Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə70/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Kiyim biti. Odamning kiyimlarida, ko’rpa va choyshablar choklarida yashaydi. Qon so’rish uchun tanaga yopishib oladi. Bosh bitiga nisbatan biroz yirikroq, 2,5-4 mm ga teng, lekin bosh bitiga o’xshab ketadi, ba’zan ular juftlashib nasl ham berishi mumkin. Shunga binoan bosh va kiyim bitlarini bitta turning kenja turlari deb qarashadi. Kiyim biti och kulrang, ba’zan oqish rangda ko’rinadi. Boshida mo’ylovlari nisbatan uzunroq va ingichka. Urg’ochilari umr bo’yi 300 tagacha tuxum qo’yadi, 45 - 48 kun yashaydi.
Qov biti. Odamning qov joylarida, qo’ltiq osti junlari orasida, ba’zan soqol va mo’ylovlarda, qosh va kipriklar orasida yashaydi. Qov bitining tanasi kalta (1-1,5 mm) va keng, orqa uchi ingichkalashib boradi. Qov bitining qorin qismida 4 juft so’galsimon o’simtalari bo’lib, ular uzun tuklar bilan qoplangan. Urg’ochilari 25-50 tagacha tuxum qo’yadi. Voyaga yetgan bit 28 kun yashaydi. Faqat parazitlik qiladi. Kasallik qo’zg’atuvchilarni yuqtirmaydi.
Bitlar tibbiyot nuqtai nazaridan e’tiborga sazavor ektoparazitlar hisoblanadi. Ular qon bilan oziqlanadi. Bir qon so’rganda 1 mg qonni so’rib oladi. Bir sutkada bir necha marta qon so’radi. Ular ikki kundan 10 kungacha ochlikka chidaydi. Hayotining eng aktivligi harorat +250-270 S bo’lganda sodir bo’ladi. Bitlar qon so’rish uchun odam terisiga o’z so’lak suyuqligini to’kadi. Suyuqlik tarkibidagi zaharli moddalar har xil odamga turli darajada ta’sir etadi. Ba’zan u sezilmaydi.
Bitlar qon so’rish bilan birga, odam uchun xavfli hisoblanuvchi tepkili va qaytalama tif kasalligini qo’zg’atuvchi rekketsiya va spiroxetalarni yuqtiradi
Odamning bitlab ketishi pedikulyoz deyiladi. Pedikulyozning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar: doimiy ravishda badanni yuvish va ichki kiyimlarni almashtirish, kiyim kechak va uy - ro’zg’orni toza tutish, ijtimoiy sanitar - gigiyenik tadbirlarga rioya qilish kabilardan iborat.

Rasm 29. Odam bitlari va ularning tuxumlari (sirkalari):


A-kiyim biti; V-uning tuxumi (1-qopqoqcha, 2-yelimsimon syuqlik); D-bosh biti; Ye-qov biti, F-uning tuxumi; G-bitlar oyog’ining oxirgi bo’g’imi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin