Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Rasm 22. Gelmintolarvoskopik tekshirishda ishlatiladigan voronkalar va ko’p o’rinli shtativ



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə53/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 22. Gelmintolarvoskopik tekshirishda ishlatiladigan voronkalar va ko’p o’rinli shtativ


Ish jarayoni tugagandan keyin olingan natijalar daftarga yozib qo’yiladi.


Daftardagi yozuvda qo’yidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:

  1. O’simlik va tuproq namunalari olingan joy, kun va iqlim sharoiti (harorat, tuproq namligi, tuproq turi va hoqazolar).

  2. O’simlik turi va uning qaysi qismi hamda undan topilgan nematodalar soni.

  3. Tuproq qatlami hamda undan topilgan nematodalar soni kabilarga e’tibor berilishi kerak.



Mashg’ulot № 15




Mavzu: O’simliklarning parazit nematodalari. Ildiz bo’rtma nematodalari.

Tuzilishi va hayot sikli. Tarqalishi. Zarari va profilaktikasi




Mashg’ulot rejasi

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzu materialini savol-javob orqali baholash.

  3. Ildiz bo’rtma nematodalarining tashqi va ichki tuzilishi. Hayot sikli.

  4. Bo’rtma nematodalarining o’simlikka yuqishi, zarari va meloydoginoz kasalligini paydo qilishi va uning profilaktikasi.

  5. Bo’rtma nematodasi bilan zararlangan o’simlik ildizining holatini ko’zdan kechirish, undan nematodani ajratib olish va o’rganish.

  6. Bo’rtma nematodasining o’rg’ochi va erkak jinslarini tuzilishini rasmlarda ifodalash.

  7. Mashg’ulot bo’yicha talabalar tushunchalarini aniqlash va xulosa.



Ishning maqsadi. Madaniy o’simliklarning parazit fitonematodalari bo’yicha tushunchalarni, ularning o’simliklarga salbiy ta’sirini tahlili hamda parazit fitonematodalarga qarshi kurash usullari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Binokulyar (MBS-1) va monokulyar (MBI-1) mikroskoplar, bo’rtma nematodalarini tuzilishi va ko’payishini aks ettiruvchi rangli jadvallar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, buyum va qoplag’ich shishalar, preparoval va
entomologik ignalar, qo’l lupalari, o’tkir anatomik pichok (skalpel)lar, qaychilar, pinset (qisqich)lar, tomizg’ichlar, toza suvli ximiyaviy idishlar, bo’rtma nematodasi bilan zararlangan fiksasiyalangan o’simlik ildizlari.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin