Parhez taomlarga quyidagilarga kiradi. 1 nomerli parhez taom Giperatsid gastrit, oshqozon va 12 barmoqli yara kasalligida 6 oydan 12 oy mobaynida qo’llaniladi.
Tarkibi: sabzavot va donli mahsulotlardan tayorlangan qaynatma, sabzavotli pyurelar, bo’tqalar, yog’siz go’shtdan tayyorlangan sho’rvalar, prostakvasha, slivka, yog’siz tvorog, parda pishirilgan tuxumli omletlar, sharbatlar. Tuz miqdori cheklanadi. Ovqat tez -tez sutkada 5- 6 marta beriladi. Judayam issiq yoki judayam sovuq ovqat berilmaydi.
1 a nomerli parhez taom Giperatsid gastrit, oshqozon va 12 barmoqli yara kasalligi xuruj qilgan vaqtida qo’llaniladi
Tarkibi: 4-5 stakan sut, suyuq bo’tqalar, parda pishirilgan tuxumli omletlar, sariyog’, slivka, donli sho’rvalar, sharbatlar. Tuz cheklanadi. Xar 2-3 soatda ovqatlantiriladi. Ovqat vitaminlarga boy bo’lishi kerak. Sutni choyga qo’shib berish kerak.
2 – sonli parhez Ko’rsatmalar: sekretsiya etarlicha bo’lmagan surunkali gastrit, surunkali enterokolit avj olish davridan tashqari, operatsiyadan va o’tkir infektsiyadan keyingi sog’ayish davrida.
Tayinlashdan maqsad: me’da va ichakning sekretor va motor funktsiyasining normallashuviga ta’sir ko’rsatish, me’d- ichak yo’llarning o’rta darajada mexanik ehtiyojlash.
Umumiy ta’rif: ekstraktiv moddalar taqiqlanadi, dag’al biriktiruvchi to’qimali go’sht va o’simlik klechatkasini tutgan mahsulotlar asosan maydalangan holda beriladi.
3 – sonli parhez Ko’rsatmalar: Qabziyatda
Tayinlashdan maqsad: Parhezda o’simlik klechatkasiga boy mahsulotlar va ichak funtsiyasining kuchaytiradigan mahsulotlarni ko’paytirish. Mineral suvlarni ko’p ichish. Yotishdan oldin 1 stakan qatiq ichish.
4 – sonli parhez Ko’rsatmalar: Gastroenterokolitlar, o’tkir enterokolit. Ichakdagi operatsiyalardan so’ng.
Tayinlashdan maqsad: ichaklarni ko’proq mexanik va ximiyaviy ehtiyotlash ichak peristaltikasini va ichakdagi va achish jarayonlarini kuchaytiradigan mahsulotlarni chiqarish.
Umumiy ta’rifi: uglevodlar va yog’lar hisobiga kaloriyasi chegaralangan parhez, oqsillar fiziologik normalarning quyi chegarasi atrofida. O’simlik kletchatkasini saqlaydigan sut va sut mhsulotlari chiqariladi. Parhezni 5-7 kundan oshmagan muddatga tayinlanadi
Ovqatlanish rejimi: ovqat 5-6 marta chegaralangan miqdorda qabul qilinadi. Issiq choy, qora kofe, bulon, namatak damlamasi holidagi erkin suyuqlik 1, 5 l.
4a – sonli parhez Ko’rsatmalar: o’rtacha zo’rayish davridagi surunkali znterokolitlar me’da zararlanishi bilan achak kasalligi qo’shilib ketganda, dizenteriyada.
Tayinlashdan maqsad: surunkali enterokolit o’rtacha zo’raygan davrda yallig’lanish holatini kamaytirishga va me’da ichak yo’llarining buzilgan funktsiyalarini normaga solishga imkon beradigan to’la qimmatli ovqat bilan ta’minlash.
Umumiy ta’rifi: Uglevodlar va osh tuzi o’rtacha chegaralangan. Achish va chirish jarayonini kuchaytiruvchi mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Parhezga dag’al bo’lmagan o’simlik klechaktkasi tutgan (ezilgan holdagi sabzavotlar, olho’ri, olma, ) mahsulotlar kiritiladi.
900- 930 nonushta
1300 - 1300 tushlik
1600 – 1600 ikkinchi tushlik
1830 - 1900 kechki ovqat
Lekin ayrim bemorlarga tez-tez ovqatlanish vaqtlari belgilanadi.
Bemorlar uchun ovqat oshxonada tayyorlanadi. U shifoxonaning xo’jalik bo’limida joylashgan bo’ladi. Kasal bemor kasalxonaga kelib tushishi bilan unga parxezli taomlarni, qabul qilgan navbatchi shifokor tomonidan belgilanadi. Belgilangan parxez kasallik tarixiga yoziladi. Tayyor bo’lgan ovqatni yopik idishlarda bo’limiga olib kelinadi. Odatda tashish uchun termoslar, aravacha termoslar yoki bo’lmasa og’zi qattiq yopiluvchi idishlar ishlatiladi. Ҳar bir taom alohida idishlarda olib kelinadi. Sut va sut maxsulotlarni tashish uchun alohida belgi ishlatiladi.
Ovqat tarqatish. Ovqat tarqatuvchi xodim ovqatni olib kelgandan keyin, bolalarni faqat hamshira ovqatlantiradi, ularni ustidagi oq xalatda «ovqat tarqatish uchun» degan yozuv bo’ladi. Palatalarni tozalovchi texnik xodimlarga ovqat tarqatish va idishlarni yuvishga ruxsat berilmaydi. Erta yoshdagi bolalar (3 yoshgacha) va og’ir bemorlar palatalarda ovqatlantiriladi, kattaroq yoshdagi bolalar esa oshxonada ovqatlantiriladi.
Oshxona. Oshxona katta, toza va yorug’ bo’lish kerak. Oshxona devorlarni yuvish va dezinfektsiya qilish onsonroq, bo’lish uchun bo’yoq yoki kafel qilingan bo’lishi kerak, stol usti platsikadan yoki oddiy klenka bilan yopilgan bo’lishi lozim.
Oshxona bilan ovqat tarqatish xonasi o’rtasida darcha bo’lib o’sha erdan kasal bolalarga ovqat tarqatiladi. Ovqat tarqatish xonasiga kirish alohida bo’lishi kerak, bu xonada quyidagi buyumlar bo’lishi kerak.
• Idishlar va quruq oziq ovqat masalliklarini saqlash uchun shkaf.
• Bitta bemorga mo’ljallangan idishlar - 1 chuqur va 1 ta yuza tarelka, vilka, choy va osh qoshiqlar va choy ichish uchun piyola.
• Ovqat tarqatish uchun gigienik toza stol.
• Ovqat isitish uchun elektroplitalar.
• Idishlarni yuvish uchun 2 ta sektsiyali vannalar.
• Idishlarni bo’ktirish va yuvish uchun bak.
• Oqib turuvchi issiq va sovuq suv.
• Dezenfektsiya qiluvchi va yuvuvchi moddalar.
• «Bufet uchun» deb yozilgan yig’uvchi inventar

Bolalarning xar bir ovqatlanishdan so’ng ularning idish tovoklari yaxshilab tozalanadi.
• Oldin idishlar qoldiqlardan tozalanadi va «qoldiq ovqatlar» deb yozilgan chelakka solinadi, keyin xantal va sodalar bilan tozalab yuvilib idishlar oqib turgan issiq suvda chayiladi (70C˚dan yuqori) va vertikal xolda quritiladi. Yana idishlarni dezenfektsiya qilishni 130C˚ temperaturada 30 minut davomida quruq shkaflarda o’tqazish mumkin. Tozalovchi inventarlar ishlatilgandan so’ng 0,5% xloraminga 1 soatga bo’ktiriladi yoki 15-20 minut davomida qaynatiladi, keyin quritib belgilangan joyda saqlanadi.
• Ovqat qoldiqlarini og’zi yopiluvchi bakka yig’iladi. Baklarni to’lib ketishga yo’l qo’yilmaydi va ertasi kuniga qoldirmay olib chiqib tashlanadi.
• Shifoxona ta’minlaydigan asosiy ovqatdan tashqari bemorlarga qarindoshlar tomonidan ovqat olib kelishga ruxsat etilgan. Odatda ovqatni olib kelingan ovqat tartibini, miqdori va foydaliyligiii kuzatiladi, bemorga belgilanmagan ovqatni qabul qilinmaydi. Ovqatlar polietilen paketlarda qabul kilinadi, ularning miqdori 1-2 kunga etadigan miqdordan ortmasligi kerak, ular shkaf va muzlatgichlarda saqlanadi (sut va go’sht mahsulotlari alohida). Quruk oziq-ovqatlarni karovat oldidagi tumbochkada saqlash mumkin. Olib kelingan ovqat asosiy ovqatdan so’ng parxez turiga, bolani yoshi va ishtahasiga qarab beriladi.
• Oldin idishlar qoldiqlardan tozalanadi va «qoldiq ovqatlar» deb yozilgan chelakka solinadi, keyin xantal va sodalar bilan tozalab yuvilib idishlar oqib turgan issiq suvda chayiladi (70 C˚dan yuqori) va vertikal xolda quritiladi. Yana idishlarni dezenfektsiya qilishni 130 C˚li temperaturada 30 minut davomida quruq shkaflarda o’tqazish mumkin. Tozalovchi inventarlar ishlatilgandan so’ng 0, 5% xloraminga 1 soatga bo’ktiriladi yoki 15-20 minut davomida qaynatiladi, keyin quritib belgilangan joyda saqlanadi.