Burgalar-(Aphaniptera)turkumi. Burgalarning 1500 ga yaqin turi bor. Ularning tipik vakili yirtqich sut emizuvchilar va odam burgasi - Pulex irritans bo’lib, tanasi yon tomonlardan qisilgan, qanotsiz, boshida bir juft kalta mo’ylovlari, ikkita oddiy ko’z, og’iz organlari sanchib-so’ruvchi. Oyoqlari, ayniqsa 3-nchi juft oyoqlari kuchli rivojlangan, oldingi juft oyoqlariga nisbatan ancha uzun va sakrashga moslashgan. Qorin bo’limi 10 ta segmentdan iborat. Erkaklarida qorinning oxirgi segmenti tepaga qarab qayrilgan. Kutikulasida turli xil ortiqlar - qilchalar, o’tkir bo’rtiqlar, tishsimon o’siqlar bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ushbu ortiqlar turli sistematik belgilar hisoblanadi.
Burgalar ayrim jinsli. Erkaklari urg’ochilariga nisbatan kichikroq va qorin bo’limining oxirida maxsus kopulyativ organi ko’rinib turadi.
Urg’ochi burganing uzunligi 3 - 5 mm, erkagi 2 - 4 mm, rangi qo’ng’ir, ba’zan
qora.
Burgalar sut emizuvchilarning uyasi, qushlarning inlari, molxona va har xil
tashlandiq joylarga tuxumlarini qo’yadi. Burga o’z tuxumlarini (har safar 10-15 tadan jami - 300 tagacha), binolarning yoriqlariga, quruq chiqindiga qo’yadi. Tabiiy muhitda esa - kemiruvchilarning iniga qo’yadi. Rivojlanish to’liq metamorfoz bilan boradi. Tuxumdan, atrof muhit omillariga qarab, 5 kundan 15 kun davomida chuvalchangsimon oyoqsiz lichinka chiqadi. Ular chiriyotgan har xil organik moddalar bilan oziqlanadi. Lichinkalar ikki hafta, muhit noqulay bo’lsa, uch hafta davomida barcha bosqichlarni o’tab, uch marta po’st tashlab g’umbakka aylanadi. G’umbaklik davri 8-10 kunga teng. Ushbu davr tugagach, g’umbak qobig’idan voyaga yetgan burga chiqadi. Muhit
harorati past bo’lganda, g’umbaklik bosqichi ancha uzoq (240 kungacha) davom etishi mumkin. Voyaga yetgan burga 3-4 oydan 2-5 yilgacha yashaydi. Ular ochlikka juda chidamli bo’ladiUshbu muddat 3-4 oydan bir yilgacha cho’zishi mumkin.
Har bir tur burga faqat bir sistematik oila yoki avlod turlariga mansub xo’jayinlarda parazitlik qiladi, lekin odam burgasi odamda va yirtqich sut emizuvchilarda, kalamush burgasi (Xenopsylla chyeopis) kemiruvchilarda va ba’zan odamda ham parazitlik qiladi. It burgasi (Ctenocephalides canis)itda va hakozalarda. Burgalar odam va hayvonlarning qonini so’rish vaqtida xo’jayin tanasiga zaharli so’lagini yuborib organizmni bezovta qiladi. Eng havfli tomoni shuki, ular odam va hayvonlar orasida toun kasalligini qo’zg’atuvchi tayoqcha shaklidagi mikroblarni bir xo’jayindan ikkinchisiga o’tkazishda muhim zveno bo’lib hisoblanadi. Burgalar shuningdek tulyaremiya va endemik kalamush tifi kasalligini yuqtirishda ham ishtirok etadi.