Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə55/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rivojlanishi. Birinchi bosqich lichinkasi tuxum ichida shakllanadi va o’sha joyda po’st tashlab, ikkinchi bosqichga o’tgandan keyin, tuxum po’stini yorib, tuxum xaltasiga chiqadi. Ko’p o’tmay xaltacha po’stini yorib tashqi muxitga (tuproqqa) chiqadi. Oziqlanish bir necha kun davom etgandan keyin lichinka po’st tashlab, uchinchi bosqichga o’tadi. Unda tananing yo’g’onlashuvi va o’sishi jadallashadi. Qisqa vaqtda ichida yana po’st tashlab turtinchi bosqichga biroz vaqtdan keyin yana po’st tashlab voyaga yetgan yosh individga aylanadi. Yosh erkak individ oziqlanmaydi, balki u juftlashgandan so’ng haloq bo’ladi. Yosh urg’ochi individ esa umrining oxirigacha ildiz ichida yashaydi. Uning jinsiy organlari kuchli darajada rivojlanganligi tufayli gavdasi kengayib nok yoki limon shaklini oladi.
Erkak nematodalarning umri bir haftadan ba’zan bir oygacha davom etishi mumkin. Nematodalar qishni tuxum va ikkinchi bosqich lichinkalar holatida o’tkazadi.
Invazion lichinkalarning faolligi tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari va namligiga bog’liqdir.
Tuproq harorati +70-90S dan oshgandan so’ng lichinkalar harakatga keladi. Harorat
+120S dan oshsa ular o’simlikni zararlayboshlaydi. Harorat ko’tarilboshlashi bilan o’simlikni shikastlanishi kuchayadi. Lekin harorat +360-380S ga yetsa lichinkada salbiy o’zgarishlar paydo bo’laboshlaydi. Urg’ochi nematodaning tuxum qo’yishiga kirishishi harorat +140S ga yetganda boshlanib, harorat +320 S ga ko’tarilsa jarayon to’xtaydi. Bo’rtma nematodalari ochiq joyda iqlim omillariga qarab 4-5, issiqxona sharoitida esa 6-7 ta avlod(generasiya) beradi. Bitta generasiyaning to’la ravojlanishi uchun muhit haroratiga bog’liq ravishda 25 kundan 44 kun vaqt ketadi.


Rasm 23. Bo’rtma nematodasi bilan zararlangan o’simlik ildizi.


A – urg’ochi va B – erkak bo’rtma nematodasi (Meloidogyne sp.);
1 nayzaga aylangan og’iz bo’shlig’i (stilet); 2 qizilungach; 3 –qizilungach bezlari; 4
nerv halqasi; 5 ayiruv teshigi; 6 o’rta ichak; 7 tuxumdon;
8 – tuxum yo’llari; 9 – tuxumlar bilan to’lgan bachadon; 10 – urg’ochilik jinsiy teshigi (vulva); 11 – anal teshigi; 12 urug’don; 13 – urug’ yo’llari;
14 urug’ chiqaruv kanali; 15 -spikulalar
Zarari. Bo’rtma nematodalari o’simlikka juda katta salbiy tasir ko’rsatadi. Invazion lichinkalarning o’simlikni shikastdab zararlashidan ko’ra kimyoviy tasir ko’rsatishi kuchliroq bo’ladi. O’simlikning markaziy parenximasiga joylashib olgan lichinka hazm bezlaridan ajratgan suyukligi tarkibida oziqani eritadigan fermentlar bo’ladi. Ushbu fermentlar orasida uglevodlarni erituvchi amilaza, invertaza, sellyulaza, shuningdek oqsillarga tasir etuvchi proteolitik fermentlar bo’lishi aniqlangan. Bu fermentlar ta’sirida o’simlik hujayralaridagi moddalar parchalanib, nematoda so’rib oladigan holatga keladi. Ildizdagi zararlangan hujayralarning shiddat bilan bo’linishi va hujayra po’stini erib ketishi sababli ko’p yadroli gigant(yirik) hujayralar paydo bo’ladi. Oqibatda nematodalar o’rnashib olgan ildiz qismi yo’g’onlashib, bo’rtma hosil qiladi. Hosil bo’lgan bo’rtmalar ushbu o’simlikda meloydoginoz kasalligi paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Bo’rtmalar dastlab 1-2 mm kattalikda, kasalikning zo’rayishi oqibatida moshdek, no’xatdek, yong’oqdek shishlar paydo bo’ladi.
O’simlikning bo’rtma nematodasi bilan zararlanishida, fiziologik aktiv moddalar, jumladan gibberillin, sitokinin kabilarning ildizda va yer usti vegetativ azolarida to’planishi keskin buziladi, o’sish zonalarida yangi yosh hujayralarning hosil bo’lishi to’xtaydi, o’simlik o’sishdan qoladi.
Meloydoginozda nafaqat ildiz sistemasi, balki yer usti vegetativ va generativ azolariga ham salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Eng avvalo kasallangan o’simlikning sog’lom o’simlikka qaraganda past bo’yli bo’lishi, mevasining muddatdan oldin pishishi, barglar so’lishi yoki o’simlikni ko’rib, halok bo’lishi kuzatiladi.
Bo’rtma nematodalariga qarshi kurashda bir necha usullardan foydalaniladi, ya’ni tashkiliy-xo’jalik va profilaktik, agrotexnik, fizikoviy, kimyoviy va biologik tadbirlardan iboratdir.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin