Beshinchi avlod EMMlari — bu to'rtinchi avlod raashinasidan tarkibida
intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning
dasturiy ta'minoti va muloqpt protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal
sun'iy
tafakkur
mashinalaridir.
Universal EMM laming rivojlanish tarixida alohida o'rinni
kompyuterlar egallab
kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf
etilgandan boshlangan desa bo'ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga
asosan APPEE firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari
hisobiga
kengayib
bordi.
Xozirda APPEE firmasi «MAKINTOSh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa,
AQShning o'zida tanilgan bo'lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan. Shu
sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi
va asosiy qurilmalari ustida
tuxtalib
o'tamiz.
Kompyuterning
arxitekturasini
quyidagicha
tasvirlash
mumkin:
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va
klaviatura
(sichqoncha
bilan).
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk,
kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan
ishlash uchun qurilmalar
va
boshqalar
joylashadi.
Markaziy protscssor. Kompyuterning eng muhim
qismini markaziy protsessor
,
(ya'ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan
ma'lumotlarni o'zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan
hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning qzaro aloqasini o'rnatadigan
qurilma protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga
murojaat qilish, dasturdagi ko'rsatmalarning berilgan
ketma-ketlikda bajarilishini
boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so'z bilan aytganda,
protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko'rsatmalarini
bajaradi.
Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel
firmasi yoki o'nga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o'rnatiladi.
Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlaming
Intel
8088,
80284,
80386SX,
80386,
80486
kabi
turlari
ma'lum.
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib,
IBM kompyuterlariga urnatmoqda. Hozirda
RespublikLinizda IBM rusumli
kompyuterlardan PHI keng tarqalgan. Ayrim
korxona va tashkilotlarda
,xususan
ta'lim muassasalarida, jumladan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida PIV
kompyuterlari
ham
o'rnatilib
foydalanilmoqda.
Operativ xotira. Operativ xotira o'zida kompyuterda
ishktilayotgan dasturlar va
ma'lumotlarni saqlaydi. Ma'lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga
ko'chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter
o'chirilishi
bilan
operativ
xotiradagi
ma'lumotlar
uchiriladi.
Diskli jamlagichlar. Ma'lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni birjoydan
ikkinchi joyga olib o'tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o'tkazish kompyuter bilan
ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi
jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo'lib, egiluvchan disklar (disketalar) va
qattiq
disklardagi
jamlagichlar
(vinchesterlar)
deb
ataladi.
Egiluvchan disklar (disketalar)ga ma'lumotlarni yozish va ulardan ma'lumotlarni
o'qish
uchun
disk
yurituvchi
(diskovod)
qurilmasi
ishlatiladi.
Hozirgi paytda kompyuterlarda, asosan, 3,5 dyuymli (89 mm), sig'imi 1,44 Mbayt
bo'lgan disketalar ishlatilib kelinmoqda. Bu disketalar
qattik plastmassa
g'ilofgao'ralgan bo'lib, bu ularning ishonchliligini va ishlash muddatini oshiradi.
3,5 dyuymli diskctalarda yozishni taqiqlovchi yoki imkon beruvchi maxsus
o'tkazgichi mavjud. Agar teshikcha bekilgan bo'lsa ma'lumotlar yozish mumkin,
aks holda esa, mumkin emas. Disketadan birinchi bor foydalanganda uni
albatta
maxsus
ravishda formatlash
, initsializatsiya qilish kerak. Buning uchun
WINDOWSning
maxsus
dasturi
kerak
bo'ladi.
Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda
foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo'ljallangan. Masalan, operatsion
tizim dasturlari, ko'p ishlatiladigan
dasturlar paketlari, hujjatlar taxrirlagichlari,
dasturlash
tillari
uchun
translyatorlar
va
boshqalar.