Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə54/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Ildiz bo’rtma nematodalari dastlab 1855 yilda ingliz olimi Berkli bodring ildizida topgan. Keyingi olib borilgan tadqiqotlar orqali ularning Yer yuzida keng tarqalganligi isbotlangan. Turli mamlakatlarning mutaxassis olimlari (Grif, Myuller, Gudey, Chitvud, Lus, I.K.Tarnani, Yu.A.Staroselskiy, D.Tverskoy, A.A.Ustinov va boshqalar) ning ma’lumotlariga binoan ildiz bo’rtma nematodalari 2000 turga yaqin biryillik va ko’pyillik madaniy, manzarali, begona va yovvoyi o’simliklarda parazitlik qilishi aniqlangan. Hozirgi vaqtda ildiz bo’rtma nematodalari avlodining 60 dan ortiq turlari ma’lum.
O’zbekistonda ushbu nematodani birinchi marta 1935 yilda O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) ning botanika bog’ida shabbuy (manzarali) o’simligi ildizida A.A.Arxangelskiy tomonidan topilgan. Hozirgi kunga kelib Respublikamiz hududida ildiz bo’rtma nematodasining 5 turi tarqalganligi aniqlangan bo’lib, ular 250 turdan ortiq madaniy, manzarali, begona hamda yovvoyi o’simliklarda parazitlik qilishi qayd qilingan. Ushbu bo’rtma nematodalarining taksonomik o’rni qo’yidagicha:
Tip To’garak chuvalchanglar Nemathelmintes
Sinf Nematodalar Nematoda
Kenja sinf Sesernentlar –Secernentea
Turkum Tilenxidalar –Tylenchida

  1. Araxis bo’rtma nematodasi – Meloidogyne arenaria

  2. G’o’za bo’rtma nematodasi – M.incognita acrita

  3. Janub bo’rtma nematodasi – M.incognita

  4. Yavan bo’rtma nematodasi – M.javanica

  5. Shimol bo’rtma nematodasi – M.halpa

Bo’rtma nematodalarining barcha turlarida nematodalar sinfining boshqa turlaridagidek ayrim jinslilik hamda urg’ochi va erkak individlari orasida jinsiy dimorfizm belgilari juda aniq ifodalangan.
Urg’ochi jinsli nematodaning morfologik belgilariga e’tibor beriladigan bo’lsa, u ko’z ilg’amaydigan mikroskopik kattalikdagi oqish, noksimon yoki limon shaklli, old tomoni (bo’yinchasi) biroz cho’ziq bo’lishini ko’rish mumkin.
Nematodaning uzunligi 0,5 mm dan 2 mm gacha, gavda eni esa 0,3-1mm gacha. Bo’yinchasini uchida oltita lab hamda halqasimon egatchadan iborat bosh qapqoqchasi, uning o’rtasida esa og’iz teshigi joylashgan.
Tanasi kutikula bilan qoplangan. U ko’pqavatli bo’lib, chuvalchangni turli-tuman mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi naysimon shaklidagi ichakdan iborat bo’lib, uning oldingi qismi (uchi) uzunligi 15-17 mkm keladigan, o’zgargan og’iz bo’shlig’i – stilet (nayza ko’rinishdagi sanchib-so’ruvchi organ) ga aylangan. Stiletning ichi nozik kanalcha hosil qilib qizilo’ngach bilan tutashadi. Stilet muskul tolalari bilan ta’minlangan bo’lib, uning qisqarishi tufayli u harakatga keladi. Qizilo’ngach oldingi,
o’rta va keyingi bezli qismlardan iborat. Qizilo’ngachni birinchi qismi ensiz naycha (kanalcha) ko’rinishida, ichidagi kanal ancha tor, ikkinchi qismi piyozbosh shaklida kengayish (bulbus) hosil qiladi. Bulbus muskullarining qisqarishi tufayli qililo’ngachda so’rish jarayoni yuzaga keladi. Qizilo’ngachning bezli qismida uchta bez shakllangan. Uning chiqarish yo’li stilet asosiga borib ochiladi Bezlarning ajratgan suyuqligi ovqatni hazm qilishda ishtiroq etadi.
Ildiz bo’rtma nematodalari ham boshqa parazitlar singari faqat suyuq oziqani qabul qiladi. Buning uchun oziqani suyuq holatga keltirish uchun hazm bezlaridan kelgan fermentli suyuqlik o’simlik to’qima va xujayralariga o’tib, undagi uglevod va oqsillarni parchalab, so’rilishga tayyorlaydi. Bunday oziqa o’rta ichakda hazm bo’ladi.
Bo’rtma nematodalarining o’rg’ochilik jinsiy sistemasi ikkita uzun naychalar ko’rinishda. Uning uchki tor qismi tuxumdon bo’lib, unda tuxumlar shaqllanadi. Tuxumdon tuxum yo’liga tutashadi. Tuxum yo’lida urug’ qabul qilg’ich shakllangan. Ana shu joyda tuxumlar urug’lanib, po’stga o’raladi va asta-sekin bachadonga o’tadi. Juft bachadonning ikkala nayi qo’shilib, qisqa qin hosil qiladi. Qin kanali o’rg’ochilik jinsiy teshigi – vulvaga tutashadi. Vulva orqali tuxumlar tashqariga chiqariladi. Urg’ochi nematoda jinsiy qo’shilgandan keyin tuxum qo’yishdan oldin jinsiy teshigi atrofiga shilimshiq modda ajratadi va unga tuxumlarini qo’yadi. Keyinchalik modda qotib xaltachaga aylanadi, ichida esa 10-15 tagacha tuxum bo’ladi. Urg’ochi nematoda ancha serpo’sht bo’lib, bir sutkada 10-15ta yoki butun umri (3-4 oy ) davomida 500-800 ta, ba’zan 2000 tagacha tuxum qo’yadi.
Erkak jins nematodaning tana shakli chuvalchangsimon, bosh qismi konussimon, dumi tumtoq va qorin tomonga biroz egilgan. Uzunligi 0,9-2mm atrofida. Jinsiy organlari (urug’donlar, urug’ yo’llari,urug’ pufagi) juft. Urug’ pufagida spermatozoidlar to’la yetiladi. Urug’ pufagi urug’ni tashqariga chiqaruvchi kanalga, u esa o’z navbatida erkaklik qo’shilish organi – spikula bilan tutashadi. Erkak va urg’ochi jinslar o’zaro qo’shilganda spikula kloaka orqali tashqariga chiqarilib urg’ochilik jinsiy teshigi (vulva) ga kiritiladi va urug’ suyuqligi to’kiladi.
Bo’rtma nematodalarining tuxumlari sal yapaloq, bir tomoni biroz qovariq, ikkinchi tomoni sezilarli botiq bo’ladi. Uzunligi 42-100 mkm, eni 30-50 mkm ga teng. Ikki qavat po’st bilan o’ralgan.Tashqi qavati ancha qattiq bo’ladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin