Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Mashg’ulot materialini mustaqil o’zlashtirish savollari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə57/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Mashg’ulot materialini mustaqil o’zlashtirish savollari:





  1. O’zbekistonda bo’rtma nematodasining qanday turlari tarqalgan va ular qaysi o’simliklar orasida ko’p uchraydi?

  2. Bo’rtma nematodalari bir yilda (mavsumda) nechta generasiya (avlod) beraoladi va bitta urg’ochi har generasiya davomida nechtagacha tuxum qo’yadi?

  3. Bo’rtma nematodasining o’simlikka zarari qanday jarayonlar bilan ifodalanadi?

  4. Bo’rtma nematodasining hayot siklidagi bosqichlarni taxlil qilib bering?

  5. Bo’rtma nematodasining tarqalishi va zararini oldini olishga qaratilgan tadbirlar nimalardan iborat?



Mashg’ulot №16


Mavzu: Kartoshka poya nematodasi. Tuzilishi va hayot sikli. Tarqalishi, zarari va profilaktikasi.


Mashg’ulotning rejasi


  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mashg’ulot materialini baholash.

  3. Yangi mav’zuni boshlash. Kartoshka poya nematodasini tuzilishi.

  4. Nematodalarni ko’payishi va rivojlanishi.

  5. O’simlikka yuqishi va zarari.

  6. Profilaktikasi.

  7. Xulosa.



Mashg’ulotning maqsadi. Kartoshka poya nematodasining parazitlikka moslashuv xususiyatlari, tarqalishi, zarari va qarshi kurash choralari bo’yicha tushunchalarni shakllantirish.
Kerakli jihozlar. O’quv va uslubiy qo’llanmalar, jadvallar, zararlangan kartoshka tugunaklari, mikroskoplar, nematodalardan tayyorlangan mikropreparatlar, rangli slaydlar, proyektor.


Umumiy tushunchalar. Kartoshka poya nematodasi (Ditylenchus destructor)ning tanasi ingichka va haqiqiy chuvalchangsimon, gavdasining o’rta qismi yug’onlashgan (yenli), ikkala uchga qarab yensizlanib boradi. Ayrim jinsli. Urg’ochisining uzunligi 0,8-1,7 mm, yerkak jinsning uzunligi 0,7-1,4 mm. Stileti (og’iz bo’shlig’i o’zgarib, ingichka kanalli igna) ning uzunligi 13,5 mkm ga teng va uning asosi yumaloq bazal tanachaga aylangan. Qizilo’ngachning oldingi qismi silindr shaklda. Uning o’rta qismida hosil bo’lgan bulbusi (piyozbosh) oval shaklda. Oxirgi qismidagi kardial bulbusida uchta hazm bezlari joylashgan. Ortiqcha suyuq mahsulotlarni tashqariga chiqarish vazifasini bajaruvchi pora (teshikcha) kardial bulbusi orqasida joylashgan. O’rta ichagi donachali oziq (kraxmal) bilan to’lib turadi. Ovqat hazm qilish kanalining uchinchi bo’limi – orqa ichak ancha kalta va u anal teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Urg’ochi nematodaning tuxumdoni uzun va ayrim hollarda qizilo’ngachning asosigacha yetib boradi. Bachadon bir juft. U oldingi va keyingi (orqa) shoxlardan iborat. Keyingi shoxchasi anal teshikchasigacha (ba’zan undan ham o’tib, dum uchigacha) yetib boradi. Urg’ochilik jinsiy teshikchasi – vulva gavdaning pastki yarim bo’limida anal teshigiga yaqin joyda tashqariga ochiladi.
Yerkak jins nematodaning urug’doni toq (bitta). Jinsiy qo’shilish organi- spikulaning uzunligi 21-31 mkm ga teng. Jinsiy qo’shilish jarayonida spikulani boshqaruvchi organi – gibernakulumning uzunligi 7-10mkm. Jinsiy qo’shilish vaqtida urg’ochi jinsni o’rab oluvchi bursa (parda) yaxshi rivojlangan. Urug’lanish ichki. Tuxumlari oval shaklga yaqin. O’chami 60 x 65mkm ga teng.
Kartoshka poya nematodasi o’simlikning tugunaklarida, ba’zan boshqa vegetativ a’zolarida yashaydi. Bitta urg’ochi nematoda jinsiy qo’shilgandan keyin biryo’la 250 tagacha tuxumlarini tugunak ichiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar tugunak hisobidan oziqlanib, haroratga qarab 15-45 kun davomida to’rtta lichinkalik bosqichlarini o’tkazadi. Ularning normal rivojlanishi uchun qulay (optimal) harorat
+20°-+28°C bo’lishi kerak. Beshinchi bosqich lichinkalari rivojlanishni oxiriga yetkazib, kutikulasini tashlab, voyaga yetgan yosh individga aylanadi. Nematodaning jadal sur’atda rivojlanishi va ko’payishi oqibatida individlarning soni haddan tashqari oshib ketadi. Kartoshka tugunaklari pishib yetilgandan keyin nematodalar bilan birga kovlab olinib saqlash uchun omborlarga o’tkaziladi. Ombor sharoitida ham nematodalarning ko’payishi davom yetadi. Oqibatda ombordagi tugunaklarning ko’plab chirishi va nobud bo’lishini kuzatish mumkin. Kuchsiz zararlangan va chirimay qolgan tugunaklar kelgusi yili yerta bahorda urug’likka ishlatilganda chuvalchanglarning tarqalishi davom yetib, yangi hosilni va tuproqni zararlaydi. Ombordagi kasallangan tugunaklar burishib, chirib qurib qoladi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin