Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə74/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Ishning maqsadi: Ektoparazit qo’shqanotli hasharotlarning odam va hayvonlar orasida kasalliklarni tarqatishdagi rolini o’rganish hamda ushbu kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora - tadbirlar bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va materiallar: O’quv-uslubiy qo’llanmalar, lupalar, mikroskoplar (MBI-1 va MBS-1), ektoparazit qo’shqanotlilarning rangli jadvallari, eksponatlar, tuxum, lichinka, g’umbak va imagolar preparatlari.


Umumiy tushunchalar. Qo’sh qanotlilar turkumining uzun mo’ylovlilar kenja turkumiga mansub chivinlar (Culicidae) oilasi vakillari amaliy jihatdan ahamiyatga ega. Chivinlarning 3000 dan ortiq turi bor. Ular Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, odam va hayvonlarning qonini so’rib oziqlanishi bilan birga, bir qancha invazion va infeksion
kasalliklarni qo’zg’atuvchilarini tarqatishda muhim zveno bo’lib xizmat qiladi. Chivinlarning keng tarqalgan guruhlaridan biri bezgak chivinlari (Anorheles) dir.
Bezgak chivinlarining bir necha o’n turlari mavjud. Shulardan biri Anopheles maculipennis. Bezgak chivini uzun va ingichka gavdaga ega bo’lib, kattaligi 7-9 mm, rangi kulrang qoramtir. Boshida mo’ylovlari va ko’zlaridan tashqari, sanchuvchi- so’ruvchi (faqat urg’ochisida) og’iz organlari joylashgan. Erkaklari o’simlik shirasi bilan oziqlanadi, shunga binoan uning og’iz organi sanchuvchi tipda.

Rasm 31. Bezgak (Anopheles) va oddiy (Culex) chivinlarining asosiy farqlovchi belgilari:


    1. tuxumlar; 2-lichinkalar; 3-g’umbaklar; 4-voyaga yetgan urg’ochi chivinlar.

Ko’krak bo’limida uch juft oyoqlaridan tashqari o’rta ko’krak segmentida bir juft qanoti joylashgan. Qanotlari yupqa, unda to’rt dona to’q qo’ng’ir rangli dog’i bor. Bunday dog’ faqat shu tur uchun xarakterli. Ko’krakning oxirgi segmentida ikkinchi juft qanotlarining rudimentlari bo’ladi. Ular vizillovchi organga aylangan. Qorin bo’limi to’qqizta segmentdan iborat. Undagi eng oxirgi segmentida jinsiy va anal teshiklari joylashgan. Erkak va urg’ochi chivinlarning juftlashishi havoda sodir bo’ladi. Juftlanib bo’lgandan so’ng, urg’ochilari qon so’radi. Agar u qon so’rmasa, tuxumlar rivojlanishini davom ettiraolmaydi. Urg’ochi chivin odam va boshqa sutemizuvchilarni qonini so’rib (3 mg gacha), qorong’i joyni tanlab, u joyda 2 kundan 12 kungacha ovqatini hazm qiladi. Tuxumlar yetilgandan keyin chivin ularni suv betiga yoki suv o’simliklari tanasiga qo’yadi. Tuxum qo’ygan chivin yo halok bo’ladi yoki yana 1,5-2 oy yashashni davom ettirib, yangidan tuxum qo’yishga tayyorgarlik ko’radi. Bitta urg’ochi chivin hayoti davomida 160 tadan 350 tagacha tuxum qo’yadi. Suvda tuxumlardan 2-10 kun (muhitga qarab) davomida lichinkalar chiqadi. Ular turt bosqichni boshidan kechirib g’umbakka aylanadi. G’umbaklari vergulsimon hamda harakatlanib kun kechiradi, lekin oziqlanmaydi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin