Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 342,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix26.02.2017
ölçüsü342,65 Kb.
#9769
1   2   3   4

yozma yodgorliklari tilidagi qiyoslash uchun olingan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-

iqtisodiy terminlardan bugungi kunda uyg‘ur tilida-348, qozoq tilida-220, qirg‘iz 

tilida-244, turk tilida-370, o‘zbek tilida esa-390 tasi ishlatilar ekan

2

.  



  O‘zbek  tilining  ijtimoiy-siyosiy  terminologiyasi,  ayniqsa,  XIX  asrning 

ikkinchi yarmidan boshlab rus tilidan va yevropa tillaridan kirgan o‘zlashmalar 

hisobiga boyiy boshladi.  

Ijtimoiy-siyosiy  hayotdagi  har  qanday  o‘zgarish  uning  terminologiyasida 

ham o‘z izini qoldiradi.   

 

Ijtimoiy-siyosiy terminologiya deganda siyosiy tuzum, ijtimoiy va siyosiy 



guruhlar,  partiyalar,  oqimlar  va  ularning  vakillari,  hukumat  yig‘ilishlari  va 

muassasalari,  davlatni  boshqarish  va  uning  organlari,  dunyoqarashlar,  mulkiy 

munosabatlar,  ichki  va  tashqi  siyosat,  ijtimoiy-siyosiy  hujjatlar,  axloq 

                                                 



1

 Bu kabi terminlarning shakllanish tarixi haqida ma’lumot olish uchun H.Dadaboyevning nomi qayd etilgan 

ishiga qaralsin.  

2

 Dadaboyev H. Ko‘rsatilgan ish.-B. 13.  

 

38 


masalalari,  xullas,  ijtimoiy-siyosiy  hayot  bilan  bog‘liq  tushunchalarni 

ifodalovchi leksik birliklar majmuyi tushuniladi. 

Tarixiy-huquqiy terminlar 

Ma’lumki,  o‘zbek  tilining  lug‘at  tarkibi  shu  tilning  so‘z  boyligi,  leksik-

semantik sistemasi sifatida shakllangan, yaxlit hodisa sanaladi. Lekin shuni ham 

inobatga  olish  lozimki,  tilimizning  lug‘aviy  tarkibi  juda  murakkab  rivojlanish 

bosqichlarini  boshidan  kechirgan.  Har  qanday  til  leksikasining  tarixiy 

rivojlanish va shakllanish xususiyatlarini bilish uchun o‘sha til lug‘at tarkibidagi 

so‘zlarni  tarixiy-etimologik  nuqtai  nazardan  chuqur  o‘rganish,  ularning 

etimologik  jihatdan  kelib  chiqish  manbasini  aniqlash  lozim  bo‘ladi..  Bunday 

izlanishlar  o‘z  navbatida  o‘zbek  tilining  o‘tmishda  qaysi  qardosh  tillar  va 

qardosh  bo‘lmagan  tillar  bilan  o‘zaro  munosabatda  bo‘lganligini  aniqlash 

imkonini  beradi,  tilning  lug‘at  tarkibi,  grammatik  qurilishida  sodir  bo‘lgan 

tarixiy rivojlanish jarayonlarini ilmiy jihatdan tushunishga zamin hozirlaydi. Bu 

fikrlar  bevosita  bizning  tadqiq  ob`ektimiz  bo‘lgan  tarixiy-huquqiy  atama 

(THA)larning rivojlanish bosqichlarini aniqlashga ham  aloqadordir.  

  

Ma’lum  bir    THAning  o‘z  qatlamga  yoki  o‘zlashgan  qatlamga 



mansubligini  aniqlashda  konkret  sharoitdan  kelib  chiqib,  bu  THAning 

shakllanish  jarayonini,  qaysi  tildan  o‘zlashganligini  aniqlash  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Masalan:  THA  sifatida  qo‘llanuvchi  “suron”  so‘zi  umumturkiy 

bo‘lib, “kuchli shovqin, hovur-huvur” ma’nosini bildiradi. Bu so‘z aslida “uloq 

chopishdagi  qiy-chuv”  ma’nosini  ifodalagan,  keyinchalik  uning  semantikasida 

o‘zgarish,  kengayish  yuz  berdi,  “jangovar  xayqiriq”  ma’nosida  bildiruvchi 

harbiy  ishga  oid  THA  sifatida  shakllandi.  Yoki  “o‘n  ming”  ma’nosini 

bildiruvchi  “tuman”  leksemasi  qadimgi  turkiy  tilda  ham  shunday  miqdorni 

bildirgan  (O‘TEL).  Keyinchalik  bu  leksema  semantikasida  kengayish  sodir 

bo‘lib, “o‘n ming aholisi bor hudud”, “o‘n ming kishidan iborat harbiy qism”ni 

ifodalovchi    THA  sifatida  qayta  shakllandi.  Shunga  muvofiq,  suron,  tuman 

singari THAlar umumturkiy, o‘z qatlamga mansub THAlar sanaladi.  



 

39 


  

Shu  bilan  birga  o‘zbek  tilidagi  THAlar  tizimida  shunday  terminlar  ham 

borki,  ular  hozirda  qardosh  deb  tushunilmaydigan  ikki  xil  sistemaga  mansub 

tillarda  uchraydi.  Masalan,  tarxon,  qurultoy,  ulus,  nuyon,  bahodir,  botir, 

to‘xsabo,  tamg‘a    kabi  so‘zlar  qadimgi  turkiy  tilda  ham,  mo‘g‘ul  tilida  ham 

mavjud  bo‘lib,  ular  o‘sha  tillarda  bir  xil  yoki  bir-biriga  yaqin  ma’nolarda 

qo‘llanadi.  Mo‘g‘ul  va  turkiy  (eski  o‘zbek)  tillari  genetik  jihatdan  bir-biriga 

unchalik  yaqin  bo‘lmagan  tillar  sanalgani  uchun  yuqorida  keltirilgan  so‘zlarni 

mo‘g‘ul  tilidan  eski  o‘zbek  tiliga  yoki  aksincha  qadimgi  turkiy  tildan  mo‘g‘ul 

tiliga qabul qilingan, degan qat`iy fikrni bildirish qiyin. Ana shunga muvofiq bu 

so‘zlarni  turkcha-mo‘g‘ulcha  parallellar  yoki  o‘rtoq  so‘zlar,  deb  hisoblash 

mumkin.  Hozirgi  kunda  yuqorida  keltirilgan  so‘zlarning  barchasi  manbalarda 

THAlar sifatida qayd qilingan. Shunga ko‘ra, o‘zbek tili THAlar tizimida o‘rtoq 

so‘zlar  qatlami  yoki  mo‘g‘ulcha-turkcha  lug‘aviy  parallellar  mavjud,  degan 

qat`iy xulosaga kelish mumkin.       

  

Ko‘p  asrlar  davomida  turkiy  va  mo‘g‘ul  xalqlari  ajdodlarining  o‘zaro 



tinch  va  ba’zan  harbiy-huquqiy  aloqada  bo‘lishi  natijasida  turkiy  tillar 

leksikasida  mo‘g‘ulcha  so‘zlar  va  aksincha  mo‘g‘ul  tilida  turkiy  so‘zlar  yoki 

ikki  til  uchun  umumiy  hisoblangan  leksik  qatlam  vujudga  kelgan.  Olimlarning 

izlanishlari  shundan  guvohlik  beradiki,  mo‘g‘ulcha  leksik  birliklar  turkiy 

tillarga, jumladan eski o‘zbek tiliga asosan XII asrdan, ya’ni Chingizxon boshliq 

mo‘g‘ul  istilochilarining  O‘rta  Osiyoni  zabt  etish  vaqtidan  boshlab  kirib  kela 

boshlagan.    Mo‘g‘ul  tili  bu  davrga  kelib  Oltin  O‘rda  va  Chig‘atoy  ulusida 

ma’lum  vaqt  davomida  turkiylashib  bordi,  ammo  shuni  ham  inobatga  olish 

lozimki,  assimilyatsiyaga  uchragan  mo‘g‘ul  tili  butunlay  izsiz  yo‘qlib  ketmadi, 

bu  tilning  ayrim  leksik,  morfologik  elementlari  turkiy  tillar  tomonidan 

o‘zlashtirildi.  Yirik  oltoyshunos  olim  V.I.Rassadinning  fikricha,  Chig‘atoy  va 

uning  vorislari  hukmronlik  qilgan  davrda  eski  o‘zbek  tiliga  yuzga  yaqin 

mo‘g‘ulcha  so‘zlar  kirib  kelgan.  A.M.Shcherbak  eski  o‘zbek  tili  obidalarini 

tekshirar  ekan,  “O‘g‘uznoma”da  qayd  etilgan  nukar  –  jangchi,  navkar,  jыda  – 

nayza,  qurыltay  –  xalq  yig‘ini  singari  bir  qator  so‘zlarning  mo‘g‘ul  tilidan 


 

40 


o‘zlashganligini    ta’kidlagan  edi.  Keltirilgan  bu  mo‘qulcha  so‘zlarning  nukar, 

jыda, qurыltay kabi shakllari keyinchalik tilimizda THAlar sifatida mustahkam 

o‘rin  olganligini  biz  ishning  dastlabki  bobida  qayd  etgan  edik.  Bu  esa  eng 

qadimgi THAlar orasida mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar ham ma’lum miqdorni tashkil 

etishini ko‘rsatadi. 

  

Kuzatishlarimiz  shundan  dalolat  beradiki,  eski  o‘zbek  obidalari  tilida 



qo‘llangan mo‘g‘ulcha THAlarning ko‘pchiligini harbiy ish, ma’muriy lavozim, 

davlat  boshqaruvi,  sud  va  qishloq  xo‘jaligi  (asosan  chorvachilik)ga  oid  so‘zlar 

tashkil etadi. 

  

Amir  Temur  va  temuriylar  davrida  O‘rta  Osiyoda  davlat  boshqaruvi, 



harbiy  ish  va  harbiy  san`at  o‘z  taraqqiyotining  eng  yuksak  cho‘qqisiga 

ko‘tarilgan  edi.  Temur  davlatni  boshqarishda,  tuman  va  uluslarga  rahbarlik 

qilishda,  o‘z  armiyasida  harbiy  intizomni  mustahkamlashda  yangicha  qonun-

qoida  va  tartib  intizomni  joriy  etish  bilan  birga  Chingizxon  armiyasiga,  davlat 

tuzumiga  oid  bo‘lgan  va  o‘sha  zamon  uchun  namuna  hisoblangan  ma’muriy-

huquqiy  va  askariy  tizimni  olib  kirdi.  Natijada  X1U-XU  asrlarda  eski  o‘zbek 

tilida  juda  ko‘plab  harbiy  qism  va  bo‘linmalar,  ma’muriy  hudud,  mansab  va 

unvon nomlari mo‘g‘ulcha so‘zlar bilan atalishda davom etdi.  Masalan, harbiy 

unvon, ma’muriy davozim, qurol-yaroq, qism, hudud nomlari orasida –(v)ul  va 

–l  affikslari  yordamida  yasalgan  THAlar  semantikasidagi  o‘zgarishlar    alohida 

e`tiborga  molik.  Turkiyshunoslikda  bir  guruh  olimlar  –v(ul)  affiksini  turkiy 

tilllarga xos deb  hisoblasalar, boshqa  bir guruh  tilshunoslar uni  mo‘g‘ul  tilidan 

o‘zlashgan,  degan  fikrni  bayon  etadilar.  Shuni  inobatga  olish  lozimki,  X1-XSh 

asrlarda mo‘g‘ul tilida bu affiks ancha sermahsul ot yasovchi affiks hisoblangan, 

turkiy tillarda esa  –v(ul) affiksi ancha passiv qo‘llanishda edi. X1U-XU asrlarga 

kelib  bu  affiks  turkiy  tillarda  ham  ancha  faollashdi.  Turkiyshunos  olim 

G.Dyorfer  chig‘atoy  (eski  o‘zbek)  tili  mo‘g‘ul  tilidan  birgina  –v(ul)  affiksi 

yordamida yasalgan yuzdan ortiq so‘zni o‘zlashtirganligini ta’kidlagan edi.  



 

41 


  

Alisher  Navoiy  “Muhokamatul  lug‘atayn”  asarida  –v(ul)    affiksi 

yordamida  yasalgan  bir  qancha  so‘zlar  harbiy  unvon,  saroy  lavozimlari 

ma’nosini bildirishini ta’kidlaydi hamda hiravul, chingdavul, kitpavul, yankavul, 

patavul, daqavul, shig‘avul, bakavul kabi so‘zlarni misol tarzida keltiradi. 

   


Shunday  qilib,  o‘zbek  tili  lug‘aviy  tarkibining  ajralmas  qismi  bo‘lgan 

THAlar  ham  juda  murakkab  tarixiy  taraqqiyot  jarayonini  bosib  o‘tgan.  Bu 

muammoni  keng  tadqiq  etish  tilimizning  qadimiy  ildizlarini  aniqlashda  muhim 

omil bo‘lib xizmat qiladi. 

O‘zbek  tilshunos-terminshunoslari  tomonidan  yaratilgan  “Ijtimoiy-siyosiy 

terminlar lug‘ati 

1

” ning alohida o‘rni bor. Lug‘atda 22 mingdan ortiqroq ruscha-



internatsional  terminlarning  imkoniyat  darajasidagi  muqobillari  berilgan. 

Fikrimizcha,  putch,  raspiska,  sotrudnik,  upravlenie,  fundament  kabi 

terminlarining  o‘zbek  tilida  ma’mur,  dalil,  insonparvarlik,  qonunshunos, 

muhojir,  fitna,  tilxat,  poydevor  singari  muqobillar  bilan  ifodalanishini  to‘g‘ri 

deb  hisoblaymiz.  Shu  bilan  birga,  mazkur  lug‘atda  deputat,  diplomat,  institut, 

kapitalist,  pensiya,  respublika,  prezidium,  syezd,  strategiya  kabi  qator  ruscha-

baynaminal terminlarning o‘zbek tilida ham aslicha qo‘llanishi masalasiga ham 

ijobiy.  Lug‘atning  muhim  fazilatlaridan  yana  biri  shundaki,  unda  ma’lum  bir 

rucha-baynaminal termindan keyin uning o‘zbekcha muqobili va shu terminning 

ma’nosini ochib berishga xizmat qiluvchi birikma terminlar ham berib ketilgan. 

Bunday  holni  sifat  tarzidagi  terminelementlar  tarjimasida  yaqqol  ko‘rish 

mumkin.    Masalan:  bezprizorniy  rebenok-boqimsiz  bola,  vrednoe  nasledie 

starogo - eskilikning zararli qoldiqlari va h.  

Shuningdek,  mazkur  lug‘atda  ijtimoiy-siyosiy  tushinchalarni  ifodalashda 

o‘zbek  tilining  qator  so‘z  yasovchi  vositalaridan  unumli  foydalanishga  harakat 

qilingan.  Xususan,  aslida  fors-tojikcha,  lekin o‘zbek  tilining  “mulki”ga  aylanib 

qolgan –dor affiksidan lug‘atda unumli foydalanilgan. 

                                                 

1

 

Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug‘ati. –Toshkent, 1976.



 

 

42 


  Masalan: 

udarnik-zarbdor, 

aksioner-aksiador, 

diktator-hukmdor, 

doverenniy-vakolatdor kabilar shular jumlasidandir. 

  Qayd  etilgan  fazilatlar  o‘zbek  tilidagi  ijtimoiy-siyosiy  terminlarning 

barqarorlashishiga  xizmat  qilganligini  ta’kidlash  joiz,  albatta.  Shu  bilan  birga, 

mazkur lug‘atda u yoki bu ijtimoiy-siyosiy tushunchalar xilma-xil ma’nodoshlar 

bilan  ifodalanagan.  Bu  terminologiyadagi  asosiy  printsiplardan  biri,  ya’ni 

sinonimiyaga  urg‘u  berish  masalasi  oqlanmayotganligini  e`tiborga  olsak, 

kvalifikatsiya-malaka // kvalifikatsiya, korrespondentsiya-yozishma // maqola // 

xabar  //  ma’lumot,  oppozitsiya  -  oppozitsiya  //  qarshilik  (hozir:  muxolifiyat), 

polojenie-qonun // qoida; nizom // nizomnoma shakllarida tarjima qilinganligini 

to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. 

 

         



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Mustaqillik davri o ‘zbek  tili terminologiyasi 

 

Reja



 

1. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy,  terminlarda bo‘layotgan 

o‘zgarishlar.  

2. Ilmiy-texnikaviy  terminlarining bugungi holati.

 

3. Boshqa sohalar terminologiyasi. 



4.O‘zlashma terminlar imlosi. 

 


 

43 


Adabiyotlar 

 

Iqtisodiy  terminologiyasi  borasidagi  dastlabki  ish  J.Dosmuxamedovning 



“Obщaya  xarakateristika  teminov  polit-ekonomii  osnovnыe  sposobы  ix 

obrazovaniya v sovremennom uzbekskoi yazike” (1974) va qozoq tilshunosi M.R 

Nasirovaning  “Sotsialno-ekonomicheskaya  terminologiya  v  sovremennom 

kazaxskom yaike”(1969) nomzodlik ishlaridir 

H.Dadaboyev  “XI-XIV  asrlar  turkiy  tillar  yozma  yodgorliklaridagi 

ijtimoiy-siyosiy  va  sotsial  iqtisodiy  terminologiya”  mavzusida  doktorlik 

dissertatsiyasini  himoya  qildi.  O‘zbek  tilidagi,  binobarin,  turkiy  tillardagi 

ijtimoiy-siyosiy  va  sotsial-iqtisodiy  terminologiyani  o‘rganishga  bag‘ishlangan 

bu jiddiy io‘shda turkiytillaning shakllanishida o‘zining muhim rolini o‘ynagan, 

ko‘rsatilgan  sohalar  terminlarining  paydo  bo‘lish  va  tilda  qo‘llanish 

muammolari atroflicha o‘rganilgan. 

 

Ishning asosiy qismida O‘rta osiyo (hozirgi Markaziy Osiyo)  hududidagi 



turkiy  xalqlar  tillaridagi  yurt,  ulus,  balыq  (“shahar”  ma’nosida),  yasaq 

(“huquq,qonun”  ma’nosida),  ordu,  qazi,og‘riliq,  jaza,yug‘rush  (“vazir” 

ma’nosida)  kabi  yuzlab  ijtimoiy-siyosiy  terminlar  ishlatilganligi,  Mahmud 

Qoshg‘ariyning  “Devonu  lug‘otit  turk”,  Yusuf  Balasog‘uniyning  “Qutadug‘u 

bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat al-haqoiq”, Zamaxshariyning “Muhaddimat 

al  adab”,  Sayfi  Saroiyning  “Guliston  bi-t-turkiy”,Qutbning  “Xisrab  va  Shirin”, 

Rabg‘uziyning  “Qissasi  Rabg‘uziy”  kabi  asarlaridan  olingan  misollar  bilan 

isbotlab berilgan. Shu bilan birga, dissertatsiyada ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial-

iqtisodiy terminlarning paydo bo‘lish tarixiga, ularning yasalish qonuniyatlariga 

hamda  boshqa  tillardan  o‘zlashtirilgan  terminlar  hisobiga  boyishi  masalalariga 

alohida e`tibor berilgan. 

 

Mustaqillikdan  so‘ng  iqtisod  sohasida  o‘zbek  tili  bazasida  darslik, 



qo‘llanma  va  lug‘atlar  yarata  oladigan,  soha  terminlarini  tartibga  solish  bilan 

shug‘ullana  oladigan  mahalliy  kadrlarni  etishtirish  muhim  vazifa  bo‘lib  qoldi. 



 

44 


Bir  qator  chora-tadbirlar  tufayli  O‘zbekistonda  iqtisod  fani  va  iqtisodiyot 

terminologiyasini  tartibga  solish,  iqtisod  fanini  o‘qitish  sifatini  oshirish 

imkoniyati  yaratildi.  Natijada  iqtisodiyot  yo‘nalishi-dagi  oliy  o‘quv  yurtlari 

uchun  tarjima  darsliklari  bilan  bir  qatorda  o‘zbek  mualliflari  mustaqil  ravishda 

yaratgan iqtisod darsliklari, qo‘llanmalari hamda bir qator terminologik lug‘atlar 

yuzaga keldi. 

Bu darslik va lug‘atlar o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish 

hamda uning yanada rivojlanishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining 

muayyan taraqqiyoti va takomillashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. 

Ma’lumki, dunyoning aksariyat mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti asosida 

ish  yuritiladi.  Bozor  hamma  joyda  sotuvchi  bilan  xaridor  o‘rtasidagi 

munosabatlarni  yuzaga  chiqaruvchi  makondir.  Bozor  hozirgi  davrda  erkin 

iqtisodiyot  degan  tushunchani  anglatadi.  Darhaqiqat,  iqtisodiyot  taraqqiyotida 

ixtiyoriylik  bo‘lmasa,  uning  obyektivligi  yo‘qoladi.  Ozod  iqtisodiyotda  esa 

raqobat  hukmronligi  mustahkamlanib  boradi.  O‘zbekiston  bozor  iqtisodiyoti 

tomon ilk qadam qo‘ydi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga kirib bormoqda. 

Bozor  iqtisodiyoti  islohotlar  tufayli  o‘ziga  yo‘l  ochayapti.  Iqtisodchilar, 

olimlar va mutaxassislar bozor munosabati masalalarini sinchkovlik va qiziqish 

bilan  qrganmoqdalar:  turli  monografiya  va  risolalar,  darsliklar,  o‘quv 

qo‘llanmalar, lug‘atlar yangidan yaratildi va yozilmoqda. 

Hozirgi  davr  o‘zbek  iqtisodiyoti  terminologiyasi  muayyan  taraqqiyot  va 

takomillashuv  yo‘lini  bosib  o‘tayotgan  bo‘lishiga  qaramay,  ynda  hamon  hal 

qilinmagan bir qator masalalar bor. 

Terminologiya    sohasidagi    sinonimiya,    ayrim    terminlar  qo‘llanishdagi 

har  xilliklar,  imloviy  qoidalarga  rioya  qilmaslik,  iqtisodiyot  yo‘nalishlari 

bo‘yicha lug‘atlar yaratilmaganligi ana shu hal etilmayotgan masalalar qatoriga 

kiradi. 


Terminologik  tizimlarning  shakllanishi  va  qaror  topishi  sohasidagi 

kuzatishlardan shunday holat ayon bo‘ladiki, o‘zbek iqtisodiyot terminolo-giyasi 



 

45 


ham,  asosan,  ikki  manba:  o‘zbek  tilining  ichki  imkoniyatlari  va  xorijiy  tillar 

unsurlari  (so‘z  va  so‘z  birikmalari)  asosida  rivojlanib  va  boyib  borgan.  Bu 

manbaning  birinchisi  asli  o‘zbekcha  (ba’zilari  umumturkiy)  tub  leksik  qatlam, 

o‘zbek  tilida  qadimda  iste`molda  bo‘lgan  yoki  iqtisod  sohasida  yangi 

tushunchalarni  ifodalash  uchun  xizmat  qilgan  lug‘aviy  birliklar  hamda  ular 

asosida  ona  tilining  so‘z  yasovchi  vositalari  bilan  yangidan  hosil  qilingan 

terminlar  hisoblanadi.  Ikkinchisi,  o‘zga  tillar,  aniqrog‘i,  fors-tojik  arab  va  rus 

tilidan o‘zlashtirilgan qatlamdir. 

Iqtisodiyot 

terminologiyasining 

yuzaga 

kelish 


va 

taraqqiyot  

bosqichlarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek 

tilida iqtisodiy terminlar quyidagi tarzda shakllanmoqda.   

1.  O‘zbek  tilida  iqtisodga  oid  tushunchalarni  aniq  ifodalovchi  qator 

leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining 

bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga 

kela  boshlashi  bilan  iqtisod  fanining  maxsus  tushunchalarini  ifodalash  uchun 

jalb  qilina  boshladi:  haq,  bitim,  pay,  garov,  dallol,  pul,  so‘m,  su¨urta,  savdo, 

omonat, g’amlama va boshqalar.  

2.  Iqtisodiyot  bilan  aloqasi  bo‘lmagan,  boshqa-boshqa  sohalarda 

qo‘llanadigan  terminlar  ham  maxsuslashtirilayapti,  ya’ni  iqtisodiy  terminlar 

sifatida  ishlatilmoqda:  taklif,  sohibkor,  o‘sim,  qoldiq,  daraja,  palata,  kadrli, 

etakchi,  yig’im,  qaydnoma,  baho,  xo‘jalik.  Semantik-sintaktik  usulda  so‘z 

yasalishi 

natijasida 

boshqa 

sohalarga 



tegishli 

so‘zlar 


iqtisodiyot 

terminologiyasini  mulkiga  aylanmoqda:  daromadning  qoldi¨i,  bozor  hajmi, 

foyda  miqdori,  qiymat  solig’i,  kreditning  elastikliligi,  talabning  egiluvchanligi, 

o’zgaruvchan  narx,  pul  massasi,  pul  undirish,  iqtisodiy  o’sish,  etakchi  valyuta, 

o’rinbosar tovarlar, o’rmalovchi inflyatsiya. 

Demak,  yuzlab  leksemalar  iqtisodiy  terminologik  tizimda  yakka  holida 

ham,  so‘z  birikmalarining  tarkibiy  qismlari  sifatida  ham  ushbu  soha  terminlari 

sifatida qo‘llanilayapti.  



 

46 


         3.  Iqtisodiyot  terminologiyasining  boyishidagi  yana  bir  manba,  bu 

iqtisodiy  tushunchalarni  ifodalash  uchun  xilma-xil  affikslar  ishtirokida  hosil 

qilingan  yasama  lug‘aviy  birliklar  hisoblanadi:  ijarachi,  nazoratchi,  moliyachi, 

i¢tisodchi,  iste`molchi,  jam¨arma,  uyushma,  ustama,  undirma,  tejamkor, 

tadbirkor,  i¢tisodiyot,  ¦isobot,  ra¢obat,  ta’minot,  bojxona,  zarbxona,  ¢arzdor, 

sarmoyador,  mulkdor,  xaridor,  ¦issador,  shartnoma,  omonatnoma,  so‘rovnoma, 

boylik,  rentabellik,  beba¦o,  befoyda,  merosxo‘r,  sudxo‘r,  kirim,  chi¢im,  bitim,  

to‘lov, o‘lchov, mulkchilik, tejamkorlik, unumlilik, aktsiyadorlik.  

