Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə56/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

ISHNI BAJARISH:





  1. Ildiz bo’rtma nematodasi bilan zararlangan ayrim sabzavot ekinlari (pomidor)ning 5% li formalinda fiksasiyalangan ildizidan bo’rtmalarni kesib olib, petri idishiga qo’yib, ustidan toza suv quyiladi. Ushbu bo’rtmali idishni binokulyar (MBS-1 yoki MBS-2 rusumli) mikroskopi stolchasiga o’rnatib, okulyarlarga qarab jarohlik pichog’i(skalpel) va preparoval igna yordamida kesib, bo’rtmani ochib, ichidagi urg’ochi nematodaning qo’ygan tuxum xaltachalarini kuzating.

  2. Ikkala qo’lga ham bittadan preparoval igna olib, chap qo’ldagi igna bilan ildiz bo’lagini bosib turib, o’ng qo’ldagi igna yordamida ohistalik bilan ildizdagi tuxum xaltalarini ajratib olib, xaltacha ostiga joylashgan urg’ochi nematodaning tanasini keyingi (anal-vulvar) qismiga e’tibor bering. Ushbu joy oq donacha bo’lib ko’rinadi.

  3. Bo’rtmadagi urg’ochi nematodaning atrofidagi ildiz to’qimasi skalpel yordamida bo’ylama kesib ochiladi.va ignalar yordamida kesilgan joy ikki tomonga ajratiladi. Shunda bo’rtma ichidagi limon shaklli urg’ochi nematodalar, ayrim hollarda lichinkalarni ham ko’rish mumkin. Ochilgan bo’rtmalarning atrofida bazan erkak jins nematodalarni ham uchratish mumkin. Topilgan urg’ochi, erkak va 2-3 bosqichdagi lichinkalar tuzilishini sinchiklab kuzating.

  4. Bo’rtma nematodasi bilan zararlangan o’simlik ildizini,shuningdek urg’ochi,erkak va lichinkalarning tuzilishini rasmlarda ifodalab qo’ying.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. O’zbekistonda bo’rtma nematodalarining nechta turi uchraydi hamda o’simliklarning qaysi vegetativ azolarini zararlaydi.

    1. 5 ta turi; o’simliklarning ildiz sistemasi;tuchamak;

    2. 1 ta turi;o’simliklarning barcha azolarini;

S) 3 ta turi;o’simliklarning poya va barglarini;
D) 5 ta turi;o’simliklarning generativ azolarini;

  1. . Bo’rtma nematodalarida jinsiy dimorfizm qanday belgilar bilan ifodalanadi. Turli jismlarning gavda shakli va o’lchamlarini aniqlang.

    1. bo’rtma nematodalarida urg’ochisi - yirik (2-3 mm), erkagi – kichik (1 mm)

V) ♀ - noksimon; limonsimon; uzunligi 1-2 mm
- shakli chuvalchangsimon; uzunligi -1-2 mm
S) ♀ - shakli dumaloq; uzunligi-0,5mm
♂ - uzunligi -0,3 m; dumi kuchli gajjaklashgan;
D) ♀ - shakli chuvalchangsimon; uzunligi -1-2mm;
♂ - shakli chuvalchangsimon; uzunligi -0,6-0,9 mm;

  1. Bo’rtma nematodalarini tarqalishida qanday omillar asosiy sabab bo’ladilar.

    1. shamol; suv va tuproq;

V) Chorva hayvonlari va odam;
S) tuproq; bo’rtma nematodasi bilan zaralangan o’simlik
D) faqat suv bilan;

  1. Bo’rtma nematodasi lichinkalarining voyaga yetishi qayerda sodir bo’ladi.

    1. ildiz ichiga kirishidan oldin tuproqda;

V) tuxum ichida;
S) 3-bosqich lichinkadan so’ng;
D) 4-bosqich lichinkalarning ildiz to’qimalariga kirgandan so’ng;

  1. Bo’rtma nematodasining hayot siklida qaysi rivojlanishi bosqichlari bo’ladi.

    1. tuxum; 4- bosqichli lichinka; voyaga yetgan davri;

V) tuxum; 2 - bosqichli lichinka; voyaga yetgan davri;
S) tuxum; 3 - bosqichli lichinka; voyaga yetgan davri;
D) tuxum; nimfa; voyaga yetgan davri;

  1. Bo’rtma nematodalariga qarshi kurashda qanday choralar qo’llaniladi.

    1. kimyoviy, agrotexnik, profilaktik

V) tashkiliy-xo’jalik, profilaktik va agrotexnik,
S) profilaktik, agrotexnik, fizikoviy, kimyoviy, biologik,
D) faqat kimyoviy va biologik

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin