Ko’krak bilan ovqatlantirish. Bola hayotini birinchi olti oyi mobaynida ko’krak suti bilan boqish tabiiy ovqatlantirish deyiladi. Ona suti bolaning birinchi oyida eng qimmatli va almashtirib bo’lmaydigan ovqat hisoblanadi, bolani yaxshi rivojlanishi uchun hamma talablarga javob beradi. Oqsil, yog’ va uglevodlar nisbati ko’krak sutida ularni yaxshi o’zlashtirilishiga va so’rilishiga xizmat qiladi.
Sog’lom tug’ilgan bolani tug’ilishi bilan ko’krakka qo’yiladi. (yarim soat ichida). Bolani kindigi kesilmasdan avval qoringa shunday yotqiziladiki, bunda bola terisida saprofit mikroflar hosil qilish va birinchi ovqatlanish refleksini tug’dirishi uchun. Bola o’zi ko’krakka intilib, onani emadi. Bola emizilganda uning ichaklariga laktabakteriyalar va ona sutidagi himoya moddalari tushadi.
Bolani birinchi 6 oylikkacha faqat ko’krak suti bilan boqiladi,. Shuning uchun ona xar doim bola oldida bo’lishi kerak.
• Ko’krak suti bilan boqishning 10 ta printsipi
• 1. Ovqatlantirish qonun qoidalarga qat’iy ravishda rioya qilish va buni tibbiyot xodimlari va onalarga etkazish.
• Tibbiy xodimlariga ko’krak bilan emizish qoidalarini o’rgatish
• Ko’krak bilan boqish afzalliklari haqida xomilador ayollarga va onalarga ma’lumot berish
• Tuqqan onalarga 30 daqiqa davomida ko’krak bilan boqish uchun yordam berish
• Onalarga ko’krak sutni qanday qilib sog’ilishini va laktatsiya jarayonini saqlashni o’rgatish.
• Tibbiy ko’rsatmalaridan tashqari yangi tugilgan bolalarga boshqa ovqat va suyukliklar, ko’krak sutidan tashqari berilmaydi. 7 kun davomida ona va bolani bitta palatada joylashishni tashkil qilish
• Ko’krak yoshdagi bolani u so’ragan payt qachonki bola xoxlasa.
• Bolani tinchlantiruvchi ona ko’kragini o’rnini bosuvchi narsalar taqiqlanadi (so’rg’ich, butilkalar)
• Ko’krak suti bilan boquvchi onalar to’garagini tashkil qilish. Ҳomilador ayollarni va tug’rukxonadan chiqqan ayollarni to’garakka jo’natish.
Angliya va Avstraliya shifoxonalarida chala tug’ilgan va kam tana vaznli bolalarni boqish uchun maxsus dastur «Kengru» metodi ishlab chiqilgan, bunda bola xar doim ona oldida bo’lib, o’zi ko’krakka tomon xarakat qiladi, ona issiqligini tuyadi. Ona xar doim g’amxo’r va ahamiyatda bo’lgani uchun bolani xayotchanligini oshiradi.
Boqish qoidalari
Ovqatlantirish oldidan ona qo’lni yaxshilab yuvishi kerak va sut yo’liga tushgan mikroblar chiqib ketish uchun bir necha tomchi sut sog’ib tashlanadi. Ona bitta qo’li bilan bolani ushlaydi, ikkinchi qo’li bilan bolani og’ziga ko’krak uchini va ko’krak uchi oldi aylanasini bir qismini 4 ta barmoq bilan ko’krak ko’tarilib turiladi va bosh barmoq bilan ko’krak usti ushlab turiladi, bolani burni yopilib qolmasligi uchun.
Sog’lom bolada ko’krak bilan boqishida sut etarli bo’lsa, 15-20 daqiqa davom etadi, lekin birinchi kunlar tug’riqdan keyin uzoq vaqt 25-30 daqiqa davom etishi mumkin.
Qo’shimcha ovqat berish qoidalari:
1. Ko’krak bilan boqishdan oldin, kam miqdordan boshlanadi.
2. Boshqa turdagi qo’shimcha ovqatga bola birinchisiga to’liq o’rgangandan so’ng o’tiladi.
3. Qo’shimcha ovqat yutilishi qiyin bo’lmasligi kerak
4. Yangi ovqat xili kunnnig birinchi yarmida berilgan ma’qul.
Bolani 6 oylikda birinchi qo’shimcha ovqat sabzavotli pyure beriladi.. 7 oylikdan ikkinchi qo’shimcha ovqat kasha beriladi. 8 oylikda uchinchi qo’shimcha ovqat kefir va tvorog beriladi.
Aralash ovqatlantirish. Bola hayotini birinchi olti oyligigacha ona suti bilan birga qo’shimcha sut aralashmalarni olishiga aralash ovqatlantirish deyiladi. Aralash ovqatga o’tqazishni asosiy sabablari - sutni kerakli miqdorda bo’lmasligi- gipogalaktiya, onani kasalligi, ijtimoiy - sotsial ahvollar. Bolani qancha miqdorda sut olayotganligini bilish uchun bolani emizishdan va emizishdan keyin torozga qo’yib o’lchaymiz va ko’rsatkichimizga qarab sun’iy sutli aralashma belgilanadi.
Sun’iy ovqatlantirish.
Sun’iy ovqatlantirishda bola ko’krak suti o’rniga sutli sun’iy aralashma oladi.
Sun’iy ovqatlantirishda aralash ovqatlantirishdek sut aralashmalari beriladi.
2 oygacha bolani 7 marta xar 3soatda, 2 oydan - 4 oygacha 6 marta xar 3, 5 soatda, 4 oydan yuqori 5 marta xar 4 soatda ovqatlantiriladi.
Sun’iy ovqatlantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilinish kerak:
• aralashma 36-37 C˚ gacha isitilgan bo’lishi kerak.
• so’rg’ich va butilka toza bo’lishi kerak
• sut so’rg’ichdan tomchilab tushishi kerak
• butilka bo’g’zi aralashma bilan to’lgan bo’lishi kerak.
• bolani butilkadan boqilganda qo’lda ushlab turiladi. Ko’krak bilan boqilgan xolatni yuzaga keltirgan holda yoki yonga yotgan holda boshiga kichikroq yostiq qo’yiladi.
Aralashma turi shifokor tomonidan belgilanadi. Sun’iy ovqatlantirishda ovqat miqdori hamshira tomonidan ovqatlanish varag’iga kirgiziladi, bu xar bir bola uchun alohida tutiladi.