Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Kartoshka poya nematodasiga qarshi kurash tadbirlari orasida agrotexnika



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə59/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Kartoshka poya nematodasiga qarshi kurash tadbirlari orasida agrotexnika talablariga rioya qilish. Birinchi navbatda urug’lik uchun tanlangan tugunaklar nematoda bilan zararlanmagan bo’lishi kerak. Urug’lik tugunaklarni o’tqazishdan oldin sinchiklab ko’zdan kechirish va tozaligiga ishonch hosil qilish kerak. Urug’lik materialga imkoniyat boricha yozda pishgan hosildan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kartoshka poya nematodasiga qarshi profilaktik tadbirlardan yana biri, hosil yig’ib olingandan keyin, o’simlikning yer ustki vegetativ qismlari va ildiz sistemasi yig’ishtirilib, quritilib yoqiladi yoki silos tayyorlab mollarga beriladi. Hosilni yig’ib olish vaqtida zararlangan va mayda tugunaklar mollarga beriladi.
Kartoshka poya nematodasiga qarshi kurashning yeng samarali tadbirlaridan almashlab yekishga rioya qilinmog’i lozim. Parazit nematoda bilan zararlangan maydonga 3-4 yildan keyin takroriy kartoshka yetishtirish mumkin. Ushbu vaqt oralig’ida almashlab yekish uchun donli o’simliklar va qand lavlagi yetishtirilishi
tavsiya qilinadi. Qishda urug’lik tugunaklarni harorat +1°- +3°C, havo namligi 85-90% dan iborat bo’lishi mumkin.


ISHNI BAJARISH:





  1. Qo’llanma va jadvallardan foydalanib, kartoshka poya nematodasini tashqi va ichki tuzilishini ko’zdan kechirish va tahlil qilish.

  2. Mikroskopdan foydalanib nematodani mikroskopda ko’rish.

  3. Qo’l lupasi yordamida ditilenxoz bilan kasallangan tugunaklarni ko’rish.

  4. Nematodani umumiy tuzilishini rasmda ifodalash hamda ichki organ va sistemalarini belgilab qo’yish.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Kartoshka poya nematodasining gavda shakli , o’lchami va jinslarining o’zaro morfologik farqini aniqlang.

    1. Gavdasi ovalsimon; o’lchami 1,0- 1,5 mm, yerkagi va urg’ochilarining uzunligi bir xil.

    2. Gavdasi chuvalchangsimon; 2,0-2,5 mm, urg’ochisi 2,5 mm, yerkagi 1,5-2,0 mm; morfologik farq qilmaydi.

    3. Haqiqiy chuvalchangsimon; gavdaning o’rta qismi yenli va ikkala uchiga qarab yensizlanib boradi; urg’ochisi 0,8-1,7 mm, yerkagi 0,7-1,4 mm; tashqi ko’rinishi bilan urg’ochi va yerkagi farq qilmaydi.

    4. Gavdasi chuvalchangsimon; dumi o’tkir uchli. Uzunligi 1-1,5mm;jinslari tashqi ko’rinishidan bir xil.

  2. Urg’ochi nematoda nechtagacha tuxum qo’yadi; tuxumlari qanday shaklda hamda o’lchami qancha.

    1. Tuxumlari ovalsimon ; o’lchami 60-65 mkm, urg’ochisi bir yo’la 250 ta tuxum quyadi.

    2. Tuxumlari yumaloq ; o’lchami 30-35mkm, urg’ochisi bir yo’la 900-1000 ta tuxum quyadi.

    3. Tuxumlari ovalsimon; o’lchami 15-20 mkm, urg’ochisi bir yo’la 500 ta tuxum quyadi.

    4. Tuxumlari uzunchoq; o’lchami 80-90 mkm, urg’ochisi bir yo’la 1000 tadan ortiq tuxum quyadi.

  3. Voyaga yetgan parazit hamda lichinkalari qanday oziqa bilan oziqlanadi. Ularning ichak bo’shlig’i nima bilan to’lgan bo’ladi.

    1. Nematodaning barcha bosqichlari faqat shira bilan oziqlanadi. Ichagi shira bilan to’lib turadi.

B. Lichinkalari oziqlanmaydi. Voyaga yetgan individlari faqat tugunakdagi kraxmal bilan oziqlanadi.
C. Nematodaning voyaga yetgan va lichinkalarining ichagi hardoim kraxmal donachalari bilan to’lib turadi.
D.Lichinkalari oziqlanmaydi. Voyaga yetgan individlari kletchatka bilan oziqlanadi.

  1. Kartoshka nematodasi optimal muhitda qancha vaqtda rivojlanishini amalga oshiradi.

    1. Harorat +20° - +28° C da 15- 45 kun.

    2. Harorat +10° - +15° C da 20-30 kun.

    3. Harorat +20°- +25° C da bir oy.

    4. Harorat + 5°- +10° C da 20 kun.

  2. O’zbekistonda kartoshka poya nematodasi dastlab kim, qachon va qayerda aniqlangan.

    1. S. M. Karimova; 1956- yil, Toshkentda

    2. A.T. To’laganov; 1940-yil, Samarqandda

    3. Ye. S. Kiryanova; 1931- yil, Toshkentda

    4. L. T. Sheptal; 1968-yil, Samarqandda.

  3. Kartoshka poya nematodasiga qarshi profilaktik tadbirlar nimalardan iborat.

    1. Sog’lom urug’lik o’tqazish, hosil yig’ishtirilgandan keyin o’simlik qoldiqlarini tozalab to’plash va silosga ishlatish; almashlab yekishga rioya yetish.

    2. Sog’lom va toza urug’likdan foygalanish.

    3. Har 4-5 yilda yekinni almashtirib turish.

    4. Parazit bilan zararlangan maydonga faqat donli yekinlar yetishtirish.

  4. Kartoshka poya nematodasi qaysi davlatlarda ko’p tarqalgan. A.Yevropa qit’asida Germaniya, Gollandiya va Polshada.

  1. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alari davlatlarida.

  2. Faqat Janubiy Amerikada.

  3. Faqat Shimoliy Amerika va Yevropada.




Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin