Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə50/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Qilbosh nematoda - Trichocerhalus trichiurus. Ushbu nematodaning tashqi tuzilishi o’ziga xos bo’lib, gavdaning oldingi yarmi ingichka ipsimon, keyingi yarmiga o’tishda kengayib oxirigacha boradi. Urg’ochisi 4-5 sm, erkagi 3-4sm uzunlikda. Odamning ko’r ichagi va uning chuvalchangsimon o’simtasida, ba’zan yo’g’on ichakning boshlang’ich qismida, qon bilan oziqlanib parazitlik qiladi. Buning uchun gavdasining ipsimon tor qismini ichakning devoriga to’la kiritib, joylashib oladi. Kengaygan qismi esa erkin holda. Parazit odam organizmida 5 - 6 yil yashaydi. Trixosefalyoz deb ataluvchi kasallikni keltirib chiqaradi. Ushbu kasallik asosan issiq nam muhitga ega bo’lgan mamlakatlarda ko’p uchraydi.
Odam qilbosh nematodaning invazionli tuxumlarini sabzavot va mevalarni yuvmasdan iste’mol qilganda yuqtiradi. Geogelmint.
Qilboshning hayot sikli xo’jayin almashtirmasdan amalga oshadi. Tashqi muhitga chiqarilgan tuxumlar limon shaklida, 45-52 mkmga teng. Bemor najasi bilan har sutkada 1000-3500 ta tuxumlar chiqib turadi. Ular qo’lay sharoitda (26 - 280S) 4 haftada invazionga aylanadi.
Trixosefalyozda ovqat hazm qilish sistemasida og’riqning paydo bo’lishi, ishtahaning bo’zilishi, ich ketish yoki ich qotish hollari ro’y berib turadi.
Trixosefalyozning profilaktikasi askaridoznikiga o’xshash.
Trixina - Trichinella spiralis. Trixina ancha kichik nematoda bo’lib, urg’ochisining uzunligi 2,2-3,6 mm, gavda eni 60-75 mkm, erkagi - 1,4-1,6 mm, eni
35-40 mkm ga teng. Urg’ochi trixina tirik lichinkalar tug’adi. Lichinkalarining uzunligi 80-120 mkm, eni 5-6 mkm ga teng.
Trixinaning hayot siklidagi xarakterli xususiyati shuki, u qaysi xo’jayinda parazitlik qilsa, shu organizm ham asosiy va ham oraliq xo’jayin bo’lib xizmat qiladi. Trixinaning xo’jayinlari cho’chqa, qobon, bo’ri, tulki, ayiq, bo’rsiq va boshqa bir qancha go’shtxo’r sut emizuvchilar, shuningdek odam bo’la oladi. Biogelmint.
Odam trixina lichinkalari bilan zararlangan cho’chqa go’shtini iste’mol qilib, o’ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan lichinka kapsula ichidan chiqib, ingichka ichakka o’tib, uning shilimshiq pardasi ostiga o’tib, ikki kundan keyin jinsiy voyaga yetadi. Voyaga yetgan trixina ichakda 30 - 40 kun yashaydi. Urg’ochilari erkaklari bilan qo’shilgandan keyin 1500 tagacha tirik lichinkalar tug’adi. Ushbu lichinkalar avval limfa tomirlariga, undan qon tomirlariga o’tadi hamda qon bilan butun organizmga tarqaladi, ayniqsa diafragma, qorin va qobirg’alar, til, kekirdak va chaynash muskullari tolasi orasiga borib, 15 - 18 kun deganda spiral shaklda, 21 - 22 kun o’tganda esa kapsulaga o’raladi. Ushbu kapsulaning tarkibi gialin va biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’ladi. Kapsulalarning o’lchami 0,4x0,26 mm dan iborat. Muskul tolalari orasida kapsulalar 14 - 18 oydan keyin ohakli kapsulaga aylanadi, ichidagi lichinkalar esa o’z hayotchanligini uzoq yillar davomida saqlab qolish xususiyatiga ega.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin