Umumiy tushunchalar. Bitlar - mayda qanotsiz hasharotlardir. Ular odam va sutemizuvchi hayvonlarda ektoparazitlik qiladi. Hozirgi kunda bitlar turkumining 300
ga yaqin turi ma’lum. Odamda uch turi, ya’ni bosh biti - Pediculuscapitis, kiyim biti -
P.vestimentiva qov biti - Phthiruspubisparazitlik qiladi
Bitlar qo’yidagi tashqi morfologik tuzilishi bilan ajralib turadi, ya’ni tanasi bosh, ko’krak va qorin bo’limlaridan iborat. Boshida bir juft bo’g’imli kalta mo’ylov, oddiy ko’zlar va og’iz joylashgan. Ayrim turlarida ko’zlar reduksiyalangan. Bitlar ektoparazit sifatida qon so’rib oziqlanishi tufayli og’iz organlari kuchli o’zgargan va murakkablashgan, ya’ni yuqori va pastki jag’lar, sanchuvchi o’tkir hartum, yuqori va pastki lablardan iborat. Og’iz atrofidagi organlar kuchli muskullar bilan ta’minlangan. Xartum terini sanchib teshsa, og’iz oqib chiqqan qonni so’rib olishga moslashgan.
Bitlarning ko’krak segmentlari qo’shilib ketgan. Oyoqlar yopishib turishga moslashgan, ikki bo’g’imli panjalari rivojlangan, uchlari bitta tirnoq bilan tugaydi.
Qorin bo’limi 10 ta segmentdan iborat. Urg’ochisi biroz kichikroq. Bitlar tuxum qo’yib ko’payadi. Tuxum “sirka” deb ataladi.
Bosh biti sochlar orasida yashaydi. Tanasining uzunligi 3-4 mm, kulrang, gavda orqa va qoringa qarab yassilangan, boshi kichik, og’iz boshining uchida joylashgan. Boshida ikkita mo’ylovi, ikkita oddiy ko’zlari bor. Ko’krak segmentlari o’zaro qo’shilib ketgan, unda uch juft oyoqlar joylashgan. Oyoqlarning oxirgi bo’g’imida o’tkir uchli tirnoq joylashgan. Ko’krak va qorin bo’limlari chuqur egatcha yordamida ajralib turadi. Urg’ochisi 150 tagacha tuxum qo’yadi. Rivojlanishi chala metamorfoz bilan boradi. Tuxumlarini soch tolalariga yopishtirib qo’yadi. Rivojlanishining barcha bosqichlari odam tanasida o’tadi. Tuxum (sirka) dan lichinka chiqadi. U tashqi tuzilishi bilan katta bitga o’xshash. Bir necha marta po’st tashlab voyaga yetadi. Qon bilan oziqlanadi. Bitlar 36 - 38 kun yashaydi.