Rasm26.Itkanasi(Ixodesricinus): A-urg’ochi och kana (orqa tomonidan); V-qorin tomonidan ko’rinishi; D-qon so’ribto’ygan urg’ochikana.
Yaylovkanalari-Hyallomma- Yaylov kanalari iksod kanalari oilasiga mansubdir. Qon so’rib to’ygan urg’ochi kanalarning uzunligi 2,5-3 sm ga teng bo’ladi.
Hyallommaavlodining ba’zi turlari O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda cho’l-dasht, chala cho’l va cho’l zonalarda ko’plab uchraydi. Shunday turlaridan biri Hyallomma scupense. Hayot sikli bitta xo’jayin bilan bog’liq. U qoramol, ot, cho’chqa kabi uy hayvonlarida parazitlik qiladi. Xo’jayinlari orasida teylerioz, anaplazmoz, piroplazmoz, nuttallioz kabi kasalliklari qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Ushbu kana O’rta Osiyodan tashqari Shimoliy Kavkaz, Qozog’iston, O’rta Volga va Ukrainada tarqalgan.
Hyallomma detritum.Ikki xo’jayinli, imagolari qoramolda, ot, tuya, qo’y, echki va eshakda, lichinka va nimfalari esa faqat qoramolda parazitlik qiladi. Ushbu tur Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning cho’l va chala cho’l hududlarida uchraydi. Xo’jayinlari orasida teylerioz kasalligini qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi.
Hyallommaanatolicum.Uch xo’jayinli, lekin asosan qoramollarda parazitlik qiladi. Ayrim paytda ot va boshqa sut emizuvchilarda ham uchraydi. O’rta Osiyo respublikalarining dasht va chala dasht, shuningdek tog’ oldi va daryo bo’yi vohalarda yashaydi. Ko’p hollarda molxonalar atrofida uchraydi. Qoramollar orasida teylerioz, ba’zan listerioz kasalliklari qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi.
Hyallommaplumbeum.Ancha yirik va ikki xo’jayinli. Imago davri qoramollarda, ot, eshak, qo’y, echki, cho’chqa, it, tovuq, g’oz kabilarda lichinka va nimfalari esa har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan kabilarda uchraydi. Issiq iqlimli zonalarda ancha keng tarqalgan. O’rta Osiyoning dasht va chala dasht zonasidagi butazorlarda yashaydi. Qoramol va otlar orasida teylerioz va nuttallioz kasalliklari qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Kanalarning parazitlik bilan hayot kechiruvchi va odam hamda hayvonlar orasida argaz, ornitodorus va qo’tir (qichima) kanalarining turlari ham amaliy jihatdan e’tiborga sazovordir.
Masalan, tibbiyot nuqtai nazaridan qichima(qo’tir)kanasi-Sarcoptesscabiei turi e’tiborga molikdir.