4.  Hozirgi  o‘zbek  tili  lug‘at  tarkibida,  uning  iqtisodiy  terminlar  tizimida 

yuqoridagidek  umumturkiy,  o‘zbek  terminlari  bilan  bir  qatorda  fors-tojikcha, 

arabcha  leksemalar  ham  qo‘llanib  kelinayotir:  sarmoya,  davlat,  tijorat,  tojir, 

maosh, mabla¨, sarkor, daromad, dastmoya, manfaat. 

5.  O‘zbek  tili  iqtisodiyot  terminologiyasi  ruscha-baynalmilal  terminlar 

hisobiga  ham  boyib  bormoqda:  avans,  aktiv,  aktsiz,  byudjet,  birja,  buxgalter, 

bank,  balans,  biznes,  veksel`,  valyuta,  debitor,  demping,  dotatsiya,  diler,  zalm, 

kredit, kassir, litsenziya, lizing, menejment,  sal`do, tarif  va boshqalar. 

Ba’zi  ruscha-baynalmilal  iqtisodiy  terminlar  o‘zbek  tiliga  tarjima  qilindi 

yoki  muqobil  varianti  qo‘llanilmoqda:    auktsion  -  kimoshdi  savdosi,  barter  - 

ayirboshlash,  brakeraj  -    saralash,  garant  -  kafil,  defitsit  -  ta¢chillik,  dolya  - 

¦issa, kapital - sarmoya, makler - dallol, oborot - aylanma, ssuda- ¢arz, schet - 

¦isob.  

 Terminlarning  bir  qismi  tegishli  ruscha-baynalmilal  muqobil-larining 

o‘zbek tilidagi kal`kasi  sifatida  yuzaga kelgan.  

Umuman,  o‘zbek  iqtisodiyot  terminologiyasi  mustaqillikdan  so‘ng  yangi 

bosqichga ko‘tarildi va har lahzada yangi-yangi terminlar yuzaga kelmoqda. 

Tilshunoslikda terminlarni tartibga solish masalasi har doim ham dolzarb 

bo‘lib kelgan va bugun ham bu masala o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. O‘zbek 

tilshunosligida sohaviy terminologiyalarni tartibga solish masalasida bir qancha 

ishlar amalga oshirilgan. Lekin qilingan ishlarning salmog‘i bilan chegaralanib, 


 

47 


ko‘ngilni xotirjam qila olmaymiz. Chunki terminlarni tartibga solish masalasini 

barcha soha terminologiyalarida ham bir xilda olib borilyapti, deb bo‘lmaydi.    

Terminologiyaning tartibga  solinishi nafaqat ilmiy  sohada,  balki ijtimoiy 

hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir. 

Terminologiyani  tartibga  solishning  samaradorligi  terminlar  bevosita 

qo‘llanadigan  quyidagi  holatlarda  yaqqol  ko‘rinadi:  kasbiy  ta’limni  to‘g‘ri 

tashkil  etishda,  ishlab  chiqarish  amaliyotida  bo‘ladigan  og‘zaki  muomalada, 

ilmiy  va  ishlab  chiqarish  jarayonlaridagi  o‘zaro  yozishmalarda,  matbaachilikda 

(ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish kabilarga oid adabiyotlarni nashr etishda), chet el 

adabiyotlarini tarjima qilishda va hokazo. 

O‘zbek  tilining  ijtimoiy-siyosiy  terminologik  lug‘ati  1976-  yildayoq  nashr 

etilgan edi. 



 

Yüklə 342,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin