Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə62/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Tarqalishi. XX asrning 40-yillarigacha bug’doy nematodasi Yer yuzida keng tarqalgan parazit fitonematodalardan biri yedi. U Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika, Avstraliya qit’alarining ko’pgina davlatlarida ma’lum bo’lgan. Lekin keyingi o’n yilliklar davomida parazitga nisbatan qarshi olib borilgan kurash choralari tufayli keskin qisqarib ketgan va hozirgi kunda ushbu parazitning zarari iqtisodiy jihatdan ye’tiborga olinmaydi. Shunga qaramay hozirgi kunda ham ayrim davlatlarda parazitdan katta iqtisodiy zarar ko’rilmoqda-ki, unga nisbatan kurash choralarini
susaytirmaslikni taqoza yetadi. Bug’doy nematodasidan katta zarar ko’rayotgan davlatlardan Xitoy, Hindiston, Misr, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerikaning ayrim davlatlari (Kanada) va Qo’shma Shtatlari, Yevropaning Vengriya, Germaniya, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Ozarbayjon, Gruziya kabi davlatlarida bug’doy yetishtirishda sezilarli ziyon ko’rilmoqda. O’rta Osiyo respublikalaridan Tojikistonning ayrim viloyatlarida nisbatan keng tarqalgan.

Rasm 25. Bug’doy nematodasi (Atiguina iritici).
A – urg’ochisi, B — bo’g’doy nematodasi bilan zararlangan yosh bug’doy o’simligi; V — don o’rniga hosil bo’lgan bo’rtmalar; G i D —bug’doy boshoqlari (G — sog’lom va D bo’g’doy nematodasi bilan zararlangan boshoqlar): 1 - stileti,
2— qizilo’ngach, 3 — qizilo’ngach bezlari, 4 — o’rta ichak, 5 — tuxumdon, 6 — tuxum yo’li, 7 – bachadon tuxumlari bilan, 8 jinsiy teshigi (vulva).

Prof. A.A.To’laganovning 1940 yillarda olib borgan tadqiqotlariga binoan O’zbekistonda bug’doy nematodasi ancha keng tarqalgan parazitlardan bo’lgan. Lekin olim rahbarligida olib borilgan qarshi kurash va agrotexnik tadbirlari tufayli g’alla yetishtiriladigan xo’jaliklarda nematodaning zarari deyarli tugatiladi. Shunga qaramay hozirgi kunda Respublikaning ayrim hududlarida mavjudligi aniqlanadi. Ushbu parazit nematoda Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Farg’ona vodiysining ayrim tumanlarida uchrashi aniqlandi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin