bilan o’ralgan. Kalta zanjirning xayot siklini barcha bosqichlari ingichka ichakda o’tadi. Ichakda tuxumdan onkosfera chiqib, ichak devoridagi vorsinkalarga kirib, sistiserkoidga aylanadi. Ikki haftada voyaga yetadi.

Rasm 19. Kalta zanjirsimon chuvalchangning rivojlanish sikli:


1-yetuk strobilasi; 2-tuxumlar; 3-tuxumdan chiqqan onkosferaning ichak vorsinkasiga kirishi; 4-onkosferadan sistiserkoidning rivojlanishi; 5-sistiserkoidning
ichak vorsinkalaridan ichak bo’shlig’iga chiqishi; 6-skoleks bilan ichak devoriga yopishishi; 7-strobilalarning o’sib uzayishi.

Kalta zanjirning keltirib chiqargan kasalligi gimenolepidoz deb ataladi. Ushbu parazitni tarqatuvchi manba kasal odam. Ichak bo’shlig’idagi tuxumlarning ko’p qismi axlat bilan tashqi muhitga chiqariladi. Ushbu tuxumlar kiyim-kechaklar, uy jihozlari,


suv va oziq-ovqat mahsulotlari bilan sog’lom odamga yuqadi. Bemorda autoinvaziya hollari ham tez-tez uchrab turadi.
Gimenolepidozda bemorning oshqozon-ichak yo’li og’riydigan bo’ladi, ishtaha buziladi, ich ketish hollari ro’y beradi. Mehnat qobiliyati pasayadi. Odam ichagida chuvalchang 1,5 oygacha yashaydi.
Gimenolepidozning profilaktik tadbirlari asosi shaxsiy gigiyenik qoidalarga qat’iy rioya qilishdan iboratdir. Bemor tibbiyot ko’rigidan o’tishi va davolanishi zarur.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin