A-odam askaridasi (chapda-erkagi, o’ngda - o’rg’ochisi); V-bolalar gijjasi (1-qizilo’ngach, 2-qizilo’ngach piyozchasi (bulbus), 3-o’rta ichak, 4-anal teshigi, 5-bachadon, 6-jinsiy teshik); D-odam qilbosh chuvalchangi (1-qizilo’ngach, 2-3-ichagi(kattalashtirilgan)); E-trixina (1-muskuldagi lichinkali kapsulasi, 2-erkagi, 3-yetilganurg’ochisi);F-o’nikkibarmoqliichakqiyshiqboshi(erkagi);G-urg’ochirishta. Trixina odamda trixinellyoz kasalligini paydo qiladi. Kasallik belgilari odatda, lichinkalar muskul tolalari orasiga joylashib olgandan keyin 10 - 20 kun, ba’zan 1,5 oydan keyin paydo bo’la boshlaydi. Bemorning muskullarining og’rishi, qovoq va betlarning shishib ketishi, tana haroratining 400S gacha ko’tarilishi, bosh og’riq, darmonsizlik kabi holatlar ro’y beradi.
Trixinellyozning profilaktikasi bir necha yo’nalishda olib boriladi. Birinchidan so’yilgan cho’chqa go’shti veterinariya nazoratidan o’tkaziladi.
Qushxonalarda veterinariya sanitariya nazorati doimiy faoliyat ko’rsatishi lozim. Trixina bilan kasallangan go’sht iste’molga chiqarilmay, kuydiriladi. Daydi it va mushuklar, kalamushlar qirib tashlanadi.
ISHNI BAJARISH:
Mikroskopning kichik va katta obyektivlari yordamida askarida, ostrisa va qilbosh nematodalarni mikropreparatlarini ko’rish.
Odam askaridasining fiksasiyalangan namunalarini ko’rish.
Ko’rib o’tilgan nematodalarning hayot siklini o’rganish, tuxumlarining tuzilishini rasmlarda ifodalash va mashg’ulot ishini yakunlash.
Tushunchalarni baholash uchun test savollari
Odamning parazit nematodalaridan askarida, bolalar ostrisasi, qilbosh nematoda va trixinaning gavda o’lchamlarini ko’rsating:
askarida - ♀ 30-40 sm, ♂ 15-20 sm; ostrisa - ♀ 9-12 mm, ♂ 5-6 mm; qilbosh nematoda - ♀ 4-5 sm, ♂ 3-4 sm; trixina - ♀ 2,2-3,5 mm, ♂ 1,4-1,6 mm;
V) ingichka ichakda; 10000 tagacha;
S) ingichka ichakda; 200000 tagacha;
D) orqa ichakda; 20000 tagacha.
Bolalar ostrisasi o’z tuxumlarini bemorning qayeriga va nechtagacha qo’yadi?
ingichka ichakda; 500 tagacha;
V) yo’g’on ichakka; 1000 tagacha;
S) oshqozonga; 1000 tagacha;
D) anus atrofi terisi burmalariga; 10-13 mingtagacha.
Qilbosh nematoda ichakning qaysi bo’limida yashaydi va nima bilan oziqlanadi?
ko’r ichak va uning o’simtasida; to’qima suyuqligi;
V) ko’r ichak va uning o’simtasida; qon bilan;
S) yo’g’on ichak devorida; uglevodlar bilan;
D) ingichka ichakda; qon bilan.
Trixina nematodasining voyaga yetgan va lichinkalik davrlari xo’jayini (odam)ning qaysi sistemalarida yashaydi?
voyaga yetgan davri ingichka ichakda, lichinkalari – muskul sistemasida;
V) voyaga yetgan davri – o’pkada; lichinkalari – qizilo’ngachda;
S) voyaga yetgan davri – jigarda, lichinkasi – o’pkada;
D) voyaga yetgan davri – muskullar orasida, lichinkasi – o’pkada.
Askarida va bolalar ostrisasining invazion tuxumlari odamga qanday yo’llar bilan yuqadi?
qaynatilmagan suv, chala pishirilgan go’sht;
V) iflos qo’l, yuvilmagan mevalar, iflos oziq-ovqat va ichki kiyim-kechak;
S) iflos oziq-ovqatlar;
D) faqat iflos qo’l.