O’tilgan mavzu materialini savol-javob orqali baholash.
Ildiz bo’rtma nematodalarining tashqi va ichki tuzilishi. Hayot sikli.
Bo’rtma nematodalarining o’simlikka yuqishi, zarari va meloydoginoz kasalligini paydo qilishi va uning profilaktikasi.
Bo’rtma nematodasi bilan zararlangan o’simlik ildizining holatini ko’zdan kechirish, undan nematodani ajratib olish va o’rganish.
Bo’rtma nematodasining o’rg’ochi va erkak jinslarini tuzilishini rasmlarda ifodalash.
Mashg’ulot bo’yicha talabalar tushunchalarini aniqlash va xulosa.
Ishningmaqsadi.Madaniy o’simliklarning parazit fitonematodalari bo’yicha tushunchalarni, ularning o’simliklarga salbiy ta’sirini tahlili hamda parazit fitonematodalarga qarshi kurash usullari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Binokulyar (MBS-1) va monokulyar (MBI-1) mikroskoplar, bo’rtma nematodalarini tuzilishi va ko’payishini aks ettiruvchi rangli jadvallar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, buyum va qoplag’ich shishalar, preparoval va
entomologik ignalar, qo’l lupalari, o’tkir anatomik pichok (skalpel)lar, qaychilar, pinset (qisqich)lar, tomizg’ichlar, toza suvli ximiyaviy idishlar, bo’rtma nematodasi bilan zararlangan fiksasiyalangan o’simlik ildizlari.