Bug’doy nematodasining tarqalishini oldini olish uchun birinchi navbatda urug’lik uchun ishlatiladigan urug’lik bug’doy parazitning bo’rtmalaridan tozalangan bo’lishi lozim. Bordi-yu urug’lik bug’doyda bo’rtmalar aralashgan bo’lsa, uni maxsus tozalagich mashinadan o’tkaziladi. Bunday mashinada bug’doy 95% gacha tozalanadi.
Bug’doy nematodasi bilan zararlangan maydondan o’rib olingan g’allani tozalagandan so’ng uning chiqindilarini mollarga yoki parrandalarga berishdan oldin u qaynoq suvda bug’lantiriladi.
Bug’doy nematodasi bilan zararlangan g’alla yetishtirilgan uchastkalarda ikki yil davomida bug’doy yekilmasligi kerak.
G’alla maydonlarini sug’orishda nematoda bilan zararlangan uchastka suvi zararlanmagan yerlarga o’tmasligi kerak. Shunga binoan zararlangan uchastkalar alohida va oxirida sug’orilishi kerak.
ISHNING BAJARISH:
Amaliy mashg’ulotlar qo’llanmasidagi rasmlardan foydalanib, nematodaning urg’ochi, yerkak va lichinkalarini tuzilishi rasmini chizish; bo’rtmalar bo’lsa ularni skalpel bilan kesib, suvga qo’yish va chiqqan lichinkalarning tuzilishini mikroskopda kuzatish.
Bug’doy nematodasining urg’ochi va yerkak jinslarining rasmlari, shuningdek nematoda bilan zararlangan bug’doy o’simligi hamda boshqa rasmlarni qo’yish
Tushunchalarni baholash uchun test savollari
Bug’doy nematodasining morfologik xususiyatlari. A.Urg’ochisining uzunligi 2-3 mm , yerkaginiki 1 mm.
Urg’ochisi 3-4 mm , yerkagi 2-2,5 mm. Urg’ochisining gavdasi ancha yenli, bosh kutikulasi mayda halqali, stileti 9-11 mkm.
Urg’ochi va yerkagining uzunligi bir xil 3-4 mm. Gavda yeni ham bir xil 28-40
mkm.
Yerkak jinsining uzunligi 1-1,5mm; urg’ochisi 1,5-2,0 mm.
Nematodaning tuxumlari va tuxumdan chiqqan ikkinchi bosqich lichinkalarining uzunligi qancha.
Tuxumlarining uzunligi 78-140 mkm, yeni 33-63 mkm, ikkinchi bosqich lichinkalarining uzunligi 0,9 mm.
Tuxumlarining uzunligi 50-70 mkm, lichinkalarining uzunligi 0,5 mm.
Tuxumlari dumaloq, diametri 20-30 mkm, lichinkasining uzunligi 1,5 mm.
Tuxumi ovalsimon, diametri 35-50 mkm, lichinkalarining uzunligi1,5 mm.
Urg’ochi nematoda bir yo’la nechta tuxum qo’yadi va 1 ta bo’rtma ichida nechtagacha tuxum (lichinka) bo’ladi.
A.Bitta urg’ochi jinsiy qo’shilgandan keyin 50 tagacha tuxum qo’yadi; bo’rtma ichida 200 tagacha tuxum bo’ladi.
B. Bo’rtma ichida 500 tacha tuxum; urg’ochi nematoda 1000 tacha tuxum qo’yadi.
C. Bitta urg’ochi nematoda 2-2,5 mingtagacha tuxum qo’yadi; bo’rtma ichida 8- 10 mingta lichinka to’planadi.
D.Urg’ochi 2-2,5 mingga yaqin tuxum qo’yadi; bo’rtma ichida ba’zan 30 mingga yaqin ikkinchi bosqich lichinkalar to’planadi.
Nematodaning bitta bug’doy boshog’ida hosil qilgan bo’rtmalari nechtagacha bo’ladi; ularning ichidagi lichinkalar qanday holatda saqlanadi.
Bo’rtmalar 9 tadan 50 ta gacha ; ikkinchi bosqich lichinkalar anabioz holatda bo’ladi.
Bo’rtmalar 1 tadan 10 tagacha ; oxirgi bosqich lichinkalar harakatda bo’ladi.
Bo’rtmalar 20-30 ta; birinchi bosqich lichinkalar anabioz holatda bo’ladi. D.Bo’rtmalar 100 tadan ko’p; oxirgi bosqich lichinkalari anabioz holatda bo’ladi.
Bug’doy nematodasining qaysi bosqichlaridagi lichinkalari anabioz holatda bo’ladi va u o’simlikning qanday davrida yuqadi.
To’rtinchi bosqich lichinkasi; o’simlikning ildizi ichiga kirib oldi.
Ikkinchi bosqich lichinkasi; o’simlikningboshoq hosil qilish davrida.
Ikkinchi bosqich lichinkasi; maysaning barg qo’ltig’iga.
Nematodadan kasallangan o’simlikda qanday kasallik alomatlari paydo bo’ladi.
Zararlangan o’simlikning bo’yi past, poya va barglari kalta, vegetasiya oxirida boshoq kichik hamda don o’rniga bo’rtma hosil bo’ladi.
Kuchli zararlangan o’simlikda kasallik alomatlari bilinmaydi. Faqat bo’rtmalar hosil bo’ladi.
Zararlangan o’simlik qurib qoladi.
Kuchli zararlanish oqibatida boshoqlar paydo bo’lmaydi.
Bug’doy nematodasi Yer yuzining qaysi qismlarida ko’p uchraydi.
Shimoliy Amerika va Yevropa qit’alaridagi davlatlardan Kanada, Germaniya va Ruminiyada.
B. AQSh va Kanada, Avstraliya, Yevropada – Germaniya, Ruminiya, Xarvatiya, Serbiya, Gruziya, Ozorbayjon, Osiyoda – Xitoy, Hindiston.
C. Hozirgi vaqtda parazit nematoda faqat Xitoy va Hindistonda uchraydi.
D.Hozirda ushbu parazit faqat Avstraliyada uchraydi.