O'RGANILAYOTGAN TIL BO'YICHA MAVJUD KOMPYUTER
O'QITISH DASTURLARI
REJA:
1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
2. Ta'lim sifatini, samaradorligini oshirish
Davrimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lgan axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib,
ta’lim jarayonig ayangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. XX1 asr — yuksak texnologiyalar asri bo‘lib, zamonaviy
yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki electron olamdagi taraqqiyotga
muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yosh avlodga ta’lim berish
jarayoniga boshqacha yondashishni talab etmoqda.Darslarda o‘qituvchining o‘rni
ham o‘zgarib bormoqda. O‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini
o‘tamoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o‘qituvchilar
darsning harqanday qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor bo‘lishlarini davr
talab etmoqdа. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi
«Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qarorida «Zamonaviy pedagogic va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish
yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin
so‘zlashaoladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot
resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni
rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish» ishlari va buning
uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilgan.Mazkur
hujjatda 2013–2014 o‘quv yilidan boshlaboq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
birinchi sinflaridan chet tillari avval o‘yin tarzida keyinchalik asosiy ta’lim fani
sifatida AKT vositalaridan foydalangan holda o‘qitish belgilab berilgan. Ushbu
muhim Qarorga muvofiq bugun, ayniqsa, chet tillarini o‘rganish darslariga yanada
chuqurroq nazar tashlandi.Jahon maydonida yurt sha’nini munosib himoya qilishi
uchun yoshlarimiz, avvalo o‘zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi
lozim.Bugun esa raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo‘lgan ingliz
tilida olib borilmoqda.
Darhaqiqat,
ta'lim
sifatini,
samaradorligini
oshirish,
o`quvchilarni
qiziqtiradigan o`yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda zamonaviy
pedagogic texnologiyalar hamda axborot-kommunikasiya vositalarining roli juda
katta.Ularni qo`llash imkoniyatlari ko`lami kundan-kunga kengayib, texnik
vositalar o`quv jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.Yoshlarga ingliz
tilini kompyuter orqali o’rgatish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi
kompyuter texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo’lishi
kerak.Bu
darajadagi
foydalanishga
nafaqat
kompyuterning
mavjud
imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish, balki u asosida yangi o’quv dasturlarini
tashkil eta olish ham kiradi. Bunday darajadagi pedagog bo’lish uchun har bir chet
tili o’qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo’yicha o’z ustida ko’proq
ishlashi zarur. Ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish
usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor.Birinchi navbatda, kompyuter
asosida ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchida tilning to’rt yo’nalishida (gapirish,
tinglabtushunish, yozishvao’qish) o’z ko’nikmalarini sinovdan o’tkazish imkoni
bo’ladi. Hozirgi vaqtda rivojlangan dasturlar yordamida buning imkoni bor. Faqat
bu usuldagi ta’limga o’quvchini to’g’ri yo’naltira olish kerak. Bundan tashqari
kompyuter yordamida chet tillarini o’qitishda o’rgatilayotgan harbir qoida, harbir
so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi xotirasida yaxshiroq saqlanishi
isbotlangan.Tabiiyki, kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, holatlarga oid
ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video ko’rinishda yetkazib bera olishi
kompyuter orqali chet tillarini o’qitishni eng samarali usullardan biriga
aylantiradi.Shu bois ham men kompyuter orqali 5 -sinf o’quvchilari uchun ingliz
tilini o’rgatishda kompyuterning boy imkoniyatlaridan foydalanmoqchiman.
Asosan, zamon mavzularini tushuntirishda Word va Power Point dasturlaridan
foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki Word dasturi orqali jadval
ko’rinishlaridan foydalanib mavzuyoritib berilsa, o’quvchilar ancha osonroq
tushunadi deb o’ylayman. Power Pointda esa shu mavzularni ovozli, rasmli va
video ko’rinishlarida ko’rsatib berish orqali o’quvchilarni mavzuga yanada jalb
qilish mumkin. Yurtboshimiz I. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmaskuch”
nomli asarlarida ta’kidlanganlaridek: “Agar O’zbekistonimizni dunyoga tarannum
etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar
xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor bo’lajak buyuk yozuvchilarni,
buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”.
Shunday qilib, chet tilini o’rganish hozirgi davr talabi ekan, o’sib kelayotgan
yosh avlodga til o’rganishning yangi uslublarini, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ga asoslangan holda ishlab chiqib, o’qish jarayoniga tavsiya etish olimlar,
mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste’dodli
yoshlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk mutaxassislar bo’lishlari uchun,
avvalam bor chet tilini jumladan, ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Demak,
texnologiyalarni joriy qilish, o’qitish uslublarini davr talabiga javob berishini
ta’minlash
pedagog-olimlarning
kechiktirib
bo’lmas
asosiy
vazifalaridir.Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ham dolzarb
hisoblanadi. Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy,
siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda
yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf-odatlari, tiliga bo‘lgan
qiziqishlari ortib bormoqda. Bu aloqalarning rivojida xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz
tilining
o‘rni
beqiyosdir.
Ikkinchi avlod EHMlari bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashki xotira
qurilmasi
ham
borligi
bilan
farq
qiladi
;
Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot
almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan
EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu
tufayli ko'p dasturli (bir vaqtning o'zida, misol uchun,
axborotni chop etish
,
musiqani ijro etish, ma'lumotlarni kiritish va xokazo) re4mni amalga oshirish
mumkin bo'ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari
sarasiga
kiradi.
Turtinchi avlod EHMlari - bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri
parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko'p protsessorlar borligi bilan farq
qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHMlar to'rtinchi avlodga mansub. O'z vaqtida
Toshkentdagi «Algoritm» zavodida ishlab chiqarilishi mo'ljallangan Elbrus-2
EHM tarkibida har biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega
bo'lgan
10
ta
protsessor
bor.
Dostları ilə paylaş: |