Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Rasm 27. Uch xo’jayinli kanalarning rivojlanish sikli



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə67/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 27. Uch xo’jayinli kanalarning rivojlanish sikli:


1-imago; 2-tuxum qo’yishi; 3-lichinka; 4-nimfa.

Qo’tir kanasi 0,2-0,5 mm kattalikda teri epidermisida parazitlik qiladi Teri ostida hosil qilgan yo’llarda kananing barcha bosqichlarini (tuxum, lichinka, nimfa va imago) topish mumkin. Ushbu kananing biologik xususiyati shuki ikkinchi bosqichdagi nimfa hali voyaga yetmasdanoq erkak kana bilan qo’shiladi va urug’ni qabul qilgan nimfa teri yuzasiga chiqib o’ziga yangi yo’lni ochadi va shu yerda po’st tashlab urg’ochi imagoga aylanib tuxumlarini qo’ya boshlaydi.



Rasm 28. Ikki xo’jayinli kananing rivojlanish sikli:


1-jinsiy voyaga yetgan kana (imago); 2-lichinka, 3-nimfa.


ISHNI BAJARISH:





      1. Amaliy mashg’ulot uchun ajratilgan kanalar turlarini bir boshdan, lupa va mikroskopda ko’rib ulardagi morfologik tuzilish xususiyatlarini, tuxumi, lichinka va nimfalarini tuzilishi va o’ziga xos xususiyatlarini ko’zdan kechirish hamda barcha ma’lumotlarni daftarga yozib qo’yish lozim.

      2. Voyaga yetgan urg’ochi va erkak hamda lichinka, shuningdek nimfaning tuzilishini rasmlarda ifodalab qo’yish.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Kanalarning sistematik o’rni (tip, kenja tip, sinf va turkumi)ni aniqlang.

    1. tip Bo’g’imoyoqlilar, kenja tip – Xeliseralilar, sinf – o’rgimchaksimonlar, turkum – kanalar;

V) tip Bo’g’imoyoqlilar, kenja tip – Jabralilar, sinf – qilichdumlilar, turkum – falangalar;
S) tip Onixoforalar, sinf – kanalar, turkum – o’rgimchaksimonlar;
D) tip Hasharotlar, kenja tip – ochiq jag’lilar, sinf – qanotsizlar, turkum – kanalar;

  1. Kanalarning individual rivojlanishida qanday bosqichlar shakllanadi?

    1. lichinka, g’umbak, imago;

V) tuxum, lichinka, g’umbak, voyaga yetgan davri;
S) tuxum, lichinka, nimfa, imago;
D) tuxum, lichinka, imago.

  1. Kanalarning tanasi necha bo’limdan iborat. Ushbu bo’limlarning nomlarini ayting.

    1. 2 bo’lim: boshko’krak va qorin; gavda bo’limlarga bo’lingan. Ko’pchiligida gavda bo’limlari qo’shilib yaxlit tanani hosil qilgan;

V) 3 bo’limdan – bosh, ko’krak, qorin; ushbu bo’limlar segmentlarga bo’lingan.
S) barchasida yaxlit; segmentlarga bo’linmagan;
D) gavda ikki bo’lim – bosh va gavda; segmentlarga bo’lingan.

  1. O’zbekistonda chorva hayvonlari orasida yaylov kanalaridan Hyallomma avlodining nechta turi uchraydi?

    1. faqat 1 ta turi – Hyallomma scupense

V) 4 ta turi – H. scupense, H. detritum, H. anatolicum, H. plumbeum;
S) 2 ta turi - H. scupense, H. plumbeum;
D) umuman uchramaydi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin