Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə45/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Exinokokk - Echinococcus granulosus. Lentali chuvalchanglar orasida eng kichik turi bo’lib, strobilasining uzunligi 2-6 mm ga teng. Gavdasi 3-4 ta proglottiddan iborat. Skoleksida to’rtta so’rg’ichdan tashqari xartumchada doira shaklida joylashgan ikki qator xitinli (28-50) ilmoqchalari ham bo’ladi. Skoleksidan keyingi birinchi va ikkinchi proglottidlari germafrodit bo’lib, unda 40-50 ta urug’donlar, spiral shaklida o’ralgan urug’ tashuvchi naycha, nok shaklidagi bursa, tuxumdon, Melis tanachasi, sariqlik joylashgan. Jinsiy teshik proglottidning ikkinchi yarmi yon tomonida tashqariga ochiladi. Strobilaning oxirgi bo’g’imi yetilgan proglottid hisoblanib, oldingilaridan ancha yirik va uzun, ichi urug’langan tuxumlar, (400-3000 tagacha) bilan to’lgan. Tuxumlari ovalsimon yoki yumaloq, diametri 0,028-0,036 mm. Exinokokkning voyaga yetgan davri asosiy xo’jayinlari - it, bo’ri, tulki, chiyabo’ri kabilarning ingichka ichakning oldingi yarmida parazitlik qiladi. Ushbu xo’jayinlar axlati bilan tashqi muhitga chiqarilgan tuxumlar oraliq xo’jayinlari hisoblanmish - o’txo’r hayvonlar (qoramol, qo’y, echki, ot, tuya, cho’chqa, ba’zi kemiruvchilar - 60 turga yaqin) va odam ichagiga tushganda po’sti erib, onkosfera lichinkasi chiqib, ichak epiteliysini yorib, qon va limfa tomirlari orqali ichki organlarga - jigar, o’pka, markaziy nerv sistemasi, yurak kabilarga borib o’rnashadi va exinokokk (finka) pufagini hosil qiladi. Oraliq xo’jayin tanasida pufakning o’sishi juda sekin va uzoq (15-30 yil) davom etadi. Pufak yil sayin o’sib, kattalashib, hajmi oshib boradi, ba’zan bolaning boshicha va undan ham yirik (60 kg ga teng) bo’lgan pufaklar hosil qiladi. Pufak ichi suyuqlik bilan to’la bo’lib, unda birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi pufaklar paydo bo’ladi. Pufak devorida va ichidagi suyuqlikda boshi taraqqiy etgan lichinkalar shakllanadi. Exinokokk bilan zararlangan oraliq xo’jayin organlarini istyemol qilgan asosiy xo’jayinlar parazitni o’ziga yuqtiradi. Ularning ichaklariga tushgan lichinkalar, ichak devoriga yopishib, rivojlanib voyaga yetadi.
Exinokokkoz odam va boshqa oraliq xo’jayinlari organizmiga juda qatta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu kasallik Yer yuzida ancha keng tarqalgan.
Exinokokkozning profilaktikasi - asosan kasallikni oldini olishga qaratilgandir. Buning uchun daydi itlarni qirib tashlash, bo’ri va tulkilarni sonini kamaytirib turish, ovchi va otardagi qo’riqchi itlarni har yili degelmintizasiya nazoratidan o’tkazib turish, so’yilgan mollarni ichki organlarini it va boshqa yirtqich hayvonlarning iste’mol qilishidan saqlash, balki bunday organlarni dorilab, kuydirib tashlash kabi choralarni amalga oshirish lozim. Shuningdek, bolalarning it bilan o’ynamasligi ham e’tiborga olinishi lozim. Odam shaxsiy sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilishi zarur.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin