Sharoitimizda keng tarqalgan kanalarning hayot kechirish va ko’payish xususiyatlarini tahlil qiling.
Odam, uy hayvonlari va madaniy o’simliklarda parazitlik qiluvchi kanalarning asosiy turlarini ahamiyatini o’rganish.
It va mol (yaylov) kanalarining hayot siklidagi bosqichlar va ularning xo’jayinlarini ro’yxatini tuzing.
Qichima kanasining bioekologik xususiyatlarini tahlil qiling.
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi va kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiruvchi kanalarga qarshi profilaktik tadbirlarni o’rganing.
Mashg’ulot № 19
Mavzu: Bitlar va burgalar. Tuzilishi va hayot kechirish tarzi. Kasalliktarqatishdagiroli.
Mashg’ulot rejasi
Tashkiliy qism.
O’tgan mashg’ulot materialini baholash.
Qon so’ruvchi bitlar va burgalarning morfologik tuzilishi. Parazitlikka moslashish belgilari.
Odam bitlari. Ularning o’zaro o’xshashlik va farq qiluvchi belgilari. Hayot sikli.
Burgalar. Asosiy turlari va ularning xo’jayinlari.
Bitlar va burgalarning mikropreparatlarini ko’rish va umumiy tuzilishini chizish.
Bitlar va burgalarning turli kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirishi va tarqatishi.
Mashg’ulot bo’yicha tushunchalarni aniqlash va yakunlash.
Ishningmaqsadi:Bitlar va burgalarning parazitlikka moslashishi tufayli tashqi va ichki organlarining tuzilishi hamda oziqlanishi va ko’payish xususiyatlarini o’rganish. Bitlar va burgalarning odamlarning kasallik qo’zg’atuvchilarini tarqatishdagi rolini tahlil qilish.
Kerakli jihozlar va material: Mikroskoplar, lupalar, bit va burgalarning tuzilishi va rivojlanishi bo’yicha rangli jadvallar, bit va burgalarning, ularning tuxum va lichinkalari bo’yicha tayyor mikropreparatlar.